Bloger: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
kTahrir izohi yoʻq
kTahrir izohi yoʻq
Qator 39:
''Bizda – Oʼzbekistonda blogerlik koʼproq xobbi hisoblanadi. Xobbi bilan esa odatda boʼsh vaqtda, kayfiyat yaxshiligida shugʼullaniladi va undan daromad olish reja qilinmaydi. Аslida esa blogerlik – dunyodagi eng daromadli biznesdan biriga aylangan.''
 
Masalan, YouTube- kanalida 100 mingdan oshiq obunachiga ega blogerlar videoroliklari 100 ming martadan ortiq tomosha qilinsa, kuniga 50-100 dollar, oyiga esa 1500-4150 dollar atrofida daromad olishi mumkin. Аmmo aksariyat blogerlar oyiga 500 dollardan kamroq daromad topayapti<ref>[https://sputnik-georgia.ru/spravka/20170702/236494641/Skolko-zarabatyvajut-blogery-na-jutub-i-instagram-v-Rossii.html Sputnik-georgia.ru]</ref>.
 
Uzun-quloq gap-soʼzlarga qaraganda, bizning sharoitda ham YouTube yoki Telegram kanalida oyiga 1000 dollardan ortiq daromad koʼrayotgan blogerlar yoʼq emas, ammo ular tahlili va monitoringi yuritilmagan, aniq statistik maʼlumotlar yoʼq. Аgarda blogerlik bilan jiddiy shugʼullanib, doimiy faoliyat olib borilsa, u orqali nafaqat oila boqish, balki boy boʼlish ham mumkin.