Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tiuxab (munozara | hissa)
Tahrir izohi yoʻq
Tiuxab (munozara | hissa)
Tahrir izohi yoʻq
Qator 13:
|vebsayt = [http://www.iiau.uz www.iiau.uz]
}}
==Umumi==
Umumiy
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 16 apreldagi “Diniy ma’rifiy soha faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5416sonli Farmoniga muvofiq, Toshkent islom universiteti va O‘zbekiston islom akademiyasi negizida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi tashkil etildi.
Akademiya (Toshkent islom universiteti) bitiruvchilari bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasining deyarli barcha vazirlik va idoralari, yirik xalqaro tashkilotlar, ilg‘or mahalliy va xorijiy kompaniya (shirkat)larda muvaffaqiyatli faoliyat yuritib kelmoqdalar. Ular erishgan yutuqlar zamirida Akademiyaning salmoqli o‘rni bor. Har bir bitiruvchi nafaqat bilim va ko‘nikmalarga ega, balki Akademiyaning o‘ziga xos madaniyati, urf-odati hamda didini o‘zida mujassam etib, yoshlarga haqiqiy o‘rnak bo‘lmoqda.
Xorijiy talabalar istisno tarzida Akademiyaga suhbat asosida qabul qilinadi. Dars jarayonlari o‘zbek va rus tillarida olib boriladi. Yaqin orada ingliz tili auditoriyalarini yaratish rejalashtirilmoqda.
==Akademiya fakultetlari va kafedralari:==
Islomshunoslik fakulteti
— «Islom tarixi va manbashunosligi» kafedrasi;
Qator 36:
— «Zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalari» kafedrasi.
 
==Akademiyaning asosiy vazifalari:==
mutaxassisliklari bo‘yicha bakalavrlar va magistrlar, shuningdek, ushbu sohada chuqur tadqiqotlar olib boruvchi ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni diniy (Qur’on ilmlari, hadisi sharif, islom huquqi, aqida, tasavvuf, islom iqtisodiyoti va moliyasi, islom tarixi, manbashunosligi va falsafasi, dinshunoslik) va dunyoviy (xalqaro munosabatlar, xorijiy tillar, ziyorat turizmi hamda mumtoz sharq adabiyoti) ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha tayyorlash;
respublikadagi barcha islom ta’lim muassasalari faoliyatini o‘quv-meyoriy va o‘quv-uslubiy jihatdan ta’minlash hamda muvofiqlashtirish;
Qator 45:
O‘zbekiston Respublikasida faoliyat olib borayotgan va xorijiy oliy diniy ta’lim muassasalari hamda boshqa tashkilotlar bilan yaqindan hamkorlik qilish;
malakali xorijiy mutaxassislarni ta’lim jarayoniga jalb qilish, shuningdek, Akademiya mutaxassislarini nufuzli xorijiy oliy diniy va ilmiy ta’lim muassasalariga malaka oshirish hamda tajriba orttirish uchun yuborish, talabalarning akademik almashinuvini yo‘lga qo‘yish.
==Akademiyaning tarkibiy qismlari:==
Ilmiy tadqiqotlar va innovatsion loyihalar markazi:
Ilmiy tadqiqotlar va innovatsion loyihalar markazi 2018 yilning 16 aprelida avvalgi Islomshunoslik ilmiy-tadqiqot markazi asosida tashkil etilgan. Markaz islom dini va madaniyati, milliy merosi, qadimiy an’analarini har tomonlama o‘rganish, ularga oid mavjud manbalarni ilmiy talablar asosida tadqiq va nashr qilish, zamonaviy diniy jarayonlarni ilmiy tahlil qilish va tegishli taklif-tavsiyalarni ishlab chiqish maqsadida tashkil etilgan. Bugungi kunda davlat va boshqa chet el tashkilotlari buyurtmalariga ko‘ra, fundamental va amaliy tadqiqot loyihasi doirasida ilmiy izlanishlar olib borilmoqda