Qasoskorlar: Ultron davri: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Teglar: Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
Tahrir izohi yoʻq
Teglar: Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
Qator 29:
Sharqiy Yevropaning Sokovia o‘lkasida qasoskorlar – [[Tony Stark]], [[Steve Rogers]], [[Thor (Marvel Comics)|Thor]], [[Hulk|Bruce Banner]], [[Natasha Romanoff]] va [[Clint Burton]], ilgari odamlarda [[Loki (komiks)|Loki]]ning hassasi yordamida tajriba o‘tkazgan Baron Volfgang fon Strucker boshchiligidagi Hydra inshootiga reyd uyushtirdilar. Ular Struckerning ikkita yosh egizak [[mutant]]lariga duch kelmoqdalar – yuqori tezlikka ega Pietro va telepatik qobiliyatga ega bo‘lgan Wanda Maximoff. [[Qasoskorlar (komiks)|Qasoskorlar]], Strucker va uning jamoasini mag‘lub qiladilar, faqat egizak mutantlar qochib ketadi. Stark esa Lokining hassasini tortib oladi.
 
Stark va Banner, hassaning marvaridi yordamida sun‘iy intellektni kashf etadilar va Qasoskorlardan yashirin ravishda, undan Starkning "Ultron" mudofaa dasturini yakunlash uchun foydalanishga qaror qiladilar. Kutilmagan tarzda yaratilgan [[Ultron]], [[Yer]]ni qutqarish uchun [[Inson|insoniyat]]ni yo‘q qilish kerak deb hisoblaydi va Starkga tegishli J.A.R.V.I.S'ni yo‘q qiladi. Qasoskorlar o‘zining qarorgohida Ultron bilan jang qiladi va uni yengadi. Ammo, Ultron qochib ketadi. U o‘zining tanasini yangilash va [[robot]] dronlardan iborat armiya tuzishda Struckerning Sokovia bazasidagi resurslaridan foydalanadi. Struckerni o‘ldirgandan so‘ng, u egizak Maximofflarni, ularni ota-onalarining o‘limi sababchisi Stark Inc. tomonidan ishlab chiqarilgan qurol ekanligidan foydalanib, ularni o‘ziga og‘dirib oladi. Keyin Ultron faqat [[Wakanda]]da uchraydigan dunyodagi eng pishiq metall bo‘lmish vibranniumni sotib olish uchun [[Yoxannsburg]]dagiJohannesburgdagi qurol sotuvchisi Uliss Klauening bazasiga boradi. U yerda Qasoskorlar Ultron va Maximofflarga hujum qilishadi, ammo Wanda ularni dahshatli gallyutsinatsiyalar bilan bo‘ysundiradi va Bannerning Hulkga aylanishiga, Stark uni o‘zining qurollari bilan to‘xtatmagancha majbur qiladi.
 
Dunyo bo‘ylab vayronagarchilik vujudga keladi. Qasoskorlar esa Burtonning uyiga borishadi. Thor o‘zining Wanda tomonidan hosil qilingan gallyutsinatsiyasida ko‘rgan apokaliptik kelajak to‘g‘risida doktor Eric Salvig bilan maslahatlashishga ketadi, bu paytda esa [[Nick Fury]] kelib, jamoani Ultronni to‘xtatish rejasini tuzishga undaydi. [[Seul]]da Ultron Lokining hassasidan foydalanib, jamoaning do‘sti doktor Helen Choni o‘ziga qul qilib oladi. Ular yangi tanani ishlab chiqarish uchun uning sintetik to‘qima texnologiyasi, vibrannium va hassaning marvarididan foydalanadilar. Ultron o‘zini yangi tanaga yuklaganida, Wanda ongini o‘qiydi; Ultronning yovuz rejalarini bilgan Maximofflar unga qarshi chiqishadi. Rogers, Romanoff va Burton Ultronni topib, sintetik tanani olishadi, ammo Ultron Romanoffni ushlaydi.