Deadpool (film): Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
+
Teglar: Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
Tahrir izohi yoʻq
Teglar: Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
Qator 45:
== Sujet ==
[[Deadpool|Wade Wilson]] yollanma jangchi bo‘lib, pul evaziga odamlarning dushmanlarini adabini berar edi. U barda fohishalik bilan shug‘ullanuvchi Vanessa bilan tanishib qoladi va Vanessa bilan [[jinsiy aloqa]]da bo‘lganidan so‘ng, Wilson uni yoqtirib qoladi. Wilson va Vanessa bir yil mobaynida [[seks]] bilan shug‘ullanishadi. Bir yildan so‘ng esa Wilson Vanessaga turmushga chiqishni taklif qiladi. Uning taklifiga Vanessa rozi bo‘ladi. Ammo, keyinchalik Wilsonda saraton kasalligi borligi aniqlanadi. Bundan sarosimaga tushgan Wilson Vanessani ogohlantirmasdan tashlab ketib qoladi. Vanessa esa uni o‘ldi deb tahmin qiladi.
 
 
Sirli yollanma kishi Wilsonga yaqinlashib, uning saratonini eksperimental davolanishni taklif qiladi. Wilson rozi bo‘ladi va yollanma kishi uni Ajax va Anxel Dustning tajribaxonasiga olib boradi. Ajax Wilsonga yashirin [[mutant]] [[gen]]larini uyg‘otish uchun mo‘ljallangan zardobni yuboradi. Zardobning samarasini ko‘rish uchun ular Wilsonga kuchli azob berishadi. Bu qiynoqlar stressni keltirib chiqarishi va har qanday mutatsiyaga undashi kerak edi. Wilson Ajaxning haqiqiy ismi Francis ekanligini bilib, uni masxara qilganida, Ajax Wilsonni hyberbarik xonada qoldirib, uni dam olish kunlarida vaqti-vaqti bilan asfiksiya ostonasiga olib boradi. Bu nihoyat saratonni davolaydigan g‘ayritabiiy shifo qobiliyatini faollashtiradi, ammo bu Wilsonning butun vujudida kuyish kabi yaralar qoldiradi. U palatadan qochib, Ajaxga hujum qiladi, lekin Ajax Wilsonni yengadi va uni yong‘inda qolgan [[laboratoriya]]da o‘lik holda qoldiradi.
 
 
Wilson tanasida mutatsiya faollashgani tufayli tirik qoladi va Vanessani izlaydi. Uning yangi qiyofasiga bo‘lgan munosabatidan qo‘rqqan Wilson, Vanessaga tirikligini bildirmaydi. Wilson eng yaqin do‘sti bo‘lgan Weesel bilan maslahatlashgandan so‘ng, o‘zini bu ahvoldan qutqarish uchun Ajaxni qidirib topishga qaror qiladi. Wilson qizil va qora tusdagi kiyimda niqoblanib yuradi va o‘ziga "Deadpool" deb nom beradi (Ushbu nomni Weesel o‘zining barida bergan edi). Wilson Al ismli keksa so‘qir ayolning uyiga ko‘chib o'tadi. U Ajaxning ko‘plab odamlarini so‘roqqa tutadi va o‘ldiradi. U yollanma kishini ham topadi va uni ham o‘ldiradi. Deadpool ekspress-trassada Ajax va uning qurollangan jamoasini yo‘lini to‘sib qo‘yadi. U Ajaxdan tashqari barchasini o‘ldiradi va undan davolanishni talab qiladi, ammo [[X-Men]] a‘zolari hisoblanmish Colossus va uning kursanti Neasonic Teenage Warhead unga xalaqit berishadi. Colossus Deadpooldan yaxshi yo‘lga o‘tishini va X-Menga qo‘shilishini so‘raydi. Ushbu chalg‘ituvchi narsalardan foydalanib, Ajax qochib ketadi. Keyin Deadpool Weeselning bariga boradi, u yerda u Vanessani ko‘rib qoladi.
 
 
Ajax Vanessani o‘g‘irlaydi va uni skrapyardagi haroba joyga keltiradi. Deadpool Vanessani qutqarish maqsadida, Colossus va Neasonicdan yordam so‘raydi va ular yordam berishga qaror qilishadi. Ular Anxel Dust va bir necha askar bilan jang qilishadi, Deadpool esa Ajaxga qarshi kurashmoqda. Jang paytida, Neasonic tasodifan helikariyerni barqarorlashtiradigan uskunani yo‘q qiladi. Buning natijasida kema qulab tushish holatiga kelib qoladi. Deadpool Vanessani qulab tushayotgan kemadan asrab qoladi, Colossus esa Neasonic va Anxel Dustni xavfsiz joyga olib boradi. Ajax yana Deadpoolga hujum qiladi, ammo u yengiladi. U Deadpoolga hech qanday davo yo‘qligini aytadi. Colossusning iltijosiga qaramay, Deadpool uni o‘ldiradi. Deadpool endilikda oqko‘ngil qahramon bo‘lishga harakat qilishni va‘da qilmoqda. Vanessa Wilsonning tashlab ketgani uchun g‘azablansa-da, u bilan yarashadi.