Qattiq magnit disk: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Tahrir izohi yoʻq
Qator 1:
Zamonaviy kompyuterlarni xotiraning qattiq disk (ing. [[Asosiy xotirra|HDD]], Hard – qattiq, Disk – disk, Drive – dvigatel) deb ataluvchi turisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Bu xotirani asosiy xotira qurilmasi deb ham atash mumkin. Chunki, birinchidan: qattiq disklar, odatda, kompyuterning sistema bloki ichiga joylashtirilib, asosiy platada shleyf orqali ulanadigan maxsus joyi bor (shuning uchun axborot almashinuvi juda tez); ikkinchidan: kompyuterga operatsion sistema o‘rnatilayotganda, shu kompyuterga mos parametrlar operatsion sistemaga bog‘lab, qattiq diskka yozib saqlanadi. Bundan tashqari, shu kompyuter foydalanuvchilarining amaliy dastur, hujjat va boshqa turdagi ma’lumotlari ham shu diskda saqlanadi. Qattiq disklarga axborotni yozish va o‘qish magnitlash asosida bo‘lganligi uchun qattiq magnit disk deb ham atashadi. Bu qurilma umumiy korpusga joylashtirilgan elektrodvigatel, magnit kallak (rus.галовка), pozitsiyalash qurilmasi va magnit qatlamga ega bo‘lgan bir nechta diskdan (shu bois, “vinchester” deb ham yuritiladi) iboratdir. Birinchi vinchester 1973-yilda [[IBM]] firmasi tomonidan ishlab chiqarilgan. Disk sirti nuqtalar majmui sifatida, nuqtalar esa, o‘z navbatida, alohida bit sifatida ko‘rilib, ularning har biriga 0 yoki 1 qiymat (magnitlangan yoki magnitlanmagan – “magnit ekvivalenti” deb ham yuritiladi) beriladi. Mazkur nuqtalarning joylashuvi oldindan aniq bo‘lmaganligi bois, axborotni yozish uchun yozuv qurilmasi nishonlash usulidan foydalanadi. Nishon yozuvning holati va o‘rnini aniqlashga yordam beradi. Mazkur nishonlarning mavjudligi diskka axborot yozishning texnologiyasi asosini tashkil etadi, nishonlar hosil qilinishi uchun esa diskni formatlash talab etiladi. Disk formatlanganda konsentrik aylanalar ko‘rinishidagi yo‘llarga ajratiladi hamda yo‘llar sektorlarga bo‘linadi. Axborot disk sektorlarining yo‘llari bo‘ylab yoziladi. Sektor va yo‘llar o‘z tartib raqamlariga egadir. Diskning har bir sektorida identifikatsiya qilish uchun adres maydoni deb ataladigan joy ajratiladi, qolgan joylariga esa ma’lumotlar yoziladi. Bu qurilma changdan, namlikdan va boshqa tashqi ta’sirlardan juda yaxshi himoyalanganligi sababli, boshqa disklarga nisbatan yozishning yuqori zichligiga erishiladi. Hozirgi kunda qattiq disklarning gigabayt va terabayt o‘lchov birlikli sig‘imdagi turlari ishlab chiqarilmoqda.
 
<gallery>
Example.jpg|Izoh1
Example.jpg|Izoh2
</gallery>
== Adabiyotlar ==
B. Boltayev, A. Azamatov, A. Asqarov, M. Sodiqov, G. Azamatovalar Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 8-sinfi uchun darslik Ikkinchi nashri;