Qohira: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
kTahrir izohi yoʻq
Tahrir izohi yoʻq
Qator 35:
}}<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn boshi -->
 
'''Qohira''' (arabcha: القاهرة‎) — [[Misr]] poytaxti, qadimiy shahar. Afrikada eng katta shahar. Nil daryosi del-tasidan janubida, asosan, daryoning oʻng sohilida joylashgan. Maʼmuriy jihatdan Qohira muhofazasini tashkil etadi. Aholisi 16 mln. kishidan ziyod (2000, shahar atrofi bilan). Iqlimi Oʻrta dengiz boʻyiga xos, oʻrtacha temperatura yanvarda 12°, iyulda 27°. Yillik yogʻin 34&nbsp;mm, aprel – may oylarida 50 kungacha issiq quruq shamol – xamsin esadi.
 
Qohira – xalqaro havo, mamlakatning temir yoʻl, avtomobil va daryo yoʻllarining yirik chorrahasi. Qohira va uning atrofida mamlakat sanoat korxonalarining 1/4 qismi, fabrika va zavod ishchilarining 1/3 qismi toʻplangan. Mashinasozlik (shu jumladan, transport mashinasozligi) va metallsozlik, toʻqimachilik, kimyo, sement va oziq-ovqat sanoatlari rivojlangan. Shahar yaqinida yirik qora metallurgiya markazi bor. Qohira – yirik savdo-moliya, arab dunyosining muhim noshirlik faoliyati markazlaridan. Qohirada badiiy hunarmandchilik qadimdan rivojlangan: teri, yogʻochdan turli-tuman badiiy buyumlar tayyorlanadi. Shaharda Misr muzeyi, islom sanʼati muzeyi, badiiy muzeylar, Akademiya, universitet, Misr instituti va boshqa oliy oʻquv yurtlari va ilmiy tadqiqot muassasalari (choʻl, tro-pik tibbiyot, qishloq xoʻjaligi institutlari), kutubxonalar, teatrlar bor.