Xitoy yozuvi: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Tahrir izohi yoʻq
Qator 21:
| tagyozuv = An'anaviy va [[iyerogliflarni soddalashtirish|soddalashtirilgan]] iyerogliflar}}
 
'''Xitoy yozuvi''' {{Xitoycha|漢字|汉字|hànzì}} - soʻz va morfemalarni yozishda maxsus belgilar — iyerogliflar qoʻllanadigan yozuv. Xitoy yozuvida iyerogliflar shakli turli kombinatsiyalarda takrorlanuvchi 1 dan 36 tagacha boʻlgan standart chiziqlardan tashkil topadi. Iyerogliflar maʼlum yozuv qoidalariga qatʼiy amal qilgan holda muayyan tartibda (chapdan oʻngga, yuqoridan pastga) yoziladi. Eng qad, piktogrammaiyerogliflar mil. av. 2ming yillik oʻrtalariga mansub. Xitoy yozuvi tarixida iyerogliflarning 7 xil — gu ven (qad. yozuv), da juan (katta belgili yozuv), syao juan (kichik belgili yozuv), li shu (rasmiy yozuv), sing shu (yarim tez yozuv), sao shu (tez yozuv), kay shu (namunali yozuv) kabi yozilish uslublari boʻlib, ular 4—5 ming yil davomida biri birining oʻrnini egallagan holda shaklan oʻzgarib, takomillashib borgan. Xoz. paytda mil. 1—2-asrlarda ishlab chiqilgan "kay shu" husnixat turidan keng foydalanilmoqda.
 
Xitoy yozuvi da iyerogliflarning umumiy soni 60 mingdan koʻggroq boʻlib, shulardan taxminan 96 foizi murakkab (ikki va undan ortiq qism — chiziqsan tuzilgan) va 4 foizi sodda (faqat bir qismdan iborat) iyerogliflar hisoblanadi. Hozirgi xitoy tilida taxminan 8—10 ming iyeroglif qoʻllanadi.