Minionlar (film): Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Teglar: Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
Tahrir izohi yoʻq
Teglar: Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
Qator 47:
 
== Sujet ==
[[Minionlar (Yaxshi boʻlish osonmi)|Minionlar]] tiriklikning paydo boʻlganidan beri mavjud boʻlgan mayda, sariq jonzotlar boʻlib, ular sargʻish bitta hujayrali organizmlardan mavjudotlarga aylanib, faqat tarixning eng yovuz xoʻjayinlariga xizmat qilar edi. Minionlar hayotlari davomida [[Tiranozavr]]ni vulqonga tashlashadi, gʻor odamini ayiqqa yem qilishadi, Fir'avnning ustiga [[Misr piramidalari|piramida]]ni qulatishadi, Draculaga quyosh nurini koʻrsatish tufayli uni oʻldirishadi va nihoyat Rossiyada tasodifan [[Napoleon Bonapart|Napoleon]]ga toʻp otib yuborganlaridan soʻng, ular yolgʻizlikda yashashga mahkum boʻlishadi va ulkan gʻorda yangi hayot boshlashadi. Koʻp yillar oʻtgach, Minionlar tushkunlikka tushadilar, bezovtalanadilar va xizmat qilish uchun xoʻjayin boʻlmagani uchun zerikishadi. Oʻzlarining qadr-qimmatini va maqsadga erishish hissini tiklash uchun Kevin, qoʻrqmas Minion, yangi xoʻjayin topishga qaror qiladi va boshqa Minionlardan yordam soʻraydi. Musiqaga moyilligi bor bir koʻzli Minion Stuart va yosh, tajribasiz, ammo ishtiyoqli Minion Bob, Kevinga hamroh boʻlishadi.
 
Ushbu uchlik 1968-yilda [[New York]]ka safar qilishadi. Ular shaharda sayohat qilishadi, kech tushganda esa bir univermagda tunashadi va u yerda Villain-Con'ni reklama qiladigan yovuzlar uchun yashirin tijorat koʻrsatuvini topishadi; Koʻrsatuvga koʻra, [[Orlando]]daOrlandoda yovuz va superyovuz odamlar uchun anjuman boʻlib oʻtar ekan. Uchlik Nelson oilasi bilan birgalikda ushbu anjumanga borishadi. Uchlik u yerda tasodifan qabihliklari bilan boshqalarni hayratda qoldiradi. Anjumanda ular Scarlet Overkill ismli ayol superyovuzni koʻrishadi. Scarlet Minionlarni kutilmaganda yollab, [[Angliya]]dagi uyiga olib boradi. Kevin yoʻl davomida qolgan Minionlarni jamoasiga qoʻshilishga chaqiradi.
 
Scarlet Minionlarga Angliya qirolichasidan imperator tojini oʻgʻirlash rejasini tushuntiradi. Scarletning turmush oʻrtogʻi Herb ularga oʻgʻirlikda yordam berish uchun zamonaviy ixtirolarni yetkazib beradi. Minionlar tojni oʻgʻirlash uchum [[London]] minorasiga kirishganda deyarli ushlanib qolishadi, bu esa Bobning tasodifan toshdagi qilichga urilib, uni tortib olishi bilan yakunlanadi. Bu ishi tufayli Bob, Qirol Bobga aylandi. Qirolicha esa taxtdan olib tashlanadi. Boshqa birov uning taxtni oʻgʻirlash orzusini amalga oshirganidan gʻazablangan Scarlet, Minionlarga qarshi chiqadi, shuning uchun Bob oʻz foydasiga taxtdan voz kechadi. Minionlarni xiyonat qilganlikda ayblayotgan Scarlet, uchovini ham zindonga qamab qoʻyadi. Minionlar Herb tomonidan qiynoqqa solinadi, ammo ular Scarletdan uzr soʻrash niyati bilan qochishadi.