Boshqirdlar: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k qisqartmalarni toʻliqlash (via JWB)
Tahrir izohi yoʻq
Qator 21:
 
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn boshi -->
'''Boshqirdlar''' (oʻzlarini bashkort deb ataydilar) — Rossiya Federatsiyasidagi turkiy xalq. Boshqirdistonning asosiy aholisi (864 ming). Rossiya Federatsiyasida jami 1,35 mln. ([[1992]]). Markaziy Osiyo respublikalarida ham yashaydilar. Yevropeoid irqiga mansub. B.ning ajdodlari Ural togʻining janubiy rayonlarida qad. davrdan yashab kelgan. 4-asrda hunnlarning katta bir qismi hozirgi Boshqirdistonning janubiy rayonlariga oʻrnashib, yerlik xalqlar bilan aralashib ketgan. 8— 10alarda Volga va Ural daryolari oraligʻida yashagan bir qancha urugʻqabilalar (buzan, tangaur, usergan va boshqalar) ham keyinchalik B. tarkibiga kirgan. 9—15-asrlar mobaynida qipchoqlar, Volga bulgʻorlari, majorlar va noʻtylarttt bir qismi Boshqirdiston yerlariga oʻrnashib, B. bilan aralashib ketgan. B.ning elat boʻlib shakllanish jarayoni 16-asrda tugaydi. 16—19-asrlarda Boshqirdistonning gʻarbiy rayonlariga Volga boʻylaridan Kozon tatarlari, misharlarning katta bir qismi va qisman marilar, udmurdlar kelib yerlik B. bilan aralashib, ularga singib ketgan. B. oʻtmishda chorvachilik (yilqichilik, qoʻychilik) va dehqonchilik bilan shugʻullangan. Boshkird tilida gaplashadi. B. islom dinining sunniy mazhabiga eʼtiqod qiladilar.<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn oxiri -->