Neft: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Matn qo‘shdim
Teglar: Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
Matn qo‘shdim.
Teglar: Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
Qator 58:
1984- yil to’rtinchi navbati ishga tushirildi va umumiy quvvat yiliga 25 mlrd. m3
ni tashkil etdi.Hozirgi vaqtda umumiy quvvat yiliga 30 mlrd. m3 ni tashkil etadi.
Respublikamizda neft kimyosi va organik sintez moddalar olishni
ko’paytirish maqsadida 17- fevral 1998- yil “O’zbekneftegaz” va “ABB
Lummus Global”(AQSh), “ABB Soimi”(Italiya), “Nisho Ivai”, “Toyo
injiniring”(Yaponiya) kompaniyalari o’rtasida gaz kimyo majmuasini
loyihalash, qurilmalarni yetkazish, o’rnatish va ishga tushirish bo’yicha
shartnoma imzolandi. 2001 yil oxirida Sho’rtan gaz kimyo majmuasi ishga
tushirildi va 2002- yil 15- avgustidan birinchi o’zbek polietileni chiqarildi. Gaz
kimyo majmuasi umumiy quvvati yiliga 4,2 mlrd. m3
tabiiy gazni qayta
ishlashga mo’ljallangan bo’lib, quydagi mahsulotlar olinadi:
- donador polietilen ( 125 ming.tonn.);
- suyultirilgan gaz ( 137 ming.tonn.);
- gazkondensati ( 103 ming.tonn.);
- donador oltingugurt ( 4 ming.tonn.).
Sho’rtan gaz kimyo majmuasida ishlab chiqarilayotgan barcha polietilen
mahsulotlari ekologik va gigienik sertifikatlarga egadir. Zavod mahsulotlariga
2005- yil Xalqaro ISO-9001 sifat sertifikati berildi.
Hozirgi vaqtda Sho’rtan GKM mahsulotlarining 70% eksportga
chiqarilmoqda. Ya`ni Ovropa mamlakatlari (Italiya, Gollandiya, Polsha,
Vengriya, Turkiya), Osiyo (Eron, Pokiston, Xitoy), MDH davlatlari(Rossiya,
Ukraina, Ozarbayjon, Qirg’iziston, Tojikiston) ga eksport qilinmoqda.
Respublikamizda yoqilgi energiyasiga bo’lgan talabni to’la qondirishda
“O’zbekneftegaz” Milliy holding kompaniyasi asosiy o’rin tutadi. Kompaniya
154 korxona va tashkilotni o’z ichiga olib, ulardan 87 tasi aksionerlik hamda 67
tasi davlat korxonalaridir. “O’zbekneftegaz” tizimida 8 ta yirik kompaniya
faoliyat yuritadi: “O’zgeoneftgaz qazib chiqarish”, “O’zneftgazburg’alash”,
“O’zgaznaqliyo”, “O’zneftni qayta ishlash”, “O’zneftmahsulot”,
“O’zneftgazqurilish” va boshqalari neft va gaz sanoatida muhim rol o’ynovchi
kompaniyalardir, ya`ni “O’zneftgazmash”, “O’zneftgazhimoyata`minot”,
“O’zneftegazaloqa”, “O’ztashqineftegaz”.
Hozirda Respublikamizda jahon sifat andozalariga mos keluvchi tayyor
neft mahsulotlarini tashqi bozorga chiqarilyapti.
 
== Adabiyot ==