Tunnel: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
→‎top: {{no iwiki}} andozasi oʻchirildi
Tahrir izohi yoʻq
Qator 1:
[[File:Penchala Tunnel.jpg|thumb|Tunnel]]
 
'''Tunnel''', tonnel (ing . tunnel — quvur) — transport yurishi, suv utishi, kommunikatsiyalar joylashishi va boshqa maqsadlarga moʻljallangan, yotiq yoki qiya joylashgan yer osti yoki suv osti sunʼiy inshooti. Uzunligi koʻndalang oʻlchovlaridan birmuncha katta boʻladi. Vazifasi, yer yuzasiga nisbatan joylashishi, chuqurligi va qurish usullari boʻyicha turlarga boʻlinadi. Vazifasi boʻyicha — aloqa yoʻllaridagi (metropoliten, t.y., avtoyoʻl, piyodalar oʻtish joylari va boshqalar), gidrotexnik, kommunal, konchilik sanoati, maxsus maqsadlarda qurilgan (mudofaa inshootlari, yer osti elektr styalari va boshqalar); yer yuzasiga nisbatan joylashishi boʻyicha — togʻ osti, suv osti va tekislikdagi; joylashish chuqurligi boʻyicha — sayoz va chuqur joylashgan; qurish usullari boʻyicha — ochiq, yopiq va maxsus usullarda quriladigan T.lar mavjud. T.larning koʻndalang kesimi doyra, tuxumsimon va toʻgʻri toʻrtburchak shaklda boʻlishi mumkin. T. qazish ishlari yer yoki tog katlamining gidrogeologik sharoitiga qarab turlicha usulda amalga oshiriladi.