Franz Kafka: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Franz Kafka hayoti va ijodi
k Mo'minovaIroda tahrirlari EdgarsBot versiyasiga qaytarildi
Teglar: Almashtirildi Eski holiga qaytarish
Qator 20:
[[Tasvir:Kafka5jahre.jpg|thumb|Kafka besh yoshida.]]
'''Franz Kafka''' ({{talaffuz|Frans Kafka}}, [[1883]], [[Praga]], [[Avstro-Vengriya]] — [[1924]] [[Vena]], [[Avstriya]]) — [[XX asr]]ning nemis tilida ijod qiluvchi asosiy yozuvchilaridan biri, uning ishlarining koʻp qismi oʻlimidan keyin chop etilgan. Ijodini 1909-yilda hikoyalar yozishdan boshlagan. "Kuzatish" (1913) hikoyalar toʻplami, "Hukm", "Goʻloh" (1913), "Oʻzgarish" (1916) hikoyalari alohida nashr etilgan. [[Birinchi jahon urushi|Birinchi jahon urushidan]] soʻng Kafka "Axloq tuzatish koloniyasida" (hikoya, 1919), "Qishloq shifokori" (1919), "Yoʻqsil" (1924) toʻplamlarini nashr etdi. Kafkani dunyoga mashqur qilgan "Amerika" (tugallanmagan, 1914), "Jarayon" (1915), "Qoʻrgʻon" (1922) romanlari, "Xitoy devori qurilishida" (1931) va boshqa hikoyalar toʻplami muallifning vafotidan soʻng eʼlon qilingan. Kafka asarlarida voqealarning mubolagʻali va ramziy tasvirlari orqali insonning nodonlik va jaholat qarshisidagi fojiaviy ojizligi aks ettirilgan. Ularda qonun va inson, nur va zulmat mavhumlik holatida berilgan, bu holatdan qutilishning iloji topilmaydi. Ijodi 20-asr Gʻarb adabiyotiga kuchli taʼsir koʻrsatgan (qarang: [[Ekspressionizm]], [[Modernizm]]). "Otamga xat" (Vafo Fayzullo tarjimasi, 2001), "Evrilish", "Ochlik sanʼati" va boshqa asarlari oʻzbek tiliga tarjima qilingan.<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
 
XX asr adabiyoti taraqqiyotini yangi yo‘nalishga solib yuborgan, inson va uning umriga o‘zgacha munosabatni qaror toptirgan Frans Kafka dunyodagi eng g‘aroyib va tushunarsiz taqdir egasi bo‘lgan ijodkordir, deyish mumkin. Millatiga ko‘ra juhud, tug‘ilgan va yashash joyiga ko‘ra pragalik, tiliga ko‘ra nemis, tayangan madaniy an’analariga ko‘ra avstriyalik bo‘lgan yozuvchi o‘zida mutlaqo kelishtirib bo‘lmaydigan qarama-qarshilik, chigalliklarni jamlagan odam edi. Kafkaning asarlari inson tafakkurini o‘zgartirib yubordi, uning adabiyot haqidagi tasavvurini yangiladi, odamga o‘zgacha estetik nuqtayi nazardan qarash mumkin ekanligini isbotladi. Uning asarlari kishilarga Botishdan oftob chiqqanini ko‘rishday ta’sir qiladi. Qizig‘i shundaki, F. Kafkaning ijodiy taqdiri ham shaxsiy hayotiga o‘xshash chigal edi. Undan uch roman qolgan bo‘lib, uchalasi ham tugallanmagan edi, uchovi ham adibning o‘limidan keyin chop etildi.
 
== '''Adibning shaxsiyati, hayot va ijod yo‘li''' ==
Shaxsiyati, hayoti va ijodiy qismati hanuzga qadar ko‘pchilik uchun jumboq bo‘lib kelayotgan Frans Kafka 1883-yilning 3-iyulida o‘sha paytlar Avstro-Vengriya imperiyasi tarkibida bo‘lgan Praga shahrida tug‘ildi. Otasi, qishloqdagi o‘ta qashshoq yog‘och o‘ymakorining o‘g‘li-sog‘lom, mehnatkash, tirishqoq va baquvvat kishi shaharga kelib, intiluvchan va tadbirkorligi orqasidan o‘ziga to‘q odamga aylandi, kichikroq fabrikaning egasi bo‘ldi. Uch qizi va o‘g‘li Fransning kamchilik ko‘rmay o‘sishlari uchun hamma narsani qildi. Ularga mehr ko‘rsatdi, kelajagini ta’min etmoqchi bo‘ldi. Lekin o‘zining tamomila teskarisi bo‘lgan yolg‘iz o‘g‘li bilan bir umr kelisholmay o‘tdi. Fransning onasi ruhoniylar oilasidan edi. Erining qosh-qovog‘iga qaragan bu xokisor ayolning oilada bor-yo‘qligi unchalik ham bilinmasdi.
 
Fransning bolaligi g‘alati o‘tdi. U g‘oyat ichimdan top, boshqalarga qo‘shilmaydigan, tengdoshlariga o‘xshab shovqin-suron qilmaydigan, hatto buni yoqtirmaydigan bola edi. Kafka Pragadagi nemis gimnaziyasini tugatib, 1901-1905-yillarda mashhur Praga universitetida huquqshunoslikni o‘rgandi. Shuningdek, san’at tarixi va olmonshunoslik bo‘yicha ham ma’ruzalar tingladi. 1906-1907-yillarda Praga shahar sudining advokatlar idorasida amaliyot o‘tadi. 1907-yilning oktabridan boshlab, xususiy sug‘urta jamiyatiga xizmatga kirdi. 1908-yilda Praga tijorat akademiyasida shu ixtisoslik bo‘yicha malakasini oshirdi. Shu yilning o‘zida ishlab chiqarish jarohatlari bilan shug‘ullanadigan yarim davlat sug‘urta idorasiga ishga kirdi. U doktorlik ilmiy darajasiga egaligiga hamda o‘zi qilayotgan ishga g‘oyat jiddiy munosabatda bo‘lganiga qaramay, bir umr kam haq to‘lanadigan kichik lavozimlarda ishladi. 1917-yilda sil kasaliga duchor bo‘ldi. Shu yildan e’tiboran xizmatga muntazam qatnamaydigan, tez-tez ta’til oladigan bo‘ldi. 1922-yilda esa salomatligiga ko‘ra nafaqaga chiqdi. Shundan so‘ng, 1923-yilda Berlinga ketdi. U yerda biroz davolanib, adabiy yumushlar bilan shug‘ullanmoqchi bo‘ldi. Lekin sog‘lig‘ining keskin yomonlashib ketganligi tufayli adib Pragaga qaytishga majbur bo‘ldi. Frans Kafka 1924-yilning 3-iyunida Vena shahri atrofidagi Kirling sanatoriyasida vafot etdi.
 
Shunisi qiziqki, Frans Kafka ijodini muayyan bosqichlarga bo‘lib o‘rganishning, uning qaysi asari qachon yozilib, qachon chop etilganini aniqlab, uning mahorati qanday o‘sib borganligini aniq tayin qilishning imkoni yo‘q. Negaki, u ko‘proq o‘zi uchun yozadigan adib edi. Shu bois bitganlarini eng yaqin kishilariga, shunda ham unchalik xushlamay ko‘rsatar, tirikligida chop etilgan bir necha asarini esa, do‘stlarining zo‘rlovlari bilan nashriyotga topshirgan edi. Ko‘pincha, uning yozganlari stoli tortmasida qolar edi. Shuning uchun ham dunyo adibning adabiy merosi miqyosidan uning o‘limidan so‘nggina xabardor bo‘ldi. Kafka o‘z asarlarini yaxshi ko‘rmas, ularni chop ettirishga deyarli qiziqmas, hatto o‘limi oldidan do‘sti Maks Brodga o‘zining chop etilmagan barcha qo‘lyozmalarini tezda yoqib tashlashni vasiyat qilgan edi. ''«Menda adabiy qiziqishlar yo‘q, men o‘zim adabiyotdan iboratman'' «, -degandi F. Kafka do‘stlaridan biriga. U o‘z asarlari haqida: «''Men ularni yaratgan onlarnigina hurmat qilaman, xolos», -''derdi. Shunga qaraganda, Frans Kafka asarlarini shuhrat orttirish yoki qalam haqi uchun emas, balki yozmaslikning ilojini topmagani uchungina yozgan deyish mumkin.
 
Adabiyotshunoslar Kafkaning birinchi asari «Bir kurash tarixi» hikoyasi bo‘lib, taxminan 1902-1903-yillarda yozilgan, so‘nggi asari esa, adibning kasali avj olgan 1923-yilda yaratilgan «Qurilish» hikoyasi, deb hisoblashadi. Boshqa hikoyalarining qachon yozilgani ma’lum emas. Shunisi borki, yozuvchining romanlari yaratilgan yillar aniqlangan. Mutaxassislar adibning birinchi romani «Amerika» 1911-1916-yillarda, ikkinchi romani «Jarayon» 1915- 1918-yillarda, so‘nggi romani «Qo‘rg‘on» esa 1921-1922-yillarda yaratilganini aytishadi. Yozuvchining «Evrilish», «Hukm», «Jazo koloniyasida», «Ochlik ustasi» singari hikoyalari, «Otamga xat» essesi hozirda juda mashhurdir.
 
Hurmatli o‘quvchi! Siz Kafkaga o‘xshagan yozuvchi ijodi namunasiga ilk bora duch kelyapsiz va uning bitganlarini o‘qib, dastlab hech narsa tushunmasligingiz mumkin. Kafkaning asarlaridagi chigallik, tushunarsizlik, betayinlikka o‘xshash holatning sababini bilish uchun uning shaxsiyatiga xos xususiyatlardan xabardor bo‘lish talab etiladi. Negaki, u olamni, odamni, hodisalarni boshqalar singari emas, balki o‘zicha ko‘radi va olamni boricha emas, balki o‘zi ko‘rganicha aks ettiradi. Uning yozuvchi sifatidagi nigohi, qarashlari esa odam sifatidagi qarashlari o‘zgachaligining in’ikosi edi.
 
Aytilganidek, Kafka g‘alati shaxsiyat egasi bo‘lgan. G‘oyat qobiliyatli, o‘ziga xos Frans bolaligidanoq hech kimga o‘xshamasdi. Jismonan ojiz, kasalmandroq bola juda ta’sirchan va asabiy bo‘lib o‘sdi. U hamma narsadan ko‘ra ozodlikni, erkni sevar, lekin hech qachon erksevarligini ochiq namoyon etmas, ozodlikdan quvonib ketmasdi. Adib yolg‘izlikni yaxshi ko‘rib, intilar va ayni vaqtda, tanholikdan o‘tdan qo‘rqqanday qo‘rqardi. Frans onasini yaxshi ko‘rar, lekin sira tushunolmasdi. Otasidan juda cho‘chir, uni o‘zicha ayamoqchi, ko‘nglini olmoqchi bo‘lardi. Yaratib bergan barcha imkoniyatlar uchun otasi oldida o‘zini qarzdor his qilar, shu bilan birga, o‘zidagi tortinchoqlik, kuchiga ishonmaslik va ikkilanuvchanlikning sababchisi sifatida uni juda yomon ko‘rardi. Kafka shaxsiyati qarama-qarshi tuyg‘ular, xislatlar, qarashlarning uyumi bo‘lgan, deyish mumkin.
 
Kafka alohida har bir odamni yaxshi «ko‘rib, ayagani, uning baxtiyor bo‘lishini istagani holda odamlardan imkon qadar chetda turishga, o‘z holicha yashashga intilardi. Yozuvchi: ''«Uylanish, oila qurish, menimcha, odam qilishi mumkin bo‘lgan ishning eng yuksagi», -''deya e’tirof etgani, Yuliya Voxrshek degan qizga bir marta, Felisiya Bauer degan qizga ikki marta unashtirilganiga qaramay, oila ham qurmadi, farzand ham ko‘rmadi. Yaqin odamlari ko‘p bo‘lsa-da, uni tushunadigan chin do‘sti yo‘q edi. Intizomli va bilimdon xodim bo‘lishiga qaramay, xizmat vazifasida ko‘tarilmadi. O‘zini «adabiyotman» degani holda, bor kuchini sarflab ijod qilmadi. Lekin uning, sirtdan qaraganda, ermakka qilgan ijodi odam va uning tasviri mohiyati haqidagi estetik qarashlarni ostin-ustun qilib yubordi. Chunki Kafka olamni ham, odamni ham tamomila o‘ziga xos ko‘rardi va o‘ziga xos tasvirlashdan qo‘rqmasdi. U o‘zidan tashqaridagi borliqdan ta’sirlansa-da, asarlarida undan nusxa ko‘chirmas, voqelikni aks ettirmas edi. Yozgan asarlari vositasida adib o‘z ichki dunyosidagi ruhiy talotumlarni tashqariga chiqarib, ularning zug‘umidan qutulishga harakat qilardi. Shu sababli ham Kafkaning bitiklari tamomila kutilmagan va o‘ziga xosdir.
 
== '''Adibning hikoyalari''' ==
Shuni aytish kerakki, faqat odatdagi asarlarni o‘qib o‘rgangan odam F. Kafka hikoyalarini o‘qib, dastlab hech narsa tushunmaydi. Buning ustiga, bu hikoyalar kishida qo‘rquv, hatto ayrim o‘rinlarda jirkanish tuyg‘ularini uyg‘otishi ham mumkin. Faqat jiddiy e’tibor qilib, o‘zini Kafkaning o‘rniga qo‘yib ko‘rgan o‘quvchigina nimanidir anglaganday bo‘ladi va uning hikoyalari biz sevgan real hayotdan qo‘rqinchliroq emasligini tushunadi. Bu hikoyalarning qahramonlari o‘zlarini doim gunohkor his etishadi, ammo gunohi va qo‘rquvi sababini o‘zlari ham bilishmaydi, o‘quvchiga ham anglatishmaydi. Kafka Allohga ishonishni istagan, ammo uning borligini aqliga sig‘dirolmaydigan dahriy edi. Shuning uchun ham Allohning eng mukarram yaratig‘i bo‘lmish odamlarni astoydil sevolmas, ulardan ezgulik kelishiga ishonmasdi. Adib alohida olingan odamni suygani va ayagani holda butun insoniyatga ham, inson tomonidan o‘rnatilgan tartib-qoidalarga ham ishonchsizlik va nafrat bilan qarar, ulardan faqat yomonlik keladi deb hisoblar edi. U shu holatdan umr bo‘yi azob chekkan va tortayotgan azoblarini adabiy qahramonlariga ham o‘tkazgan yozuvchidir.
 
Adib ijodida ham, XX asr adabiyoti taraqqiyotida ham uning «Evrilish» hikoyasi juda katta o‘rin tutadi. Hikoya qahramoni savdo korxonasining tirishqoq xizmatchisi, yaqinlariga juda mehribon Gregor Zamza kunlarning birida uyqudan qandaydir jirkanch hasharotga aylangan holda uyg‘onadi. Kafka bu voqea qanday bo‘lganini, nima uchun bo‘lganini tushuntirib ham, izohlab ham, o‘quvchini ishontirishga urinib ham o‘tirmaydi. Adib uchun muhimi, uning nima uchun va qanday qilib qirqoyoqqa aylangani emas, balki uning hasharotga aylangandan keyingi sezimlari, tuyg‘ularini ko‘rsatish edi. Yozuvchi kechagina ham ota-onasining, ham singlisining yolg‘iz tirgagi bo‘lgan yigitning bedavo hasharotga aylangach, hech kimga kerak bo‘lmay qolgani, bora-bora oila-dagilarga ortiqchalik qilib, oldiniga e’tibordan qolgani, keyinchalik undan qutulishga harakat qilishgani, mehr-u muhabbat ko‘rsatish o‘rniga himoyasiz va notavon yigitni o‘z holiga tashlab qo‘yganlari tasvirini beradi.
 
Kafka odamdagi oqibatsizlik, bemehrlikni ko‘rsatish uchun ramzdan foydalanadi. Lekin u boshqa ijodkorlar minglab yillardan beri ishlatib kelgan, qaysi bir jihatlari bilan hayotiy asoslarga ega bo‘lgan ramzlarni qo‘llamaydi. Balki hech kimnikiga o‘xshamagan, odamning aqli bovar qilmaydigan ramzni o‘zi yaratadi. Yozuvchi insonning mutlaq behudud va intihosiz yolg‘izligini tasvirlamoqchi, uning ayanch ahvolini butun dahshati bilan ko‘rsatmoqchi bo‘lsa, odamni qirqoyoqqa evriltirib qo‘ya qoladi. U odamni biror to‘nka yoki o‘z vujudining bir bo‘lagiga ham aylantirib qo‘yishi mumkin edi va bu bilan deyarli hech narsa o‘zgarmasdi.
 
Asarda F. Kafka odamlar orasidagi munosabatlar faqat manfaat uchungina ekanligini butun yalang‘ochligi bilan shafqatsiz tarzda aks ettiradi. Hatto Gregorning onasi qirqoyoqqa aylanib qolgan yolg‘iz o‘g‘lini ko‘rgisi kelmasligini tasvirlar ekan, adib insondagi oqibatsizlik chegara bilmasligini aks ettiradi. Yigitning otasi esa, o‘g‘li haqida qayg‘urish u yoqda tursin, qirqoyoqni urib haydaydi, ko‘ziga ko‘rinishini istamaydi. Necha oylar davomida biror marta eslab ham qo‘ymaydi. Dastlabki vaqtlarda mehribonliklar ko‘rsatgan, akasi boshiga tushgan dahshatli fojiani yengillatishga iloji boricha uringan singlisi Greta ham bora-bora uning xonasini tozalamaydigan bo‘ladi, akasining ovqat yegan-yemagani bilan qiziqmay qo‘yadi. Xullas, boshiga mushkulot tushgan ojiz odam o‘zining eng yaqinlari tomonidan unutilishga, yolg‘izlikka, o‘limga mahkum etiladi. Holbuki, Gregor sog‘lomligida yaqinlari hisoblanmish shu odamlar uchun tinim bilmas, o‘shalarning halovati uchun o‘zini o‘tga-cho‘g‘ga urardi. Hikoya so‘ngida qirqoyoqqa aylangan baxtsiz yigit odamlarning oqibatsizligi tufayli o‘ladi. Dahshatlisi shundaki, uning o‘limi yaqinlarini qayg‘uga solmaydi, balki quvontiradi. Hatto ular shu hodisani o‘ziga yarasha nishonlashadi ham. Shu munosabat bilan shahar tashqarisida, toza havoda bayram qilishib, aylanib kelishadi.
 
Hikoyadagi voqealar tasviri, ayniqsa, hasharotga evrilgan yigit o‘ylari, iztiroblari, umidlari, iltijolari va nihoyat o‘limi tasviridan o‘quvchi larzaga tushadi. Kafka odamni hech ham aql bovar qilmaydigan holatga soladi-da, uning asl mohiyatini kaftdagiday ko‘rsatadi. Hatto aytish mumkinki, yozuvchi qahramonni emas, o‘z holatini tasvirlayotganday bo‘ladi. Shuning uchun ham ro‘y bermaganligi, hatto ro‘y berishi mumkin ham emasligi shundoqqina ko‘rinib turgan voqealar tasviri kishini o‘ziga jalb qiladi, o‘yga toldiradi, munosabat paydo qiladi.
 
Frans Kafkaning mashhur hikoyalaridan yana biri «Jazo koloniyasida» deb ataladi. Yozuvchi bir umr jamiyat inson erkini bo‘g‘adi, uni hamisha o‘zi istamagan ishni qilishga, o‘zi xohlamaganiday yashashga majbur etadi deb hisoblar edi. Shuning uchun ham uning deyarli barcha asarlarida jamiyatning yovuz, g‘ayriinsoniy mohiyatini ko‘rsatish asosiy o‘rin tutadi. «Jazo koloniyasida» hikoyasida bu hol yanada bo‘rtibroq namoyon bo‘lgan. Hikoyada qahramon deb atash mumkin bo‘lgan timsolning o‘zi yo‘q. Shunchaki personajlargina ishtirok etishadi. Hatto bu personajlarga ism ham berilmagan. Bin sayohatchi, ikkinchisi ofitser, uchinchisi mahkum, to‘rtinchisi soqchi va h. k. Yozuvchining mahorati shundaki, u asardagi timsollarga nom bermaganligining o‘zi bilan ularning umumlashtirish ahamiyatini bo‘rttirib ko‘rsatishga erishgan. Avvalo, asarda jazo koloniyasi misolida jamiyat tasvirlangani uchun ham qatnashchilarga nom berilmagan, balki faqat ularning ijtimoiy mavqeyigina ko‘rsatilgan. Ikkinchidan, adibning fikricha, jamiyatning mohiyati shundan iboratki, u o‘ziga tarafdor bo‘ladimi yoki unga qarshi turadimi, baribir, har qanday shaxsni qiyofasiz kimsaga aylantirib tashlaydi.
 
Kafka tush ko‘rish qonuniyati tamoyiliga muvofiq ijod qiladi. Ya’ni tush hech qanday tartibga, qonuniyatga, mantiqiy asosga tayanmagani kabi uning ijodi ham hech qanday qoidaga rioya qilinmagi n holda yaratiladi. Kafka uchun o‘tmish ham, kelajak ham mavjud emas, uning uchun birgina bugun, hozir bor, xolos. Shuning uchun ham u qahramonlarining ayni holatga nima sababdan qanday qilib tushib qolganini izohlab, asoslab o‘tirmaydi. Kafkaning asarlarida boshqa adiblarniki singari chinakam boshlanish ham, chinakam tugallanish ham yo‘q. Shu sababli ham o‘quvchidan adib asarlarida ro‘y berayotgan hodisalarning tasvirlanayotgan tarzda bo‘layotganidan ham, uning hech qanday sababsiz vujudga kelayotganidan ham shubhalanmaslik talab etiladi. Kafkaning asarlarida hamisha ham nimaning nima uchun sodir bo‘lganini izohlash emas, uning qanday yuz berganini tasvirlash muhim hisoblanadi.
 
«Jazo koloniyasida» hikoyasida mahbuslar jazo o‘taydigan koloniya inson yashaydigan jamiyat ramzini ifoda etadi. Bu yerda shunday tartib o‘rnatilganki, mahbuslarni bir kishining o‘zi sud qiladi, ular ustidan o‘zi hukm chiqaradi, o‘zi ijro etadi va eng dahshatlisi shundaki, mahkum bu jarayonda mutlaqo ishtirok etmaydi, taqdiri qanday hal bo‘lganidan bexabar qolaveradi. Ham sud, ham ijrochi martabasida bo‘lgan, jazo mashinasining tinimsiz ishlab turishini astoydil orzu qiladigan ofitser mahkumni hukmdan xabardor qilishni tamomila ortiqcha deb hisoblaydi. Uni sud qilish, unga o‘zini oqlash imkonini yaratish-ku xayoliga ham kelmaydi. Kafkaning talqinida odam jamiyatning iskanjasida xuddi shu koloniyadagi mahbus singari ojiz, nochor, huquqsiz va erki toptalgan holatda bo‘ladi.
 
Ofitser-jallodlik va yovuzlikdan iborat jazo mashinasini qo‘llashning astoydil tarafdori. Shunisi g‘alatiki, bu mashina o‘z qurbonlarining tanasiga «Adolatli bo‘l!», «Boshlig‘ingni hurmat qil!» singari shiorlarni tig‘ bilan o‘yib yozishga mo‘ljallangan va bu ish odil sud namunasi hisoblanadi. Ofitserning fikriga ko‘ra, sud jarayonida har qanday odamga nisbatan «Aybdorligiga shubha yo‘q» qoidasiga amal qilish yaxshi samara beradi. Uning qarashicha, har qanday odam aybdordir va u jazoga loyiqdir. Ofitser-jamiyat tartiblarining to‘g‘riligiga mutaassiblarcha ishongan kimsa. Shuning uchun ham sayohatchi uning g‘oyalarini qo‘llamagani, jazo koloniyasining yangi komendanti esa u o‘rnatgan tartiblarni o‘zgartirmoqchi bo‘layotganini ko‘rib, o‘zi aybdor deb hisoblagan kishilarni azoblab o‘ldirib, rohatlanadigan ofitser o‘zini o‘zi jazo mashinasiga solib, tilka-pora qilib o‘ldiradi. Shu bilan mashinasining nihoyatda yaxshi ishlashini, bu xildagi jazo eng adolatli ekanligini isbotlamoqchi bo‘ladi. Mazkur hikoyada jamiyatning alohida odam ustidan o‘rnatgan cheksiz hokimiyatidan norozilik ufurib turadi, ijtimoiy tartiblarning g‘ayriinsoniy qiyofasi hech qanday bo‘yoqsiz ko‘rsatiladi.
 
Kafka hikoyalarida inson, ko‘pincha, ilojsiz, mahkum, ezilgan, cheklab va qisib qo‘yilgan holda aks ettiriladi. Bu adibning jamiyat va inson, odam va uning hayoti mazmuni haqidagi qarashlarining oqibati edi.
 
== '''Kafka romanlari''' ==
Oldinroq aytilganidek, ijodiy umri davomida Frans Kafka uch roman yaratgan. Lekin ularning birortasi ham adib tomonidan to‘liq tugallangan ham emas, tirikligida e’lon ham qilinmagan. Uning birinchi romani «Amerika» deb atalib, 1911-1916-yillarda yaratilgan. Asarning bosh qahramoni-o‘n olti yoshli o‘spirin Karl Rossman. O‘ta sodda, ishonuvchan, kamtar va oliyjanob bu igitcha axloqsiz xizmatkor ayol tomonidan yo‘ldan urilgani uchun jazo sifatida Amerikaga jo‘natiladi. Kafkaning barcha asarlarida odam muhitning qurboni hisoblanadi. Chunki muhit, adibning nazarida, hamisha odamga begona. Amerikaning tamomila yot muhiti esa yosh yigitchaga ikki karra begonadir. Yozuvchi eng baland insoniy tuyg‘ularga ega inson muhit tomonidan qanday g‘ajib tashlanishini Karl timsolida ta’sirli qilib ko‘rsatib beradi. Rossman halok bo‘ladi. Uning aldov, zo‘rlik, yovuzlik asosiga qurilgan bu ayovsiz muhitda tirik qolishi mumkin ham emasdi.
 
1921-1922-yillar orasida yozuvchining «Qo‘rg‘on» romani yaratildi. F. Kafka ijodiga, ayniqsa, uning romanchiligiga sinchiklab qaragan kishi qiziq bir holning guvohi bo‘ladi: uning birinchi romani qahramoni Karl Rossman deb atalsa, ikkinchi romani qahramonining ismi Yozef deb ataladi-yu, familiyasi birgina K. harfi bilan belgilanadi. Uchinchi «Qo‘rg‘on» romani qahramonida na ism va na familiya bor. U faqat K. tarzida ataladi, xolos. Albatta, bu shunchaki tasodif yoki yozuvchining o‘z qahramonlariga ot topolmay qolganidan emas. Balki bu holat tagida ham jiddiy ijtimoiy-estetik ma’no bor. Chunonchi, Kafkaning fikriga ko‘ra, jamiyat shaxsni ezadi, sindiradi, qiyofasizlantiradi. Qiyofasiz odam esa qanday atalgani bilan qiyofasizligicha qolaveradi. Shu bois yozuvchi qahramoniga nom bermaslik orqali uning shaxssizligini, qiyofasizligini bo‘rttirib ko‘rsatishga erishadi.
 
«Qo‘rg‘on»ning qahramoni K. hayotidagi eng katta maqsad-graf Vestvest tasarrufidagi qishloqda qolib yashash uchun uning idorasi joylashgan qo‘rg‘onga kirib olishdan iborat. U tun-u kun harakat qilib, turli nayranglar ishlatib ham shu maqsadiga erisholmaydi. Muallif talqinicha, qo‘rg‘on bu-jamiyat. Alohida odam jamiyatni tushunishi, uning tartiblarini anglashi, unga moslashishi va uning bag‘rida yaxshi yashashi mumkin emas. Romanda hayotning ma’nisiz, inson umrining foydasiz va nursiz ekanligi aks ettirilgan. Qo‘rg‘onga kirish uchun urinaverib, holdan toygan K. o‘lim to‘shagida yotganida Qo‘rg‘ondan qishloqda yashash va ishlashga ruxsat berilgani haqda qaror keladi. Ma’lumki, o‘lik na yashay va na ishlay oladi.
 
Frans Kafkaning nomini butun dunyoga yoygan va badiiy adabiyotda odamga o‘zga bir badiiy nazar bilan qarab, uni boshqacha rakursda tasvirlash mumkinligini ko‘rsatgan asari «Jarayon» romanidir. To‘qqiz bobdan iborat bu roman 1915- 1918-yillar davomida yaratilgan. Asarning o‘ziga xosligi shunchalikki, uning boblariga muallif nom qo‘ygan bo‘lsa-da, yozuvchi tomonidan ularning tartibi aniq belgilab berilmagan. Ya’ni, aslida, qaysi biri birinchi bob, qaysinisi ikkinchi, qay biri to‘qqizinchi ekanligi aniq emas. Kafka ijodiy merosiga vasiy bo‘lib qolgan M. Brod asarning ichki mantig‘idan kelib chiqib, boblarni joylashtirgan. Biz buni bejiz ta’kidlayotganimiz yo‘q. Romanning har bir bobi o‘z holicha mustaqil ma’noga ega va bu hol ham jamiyatda izchillik, mantiqiylik, davomiylik yo‘qligini ta’kidlashga xizmat qiladi.
 
Kafkaning barcha asarlari singari «Jarayon» romanini tushunish uchun ham yozuvchining dunyoqarashini yaxshi bilish talab etiladi. Adib insoniyat hayotida mantiq va tartib borligini tan olmaydi. U butun mavjudlikni insonga dushman, uning erkini, istaklarini bo‘g‘adigan yovuz kuch hisoblaydi. Shuning uchun ham yozuvchi nasrining har bir satri biror-bir ezgu, odamga foyda keltiradigan narsaning mavjudligiga, inson umrida ma’no bo‘lishiga ishonmaslik, absurd, ya’ni ma’nisizlik g‘oyasi bilan sug‘orilgan. Kafka asarlarining asosiy xususiyati odam ham, uning umri ham, narsa-lar ham, mavqe ham, fikrlar ham, so‘zlar ham qumga qurilgan imorat kabi, qo‘l bilan ushlashga urinilgan suv singari omonat, o‘tkinchi. Faqat hayotning bu xil o‘tkinchiligi, tushunarsizligidan qoladigan chalkash va chigal ma’nisizlikkina doimiydir, degan fikrni ifodalashidadir. Shuning uchun ham F. Kafkaning barcha asarlarida inson faqat qurbon sifatida tasvirlanadi.
 
«Jarayon» romani bosh qahramoni sog‘lom, baquvvat, ishchan, bilimdon, hayotda yaxshigina mavqega ega Yozef K. muhitning ana shunday kutilmagan va tushunarsiz zarbasiga duch keladi. Gunoh qilganlikda ayblanib, uning ustidan jinoiy ish qo‘zg‘atiladi. Yozuvchi Yozefning qanday jinoyat qilganligini aytmaydi, buni hatto imo-ishora bilan bo‘lsin, bildirmaydi. Go‘yo jinoyat qilingan-qilinmaganligining sud uchun ham, turli-tuman tushunarsiz va sirli idoralar uchun ham, yozuvchi va o‘quvchi uchun ham mutlaqo ahamiyati yo‘qday. Chunki jamiyatda istagan odam ustidan, istalgan vaqtda ish qo‘zg‘atilishi, jarayon boshlanishi mumkin. Inson qonundan himoya kutadi, ammo aslida, odam ana shu qonunning o‘zi tomonidan eng ko‘p jabrlanadi. Yozuvchi Yozef K. taqdiri misolida bu holatni butun shafqatsizligi, dahshati, mantiqsizligi, yovuzligi bilan ko‘rsatib beradi. Shuning uchun ham K. qamab qo‘yilmaydi, balki ishga boradi, doimgiday hayot kechiradi, nimadandir quvonadi, nimadandir xafa bo‘ladi. Adib shu tariqa, qamoq bilan ozodlikning farqi yo‘qligiga ishora qiladi.
 
Romandagi tasvir boshdan oyoq kishida qo‘rquv, ilojsizlik tuyg‘ularini paydo qiladi. Qahramonni hech qanday asos-u izohlarsiz jinoyatchiga chiqaradilar, ustidan ish qo‘zg‘aydilar, ya’ni sud jarayoni boshlaydilar. U atrofdagilardan, qonun himoyachilaridan yordam kutadi. Hamma yordam bermoqchi bo‘ladi va ayni damda barcha urinishlar befoyda ekani, ish boy berilishiga ishora qiladi. Qahramon ishga ketayotib yoki undan qaytayotib, o‘z-o‘zidan sirli va ixtiyorsiz ravishda turli darajadagi sud mahkamalarida paydo bo‘lib qolaveradi. Mahkamalarning hammasi qorong‘i, iflos, havosi yo‘q xonalarga joylashgan. U yerdagi mijozlar ham xizmatchilar ham, ilojsizlik iskanjasida. Ular o‘z iroda-yu istaklari bilan emas, balki vaziyatning talabi, muhitning yo‘rig‘i bilan ish tutishga mahkumlar. Odamning intilishi, urinishi, aqli, topqirligi hech narsani o‘zgartirolmaydi, hayot xuddi taqdir singari shafqatsiz va beomon. Odam-faqat qurbon, mazlum, jabrdiyda. “''Sen boshqalardan haddan ortiqcha yordam kutasan, -deydi ruhoniy K. ga.-...Nahotki, sen bu yerda yordam hech qachon astoydil bo‘lmasligini sezmagan bo‘lsang?»'' Mana shu holat, ya’ni biror ishning astoydil qilinmasligi, hech narsaga ishonch bo‘lishi mumkin emasligi kishini vahimaga soladi.
 
Asarda mavjud holatni o‘zgartirishning iloji yo‘qligi, dunyoning tartibi inson xohishlariga qarshi belgilanganligi aks etadi. Qamoqxona ruhoniysi asar qahramoni Yozef K. bilan qonun va uning mantig‘i haqida bahslashar ekan: ''«Qonun darvozasi oldida eshik og‘asi turadi. Va qatag‘onga uchragan biron-bir kishi kelib, undan Qonun qasriga o‘tkazib yuborishini iltimos qiladi. Ammo eshik og‘asi ayni paytda uni ichkariga o‘tkazib yuborish mumkin emasligini aytadi. Arzgo‘y biroz o‘yga botib qoladi va yana iltimos qilib so‘raydi: u bu yerga keyinchalik kirsa bo‘ladimi? Mumkin, -javob qiladi eshik og‘asi, -ammo hozir kirish mumkin emas». ...Eshik og‘asi unga kursicha keltirib berib, kirish tomoniga o‘tirib turishiga ruxsat beradi. Arzgo‘y unda kunlab o‘tiradi, yillab kutadi. ...Yillar o‘tsa-da, arzgo‘yning eshik og‘asidan imdod kutish ilinji o‘zgarmaydi. Va yana boshqa darbonlar borligi, bu faqat shularning birinchisi, boshqalar ham hali Qonun qasriga kirishga to‘sqinlik qilishi turgan gapligini butunlay unutadi. ...eshik og‘asining Qonun qasriga kirish bo‘yicha ikkita juda muhim tushuntirishi bor. Birinchisi bo‘yicha, ayni paytda eshik og‘asi uni ichkariga kirishga ruxsat berishi mumkin emas, ikkinchisiga ko‘ra bu kirish joyi faqat unga belgilab qo‘yilgan», -''deydi. Ruhoniyning ancha tushunarsiz bu gaplari ham romanda aks etgan adoqsiz anduhning, ham yozuvchining jamiyatga ishonchsizligining sababini ifodalaydi deyish mumkin. Ya’ni har qanday odam qachondir Qonun qasriga kirish mumkinligi bilan umidvor qilinadi, lekin uning hozir bu qasrga kirishi mumkin emas. «Hozir» degan fursat esa kunlar, oylar va yillarga cho‘zilib, inson o‘limiga qadar davom etadi. Demak, go‘yo qonun odamga xizmat qilib, uning manfaatini himoya etadiganday ko‘rinadi, lekin amalda butunlay buning teskarisi bo‘ladi.
 
Kafkaning bu romanida biz odatlanib qolganday, izchillik bilan rivojlanadigan, biri boshqasidan kelib chiqadigan yoki biri o‘zgasini keltirib chiqaradigan voqealar tasviri yo‘q. Chunki yozuvchini voqea ham, uning hayotiy va ishonarli yoki uydirma va ishonarsiz ekanligi ham qiziqtirmaydi. Adib uchun muayyan sharoitga tushib qolgan odamning iztiroblari muhim. Kafkaning asarlarida qahramonlarning iztiroblari tasvirlanmaydi, balki ularga qo‘shilib, muallifning o‘zi chekkan iztiroblar aks etadi, deyish mumkin. Adib faqat o‘zi ko‘rib, tuyib va tushunib turgan, lekin oddiy odamlarga ko‘rinmaydigan, tuyib va tushunib bo‘lmaydigan murakkab hamda chigal ruhiy jarayonlarni qalamga oladi. Bu ruhiy holatlar, ko‘pincha, qahramonning ertangi kuniga umidsizlik uyg‘otadi. Yozuvchining ham, qahramonlarning ham umidsizligi voqelik bilan emas, balki o‘z-o‘zi bilan, o‘zining «men»i bilan ayovsiz to‘qnashuvning natijasi o‘laroq paydo bo‘ladi. Muallif butun e’tiborini o‘zi va qahramonining «men»iga qaratadi. Bu xudbinlik tufayli emas, balki insonning hayot markaziga chiqishni xohlash, ya’ni odamning martabasini baland, taqdirini nurliroq ko‘rish istagi tufaylidir.
 
«Jarayon» romani qahramoni K.ning tergovchilarga qarata: ''«...hammalaringiz sotilgan, zanjiri bir-biriga bog‘liq to‘dasiz..-sizlar hidlab-iskab topmoq, o‘z ko‘zlaringiz bilan ko‘rib, o‘z quloqlaringiz bilan eshitmoq uchun bu yerga yopirilib kelgansiz va ko‘zni shamg‘alat qilib, chalg‘itish uchungina ikki guruhga bo‘linib, meni olqishlab turgan ekansiz; bu bilan mening misolimdagi begunoh bir kishini qanday qilib qiynab-azoblashni tajribada sinab ko‘rmoqchi bo‘lgansizlar», -''degan gaplarida insonga yot, uni qiynab rohatlanadigan ijtimoiy tartiblar tizimining mohiyati yaqqol namoyon bo‘ladi. Chunki unda inson taqdiriga beparvo, uni ovora qilish, qiynash, chalg‘itish va bir balo qilib, bo‘yniga ayb qo‘yish istagidagi qatlam vakillarining asl niyati fosh etilgan. Gap bu yerda faqat sud haqida emas, adibning tasavvuri va tasviriga ko‘ra, inson hayotining o‘zi sud jarayoniga o‘xshaydi. E’tibor qilgan bo‘lsangiz, K. o‘zini nima uchun sud qilishayotgani bilan unchalik qiziqmaganday tuyuladi. U o‘zini aybsiz deb biladi, lekin ayni vaqtda, jazo belgilanishidan qo‘rqadi. Demak, odam aybdor bo‘lishi uchun ayb qilishi, qonun buzishi shart emas. Chunki insonlar tomonidan ishlab chiqilgan qonunlar mohiyatan yovuz, odamlarga qarshidir.
 
Yozef K. turli mahkamalarda turlicha ko‘rinishli, turlicha lavozimlarni egallagan, ammo taqdiri qo‘llarida bo‘lgan odamga bir xilda beparvolik bilan qaraydigan kimsalar bilan ko‘p uchrashadi. Shu asnoda u bu amaldor zotlarning maqsadi odamga yordam berish emas, balki aksincha, uni hayotdan bezdirib, xarob qilish ekanligini anglab yetadi. Shuning uchun ham ularga qarshi o‘ziga xos isyon qiladi. Lekin uning noroziligi biz kutganday va biz o‘ylaganday emas, chinakamiga o‘ziga xos: ketib qolish, gaplashmaslik, kelmay qo‘yish, quloq solmaslikdan iborat bo‘ladi.
 
Asarda hayotning, insoniy munosabatlarning mutlaqo chigal va tushunarsiz ekanligiga urg‘u beriladi. Tiriklik hodisalari shunday chalkashki, ba’zan aybdor ayblovchiga qaraganda erkinroq bo‘lib ko‘rinadi. Bu, ko‘p jihatdan, qaysi nuqtayi nazar bilan qarashga bog‘liq. Romanda K. bilan qamoqxona ruhoniysi o‘rtasidagi suhbat tasvirida shu holatga munosabat bildiriladi: ''“Mohiyatan olib qarasak, arzgo‘y (aybdor) erkin kishi. U istasa boshi og‘gan tomonga ketishi mumkin, faqat unga Qonun qasrining ichkarisiga kirish taqiqlanadi, eshik og‘asi unga bor-yo‘g‘i shuni taqiqlay oladi. Arzgo‘y darvoza tarafdagi o‘rindiqchaga o‘tirib, shu yerda butun umrini o‘tkazib yuborsa ham, buni o‘z ixtiyori bilan qiladi... Eshik og‘asi esa, o‘z vazifasiga ko‘ra, mana shu joyni qo‘riqlab turishga mahkum, u bu joyni-postni tashlab hech qayoqqa ketishi mumkin emas...», -''deydi ruhoniy. Chindan ham, uning bu gaplarida mantiq bor.
 
Lekin bu mantiq insonning erkini bo‘g‘ishga, uni boshi-keti yo‘q chigalliklar zanjiriga mahkamroq bog‘lab tashlashga xizmat qiladi.
 
Yozuvchi esa asarda aynan shu singari mantiqqa qarshi isyon qiladi. U insonni hamma narsadan, hatto qonundan ham baland, undan ham ozod ko‘rishni istaydi. Shuning uchun ham K. ning: “''Butun tuzumni yolg‘on zabt etajak», -''degan gapi asar mohiyatini aks ettiradi deyish mumkin. Chunki adibning fikricha, Kafka romanda shaxs hamma narsadan hur va yuqori turishi kerak degan g‘oyani aks ettiradi. Lekin hayotning tartiblari bu g‘oyaga mutlaqo teskaridir. Shuning uchun ham nimaligi ma’lum bo‘lmagan aybi uchun hukm qilingan qahramonning o‘ldirilayotgan paytdagi: “''Xuddi it kabi», -''degan so‘nggi so‘zlari odam umriga berilgan o‘ziga xos baho va insonning jamiyat tomonidan nechog‘lik xor qilinganligining yorqin ifodasi deyish mumkin.
 
Kafka inson hayoti ma’nisizligi asosini odam intilishlarining cheksizligi va voqelik beradigan imkoniyatlarning chegaralanganligi o‘rtasidagi tuganmas qarama-qarshilikda deb biladi. Odam juda ko‘p narsaga erishmoqchi bo‘ladi, o‘shalarga tinim bilmay intiladi, o‘zidan kechadi, lekin ko‘pincha hech qanday natijaga erisholmaydi. Kafka asarlarida inson zotining mana shu ojizligi butun fojiasi bilan aks ettirilgan.
 
«Jarayon» romanidagi timsollardan biri savdogar Blokning: ''«..go‘yo ayblanuvchining taqdiri uning qiyofasida, ayniqsa, uning lablarida shundoq ko‘rinib turarmish. Ha, hakam sizning lablaringizga qarab hukm chiqaradi...», -''degan gapi sudlarning nechog‘lik «jiddiy»ligini ko‘rsatishi jihatidan muhimdir. Ko‘rinadiki, inson hayoti, uning umri sudlar uchun sariq chaqachalik qimmatga ega emas, sudlovchilar javobgarning lab bichimiga qarab turibgina hukm chiqarishi mumkin. Adolat, qonun degan tushunchalar umum-jahon yovuzligi oldida hech narsaga arzimaydi. Bu qadriyatlar hech kimga kerak emas.
 
Inson-ojiz, ilojsiz, mahkum. Odamning bu holati Blok tilidan aytilgan: “''Bilganingizdek, men savdogarman, birinchi navbatda, hozirgiga qaraganda ham ko‘proq savdo ishlari bilan shug‘ullansam derdim, buning uchun esa ish oxirigacha yetib borishi yoki hech bo‘lmaganda, qandaydir darajada ravnaq olishi kerak edi. Buning o‘rniga, ma’no mazmuni bir xil bo‘lgan adoqsiz tergovlar olib borilardi, men ulardagi javoblarni, xuddi ibodatdagi oyatlar kabi yoddan, hech narsani o‘ylamasdan aytib bera olaman, har haftada bir necha marta suddan idoramga yoki uyimga... tinimsiz chaqiruv qog‘ozi yuboriladi, ...ammo yaqin kunlarda, hech bo‘lmasa, ishni ilk bor ko‘rish haqida biron-bir alomat ko‘rinay demasdi», -''gaplari ijtimoiy muhit va inson munosabatlari mohiyatini ochishi jihatidan katta ahamiyatga egadir.
 
Romanda boshi-keti yo‘q sud jarayoniga tortilgan qahramonlardan birining: ,,..''ishni ko‘rib chiqishni hech kirn tezlashtirishi mumkin emas, arz qilib, ishni bir yoqlik qilishni talab qilib, qattiq turib olishim behuda, bu ularga yetib ham bormaydi...''», -tarzidagi iqrorida shafqat bilmay, sovuqqonlik bilan yurayotgan yovuzlik mashinasi qarshisida odam ilojsiz, intilishlari besamar, kelajagi yo‘q ekanligi butun dahshati bilan ko‘rsatilgan. Jarayonning g‘ayri-insoniyligi shunchalikki, vazifasi javobgarlarni oqlash, ularga ko‘mak berish bo‘lgan oqlovchilar ham ularni qiynash, odamni qonunga yemish qilish bilan shug‘ullanadilar. Shuning uchun ham bosh qahramon K.: “D''emak, oqlovchining ish uslubi o‘zi shunaqa: Mijozini butunlay yorug‘ olamdagi hamma narsani unutib qo‘yish darajasigacha olib borish, uni yolg‘on bir yo‘l bilan hukm o‘qilguncha umid uzmaslikka majbur qilib turishdan iborat», -''degan xulosaga keladi. Bu uning jamiyat mohiyatni anglab yetgani natijasidir.
 
O‘zingiz ko‘rdingizki, F. Kafkaning asarlari og‘ir o‘qiladi. Ularni o‘qib orom olish, lazzatlanish mumkin emas. Avvalo, ularni tushunish, qahramonlarning ruhiy holatini tuyish juda og‘ir kechadi. Chunki bu qahramonlarni yaratgan yozuvchining o‘zi boshqa odamlarga mutlaqo o‘xshamaydi. U olamni o‘zigagina xos ko‘z bilan ko‘radi. Birinchidan, Kafka hayotdan nusxa olmaydi, undan o‘rganmaydi, balki asarlarida o‘z bilganicha hayot yaratadi. Uning asarlari qahramonlari ham adib yaratgan ana shu hayotning qonunlariga muvofiq umr kechirishadi, mavjud bo‘lishadi. Ikkinchidan, ijtimoiy tuzumning har qanday mexanizmida faqat insonga zug‘um qiluvchi, zulm o‘tkazuvchi vositani ko‘rgan adib, insonni qora ranglar qurshovida, adoqsiz baxtsizliklar og‘ushida tasvirlaydiki, bu kitobxonni ruhan toliqtiradi, muvozanatdan chiqaradi, unda umidsizlik paydo qiladi. Lekin insonni o‘zgacha bir holatda ko‘rmoqchi, odam va jamiyat o‘rtasidagi munosabatlarning murakkabligini anglamoqchi bo‘lgan kishi Kafkaning asarlaridan xabardor bo‘lishi kerak. Chunki Frans Kafka tasvirlagan odamlar faqat uning asarlaridagina mavjud. Lekin ularning tuyg‘ulari, hissiyoti hammaniki qatoridir. Shuning uchun ham biz ularni anglashimiz, tuyishimiz mumkin.
 
Shuni aytish kerakki, yozuvchi sifatida Frans Kafka hech bir adabiy maktabga a’zo emasdi. U hech qanday yozuvchini, hech qaysi jihatdan takrorlamaydi. Xuddi shuningdek, uning adabiy maktabi bo‘lishi ham mumkin emas. Chunki bu maktabdan bo‘lish uchun Kafka kabi yozish talab etiladi. Kafka kabi yozish uchun esa Kafka kabi yashash, tuyish, ta’sirlanish kerak bo‘ladiki, buning aslo iloji yo‘q. Chunki inson taqdiri betakror va variantsizdir. Kafkaning asarlari betakror va o‘xshashsiz insonlarning qaytarilmas hamda g‘aroyib hayoti tasviridan iborat bo‘lgani uchun ham qimmatlidir. ''«Menda adabiy qiziqishlar yo‘q, men o‘zim adabiyotdan iboratman» -''degandi F. Kafka do‘stlaridan biriga. Uning bu gapi chin ekaniligini vaqt isbotladi.
 
== Manbalar ==