Reşat Nuri Güntekin: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k qisqartmalarni toʻliqlash (via JWB)
"Reşat_Nuri_Bey_Güntekin.jpg" yoʻqotildi, uni VikiOmbordan Srittau per c:Commons:Deletion requests/File:Reşat Nuri Bey Güntekin.jpg tufayli oʻchirgan edi.
Qator 1:
[[Fayl:Reşat Nuri Bey Güntekin.jpg|175px|right]]
'''Rashod Nuri Guntekin''' (1892, Istanbul — 1956, London) — turk yozuvchisi, dramaturg, tarjimon, adabiyotshunos. Istanbul universitetini tugatgan (1912). Dastlabki asarlari („Eski oshna“, 1917; „Xanjar“, 1918; „Sirli qoʻl“, 1921 va boshqalar)da kiborlar jamiyatiga xos illatlar fosh etilgan. Yozuvchining mashhur asarlaridan biri „[[Choliqushi]]“ (1922) romanida turk qishloQlarining yorqin manzarasi chizilgan, asar qahramonlari hayoti, sarguzashtlari tasvirlangan. „Tamgʻa“ (1925), „Shafqat qiling“, „Yashil tun“ (1928), „Xazonrezgi“ (1930) romanlarida zamonasining oʻtkir ijtimoiy masalalari, inson va jamiyat, yashashning maʼnosi kabi muammolarni koʻtarib chiqadi. G. 24 roman, 7 hikoyalar toʻplami, qator pyesalar yozgan, 24 jildli asarlar toʻplami nashr etilgan (1958 — 61). U „Lev Tolstoy“ monografiyasi (1933) muallifi. G. asarlari koʻp tillarga tarjima qilingan. „Choliqushi“ (1959, 1965, 1968, 1988, 1999, Mirzakalon Ismoiliy tarjimasi) va b. romanlari oʻzbek tilida nashr etilgan.<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>