Aleksey Kozlovskiy: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Qator 30:
Kozlovskiy 1938-41-yillarda Oʻzbek davlat musiqali (keyinchalik Oʻzbek opera va balet) teatrida dirijyorlik qilgan. 1949—63-yillarda [[Oʻzbek davlat filarmoniyasi]] [[Oʻzbekiston milliy simfonik orkestri|simfonik orkestrining]] badiiy rahbari va bosh dirijyori lavozimida ishlagan. 1943-yildan (ayrim manbalarda 1944-yildan) [[Toshkent konservatoriyasi]]da oʻqituvchilik qila boshlagan. 1957-yildan konservatoriyada kompozitsiya va dirijyorlik professori. 1949—54- va 1962—72-yillarda kompozitsiya kafedrasi, 1972-79-yillarda esa instrumentovka kafedrasi mudiri boʻlib ishlagan.
 
Kozlovskiy [[Halima Nosirova]] ijrosida xalq ashulalaridan „Figʻon“, „Gul yuz oʻzra“, „Oʻzgancha“ va „Tanavor“ni yozib olib, ularni ayni shu xonanda ovozi va simfonik orkestr uchun „nihoyatda yuqori badiiy saviyada“ qayta ishlagan.<ref name="OʻzME"/> „Ulugʻbek“ operasi (1942, yangi tahriri — 1958), „Tanavor“ baleti (1971), „Davron ota“ (T. Sodiqov bilan, 1941), „Sherali“ ([[Sergey Vasilenko]], va [[Muxtor Ashrafiy]] bilan, 1942) musiqali dramalari, „Lola“ simfonik syuitasi (1937), vokal-simfonik, kamer-cholgʻu asarlar, oʻzbek xalq cholgʻulari uchun asarlar, qator spektakllarga, „Tohir va Zuhra“ (1945), „Nasriddinning sarguzashtlari“ (1946) badiiy filmlariga musiqalar yozgan.
 
[[Ikkinchi jahon urushi]] yillarida Kozlovskiy Moskva va Leningraddan evakuatsiya qilingan koʻplab rassom va musiqachilar, shu jumladan [[Faina Ranevskaya]], [[Maksimilian Shteinber]] bilan doʻstlashgan. Kozlovskiy, shuningdek, Toshkentda [[Anna Axmatova]] bilan tanishgan, u bilan umirining oxirigacha ijodiy va doʻstona aloqada boʻlgan. Bastakor Axmatova sheʼrlariga bir nechta [[romans]] yozgan. Axmatova esa Kozlovskiyga „Oy chiqishi“ ({{lang-ru|Явление луны}}) sheʼrini (1944) bagʻishlagan.
 
Kozlovskiy 1977-yil 3-yanvarda 71 yoshda vafot etdi. Toshkentdagi Botkin qabristoniga qoʻyilgan. Kozlovskiyning arxivi Moskvadagi [[Rossiya milliy musiqa muzeyi]]ga topshirilgan.
 
Kozlovskiy turmish oʻrtogʻi [[Galina Kozlovskaya]] bilan ijodiy hamkorlik qilgan. Kozlovskiylarning farzandi boʻlmagan. Kozlovskaya 1990-yil — vafotidan bir yil oldin turmush oʻrtogʻi hayoti haqida „Bir ajoyib hayotning kunlari va yillari: bastakor Aleksey Kozlovskiy xotiralari“ ({{lang-ru|Дни и годы одной прекрасной жизни: Воспоминания о композиторе Алексее Козловском}}) memuarini yozib tugatgan.<ref name="Levin"/> Asar 2015-yil „Shahrizoda:. Ming bir xotira“ ({{lang-ru|Шахерезада. Тысяча и одно воспоминание}}) nomi bilan [[Moskva]]daMoskvada nashr etildi.
 
== Asarlari ==
Qator 51:
=== Musiqiy dramalar ===
* „Davron ota“ ({{lang-ru|Даврон ата}}) (T. Sodiqov bilan, Toshkent, 1941);
* „Sherali“ ({{lang-ru|Шерали}}) ([[Sergey Vasilenko]], va [[Muxtor Ashrafiy[[]] bilan, Toshkent, 1942);
 
=== Baletlar ===
Qator 60:
* „Qizil kazaklar“ ({{lang-ru|Красные казаки}}) (1939);
* „Vatan himoyasiga“ ({{lang-ru|На защиту Родины}}) (soʻzini oʻzi yozgan, 1941);
* „Jaloliddin“ [[oratoriya]] „Jaloliddin“si ({{lang-ru|Джелал-Эддин}}) ([[Chustiy]] sheʼri, [[Boris Arapov]] bilan birga, 1944);
* „Oqillarga nasihat“ [[kantata]] „Oqillarga nasihat“si ({{lang-ru|Наставление мудрым}}) ([[Alisher Navoiy]] sheʼri, 1948);
* „Tanovar“ ({{lang-ru|Тановар}}), „“ ({{lang-ru|Фугон}}), „“ ({{lang-ru|Узганча}}), „“ ({{lang-ru|Гюльюз узра}}) (1938);
* „Tekenolish“ ({{lang-ru|Текенолиш}}) (1956);