Jean-Pierre Serre: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Tahrir izohi yoʻq
Qator 41:
'''Jean-Pierre Serre''' ({{talaffuz|Jan-Pyer Serr}}) (1926-yil 15-sentabrda tugʻilgan) – fransiyalik [[matematik]]. Serre [[algebraik topologiya]], [[algebraik geometriya]] hamda [[algebraik sonlar nazariyasi]] sohalariga hissa qoʻshgan. Olim 1954-yil 28 yoshida [[Fields medali]] bilan taqdirlangan. Serre Fields medali, [[Wolf matematika mukofoti|Wolf mukofoti]] hamda [[Abel mukofoti]] bilan taqdirlangan toʻrt matematikning biridir ([[Pierre Deligne]], [[John Milnor]] hamda [[John Thompson]] bilan bir qatorda).
 
Serre 1948-yil [[Paris]]dagi [[Oliy normal maktab (Paris)|Oliy normal maktabni]] tamomlagan. 1951-yil [[Paris universiteti]]dan [[PhD]] darajasini olgan. 1956-yildan 1994-yil nafaqaga chiqqaunichachiqqunicha [[Collège de France]]da ishlagan.
 
Serre bir necha xorijiy fanlar akademiyalarning aʼzosidir. Xususan, olim [[Fransiya fanlar akademiyasi]], [[AQSh fanlar akademiyasi]], [[Shvetsiya fanlar akademiyasi]], [[Rossiya fanlar akademiyasi]], [[Qirolli jamiyat]] hamda [[Niderlandiya qirolli fan va sanʼat akademiyasi]] aʼzosidir. Shuningdek, olim bir necha xorij universitetlaridan, jumladan, [[Cambridge universiteti|Cambridge]], [[Oxford universiteti|Oxford]], [[Harvard universiteti|Harvard]] universitetlaridan faxriy darajalarni olgan. 2012-yilda esa [[Amerika matematika jamiyati]] aʼzosi etib tayinlangan.