Namoz — versiyalar orasidagi farq

xulosa tahrirlanmadi
 
{{Islom}}
[[File:Taipei Grand Mosque - Tarawih.JPG|thumb|Namoz]]
 
'''Namoz''' (fors.) — islom koʻrsatmalari boʻyicha bajariladigan maxsus ibodat turi; islomdagi 5 [[rukn]]dan biri. N. musulmonlarga [[meʼroj]] kechasi (qarang [[Isro va meʼroj]]) [[farz]] qilingan birinchi ibodatdir. Bir kecha-kunduzda 5 mahal (bomdod, peshin, asr, shom, xufton) N. oʻqish farz hisoblanadi. N. oʻqish „Allohu akbar“ deb takbir aytish bilan boshlanib, sano, [[Qurʼon]] [[oyat]]laridan tilovat qilishda [[duo]]lar oʻqish, [[rukuʼ]], [[sajda]], tiz choʻkib oʻtirish, [[salom]] berishlarni oʻz ichiga oladi. N.ning bir necha turlari mavjud. Mas, farz, [[vojib]], [[sunnat]], [[nafl]], ishroq, [[tahajjud]], [[qazo]], shukri vuzu, [[janoza]] va boshqa qoʻshimcha N.lar borki, ularni ado etish [[musulmon]] kishining ixtiyoriy [[ibodat]]i sanaladi. Farz, vojib, sunnat N.lari esa ado etilishi sharʼan talab etiluvchi N.lar sirasiga kiradi.
 
56

ta tahrir