Qasoskorlar: Ultron davri: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Teglar: Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
Tahrir izohi yoʻq
Teglar: Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
Qator 29:
Sharqiy Yevropaning Sokovia o‘lkasida qasoskorlar – [[Tony Stark]], [[Steve Rogers]], [[Thor (Marvel Comics)|Thor]], [[Hulk|Bruce Banner]], [[Natasha Romanoff]] va [[Clint Burton]], ilgari odamlarda [[Loki (komiks)|Loki]]ning hassasi yordamida tajriba o‘tkazgan Baron Volfgang fon Strucker boshchiligidagi Hydra inshootiga reyd uyushtirdilar. Ular Struckerning ikkita yosh egizak [[mutant]]lariga duch kelmoqdalar – yuqori tezlikka ega Pietro va telepatik qobiliyatga ega bo‘lgan Wanda Maximoff. [[Qasoskorlar (komiks)|Qasoskorlar]], Strucker va uning jamoasini mag‘lub qiladilar, faqat egizak mutantlar qochib ketadi. Stark esa Lokining hassasini tortib oladi.
 
Stark va Banner, hassaning marvaridi yordamida sun‘iy intellektni kashf etadilar va Qasoskorlardan yashirin ravishda, undan Starkning "Ultron" mudofaa dasturini yakunlash uchun foydalanishga qaror qiladilar. Kutilmagan tarzda yaratilgan [[Ultron]], [[Yer]]ni qutqarish uchun [[Inson|insoniyat]]ni yo‘q qilish kerak deb hisoblaydi va Starkga tegishli J.A.R.V.I.S'ni yo‘q qiladi. Qasoskorlar o‘zining qarorgohida Ultron bilan jang qiladi va uni yengadi. Ammo, Ultron qochib ketadi. U o‘zining tanasini yangilash va [[robot]] dronlardan iborat armiya tuzishda Struckerning Sokovia bazasidagi resurslaridan foydalanadi. Struckerni o‘ldirgandan so‘ng, u egizak Maximofflarni, ularni ota-onalarining o‘limi sababchisi Stark Inc. tomonidan ishlab chiqarilgan qurol ekanligidan foydalanib, ularni o‘ziga og‘dirib oladi. Keyin Ultron faqat [[Wakanda]]da uchraydigan dunyodagi eng pishiq metall bo‘lmish vibranniumni sotib olish uchun Johannesburgdagi qurol sotuvchisi UlissUlysses Klauening bazasiga boradi. U yerda Qasoskorlar Ultron va Maximofflarga hujum qilishadi, ammo Wanda ularni dahshatli gallyutsinatsiyalar bilan bo‘ysundiradi va Bannerning Hulkga aylanishiga, Stark uni o‘zining qurollari bilan to‘xtatmagancha majbur qiladi.
 
Dunyo bo‘ylab vayronagarchilik vujudga keladi. Qasoskorlar esa Burtonning uyiga borishadi. Thor o‘zining Wanda tomonidan hosil qilingan gallyutsinatsiyasida ko‘rgan apokaliptik kelajak to‘g‘risida doktor Eric SalvigSelvig bilan maslahatlashishga ketadi, bu paytda esa [[Nick Fury]] kelib, jamoani Ultronni to‘xtatish rejasini tuzishga undaydi. [[Seul]]da Ultron Lokining hassasidan foydalanib, jamoaning do‘sti doktor Helen Choni o‘ziga qul qilib oladi. Ular yangi tanani ishlab chiqarish uchun uning sintetik to‘qima texnologiyasi, vibrannium va hassaning marvarididan foydalanadilar. Ultron o‘zini yangi tanaga yuklaganida, Wanda ongini o‘qiydi; Ultronning yovuz rejalarini bilgan Maximofflar unga qarshi chiqishadi. Rogers, Romanoff va Burton Ultronni topib, sintetik tanani olishadi, ammo Ultron Romanoffni ushlaydi.
 
Stark va Banner yashirincha [[Internet]]da Ultronning sintetik tanasiga yashiringan J.A.R.V.I.S.ni yuklaganlarida, Qasoskorlar o‘zaro kurashadilar. Thor tanani faollashtirishga yordam berish uchun qaytib keladi va o‘zining qarashlariga asoslanib, yangi miyadagi tosh bu oltita [[Cheksizlik toshlari]]dan biri bo‘lib, bu dunyosagi eng kuchli obektlardan biri ekanligini tushuntiradi. Boshida Tafakkur toshini saqlayotgan "Vision" va Maximofflar Qasoskorlarni Sokovia shahriga olib boradilar, u yerda Ultron qolgan tebranishni Sokovianing katta qismini osmonga ko‘tarish uchun dastgoh qurishda ishlatgan va uni butun dunyo bo‘ylab qirg'in qilish uchun Yerga qulatmoqchi bo‘layotgan edi. Banner Hulkni jang uchun uyg‘otadigan Romanoffni qutqaradi. Fury Maria Hill, James Rhodes va S.H.I.E.L.D bilan Sokoviaga kelgan paytda Qasoskorlar Ultronning qo‘shiniga qarshi kurashmoqda. Jamoa tinch aholini evokuatsiya qiladi. Pietro o‘qqa tutilayotgan Burtonni himoya qilganda vafot etadi va bundan g‘azablangan qasoskor Wanda Ultronning asosiy tanasini yo‘q qilish uchun uning ko‘plab dronlarini qirib tashlaydi. Shahar Yerga qulash arafasida, lekin Stark va Thor osmondan Yerga tushayotgan Sokovianing markaziga kuchli zarba beradi. Natijada, Sokovia osmonda portlab, parchalanib ketadi. Hulk Romanoffni xavf ostiga qolishini istamay, quinjetda jo‘naydi, Vision esa Ultronning so‘nggi tanasini yo‘q qiladi.
 
Keyinchalik, Qasoskorlar Fury, Hill, Cho va SalvigSelvig tomonidan boshqariladigan yangi bazani yaratgandan so‘ng, Thor [[Asgard (komiks)|Asgard]]ga qaytib, yaqinda sodir bo‘lgan voqealarni boshqarganlikda gumon qilingan kuchlar haqida ko‘proq ma‘lumotga ega bo‘ladi. Stark ketgach, Burton esa nafaqaga chiqqach, Rogers va Romanoff yangi qasoskorlar: Rhodes, Vision, Sam Wilson va Wandani o‘qitishga tayyorgarlik ko‘rishmoqda.
 
O‘rta kreditlar sahnasida, Ultronning mag‘lubiyatidan norozi bo'lgan [[Thanos]], oltin qo‘lqopni kiymoqda va Cheksizlik toshlarini qaytarib olishni va‘da bermoqda.