Tibbiyot: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
qisqartmalarni toʻliqlash (p1, v0.5)
kTahrir izohi yoʻq
Qator 27:
Abdulgʻozixon ibn Arab Muhammadxon Xorazmiy (1603 — 1664) muhim tibbiy asarlari, jumladan, eski oʻzbek tilida yozilgan "Manofiʼ alinson" ("Inson uchun foydali dorilar") nomli asari bilan mashhur.
 
18-asr ningasrning 2yarmi va 19-asrning 1yarmida Xorazmda yashab ijod etgan oʻzbek tabibi Jaʼfarxuja ibn Nasruddinxoʻja alHusayniy alKarukiy Hazoraspiyning oʻzbek tilida yozilgan "Multaqiy attib" ("Tibbiy maʼlumotlar toʻplami") asari (1823) 67 bobdan iborat boʻlib, unda asosan, kishi aʼzolarining har xil kasalliklari va ularni dorilar bilan davolash usullari bayon kilingan.
 
Mashhur oʻzbek tabibi Mahmud Hakim Yayfoniy Hoʻqandiy (1851 yilda tugʻilgan) umrining koʻp qismini tabobatni oʻrganishga va kishilar sogʻligʻini saqlashga sarfladi. U oʻz davrigacha boʻlgan sharq tabobati qoʻlga kiritgan yutuqlarni jamlab hamda shaxsiy tibbiy tajribalari bilan boyitgan qolda "Qonun aliloj" ("Davolash krnuni") va "Tariq aliloj" ("Davolash usuli") kitoblarini yozib krldirgan. Ularning ikkinchisida oʻpka, yurak, sut bezi, meʼda, jigar, ichak, buyrak, qovuq va isitma kasalliklari, shishlar, toshmalar, moʻy va tirnoqqa oid xastaliklar, jarohat va yaralar; suyaklarning sinishi, zaharlar, zaharli hayvonlar chaqqanida davolash va baʼzi ruscha nomdagi dorilar keltirilgan.
Qator 35:
Oʻrta Osiyoda qadimdan dorivor oʻsimliklar va ovqatli moddalarning xususiyatlari, ularning kishi organizmiga yetkazadigan foyda va zararlari oʻrganilgan. Natijada xalq qoʻlida astasekin T.ga oid koʻpgina maʼlumotlar yigʻilib borgan. Ular esa keyinchalik tibbiy asarlar yaratishda muqim manbalardan biri boʻlgan.
 
Yevropada Uygʻonish davrida T.Tibbiyot yangidan ravnaq topdi. 16-asrda koʻpgina fanlar, ayniqsa, T.Tibbiyot, fizika va kimyoning rivojlanishi kasalliklarni davolash, sababini bilishda bu fanlarning qonunlaridan foydalanish imkonini berdi. Xirurgiyada, ayniqsa, jarohatlarni davolashda yangi usullar joriy qilindi. Anatomiyaning asoschisi A. Vezaliy murdani yorib tekshirish bilan odam organizmining tuzilishi va organlar faoliyatini ilmiy jihatdan aniq asoslab berdi. Ingliz vrachi V. Garvey qon aylanish sistemasi haqida asar yaratib, T.daTibbiyotda yangi boʻlim — fiziologiyaga poydevor qoʻydi. Fizikaning taraqqiyoti natijasida bu davrda mikroskop kashf etiddi va undan T.daTibbiyotda foydalanila boshlandi. Gollandiyalik olim Antoni Levenguk tomonidan mikroskopiyaning rivojlantirilishi mikrobiologiya sohasining shakllanishiga sabab boʻldi.
 
17—18-asrlarda sanoatning rivojlanishi natijasida kasb kasalliklari haqidagi soha vujudga keldi. Bunday kasalliklar sababini dastlab rossiyalik olimlar oʻrganib, T.ga yangi — kasb kasalliklari hamda mex.nat gigiyenasi boʻlimlarini kiritdilar. Keyinchalik tabiiy fanlar va texnika soqasidagi tadqiqotlar doirasi yanada kengaydi. Tabiiy fanlarning yutuklari T. taraqqiyotiga ijobiy taʼsir koʻrsatdi, bemorni obʼyektiv tekshirish usullari (palpatsiya, perkussiya va boshqalar) va lab. diagnostika asoslari ishlab chiqildi. Klinik tekshiruv natijalarini, murdani yorib tekshirishda olingan maʼlumotlar bilan taqqoslash usuli (A.I. Polunin, N. I. Pirogov va nemis olimi R. Virxov va boshqalar) kasallik belgilari organ va toʻqima hamda hujayralarning tuzilishidagi oʻzgarishlarga bogʻliq ekanligini isbotlashga imkon berdi, bu tadqiqotlar natijasida keyinchalik T.ningTibbiyotning yana bir yangi boʻlimi — patologik anatomiya va gistologiya sohalari vujudga keldi.
 
Energiyaning saklanish va oʻzgarish qonunlari kashf etilishi, organik moddalarning tuzilishi, oʻzgarish va almashinuv yoʻllarini oʻrgana borish biol. va T.ning taraqqiyotida muhim bosqich boʻldi, fiziologik hodisalarni tushuntirib bergan ilmiy yoʻnalish oʻsha qonunlarga asoslandi.
 
19-asrning 2yarmida2 yarmida mikrobiologiya sohasida bir qancha yangiliklar yaratildi. Epidemik kasalliklardan vabo, oʻlatnit qoʻzgʻatuvchilari va kasallik epidemiologiyasi oʻrganildi, chechak mikrobi aniklandi va unga karshi vaksina tayyorlandi (E. Jenner). Mahoratli vrachlar yordamida butun dunyoda chechakka qarshi emlash rasm boʻldi. Yuqumli kasalliklar sababi turli mikroblar ekanligini L. Paster asoslab berdi va bu kashfiyot asosida kishilarni kuydirgi, quturish kabi yuqumli kasalliklarga karshi emlab, ularning oldini olish usullarini ishlab chiqish imkoniyati tugʻildi. Shu davrda Yevropada bezgak, toshmali terlama (toshmali tif), qaytalama terlama va boshqa yuqumli kasalliklarni qoʻzgʻatuvchi mikroblar topildi. I.I. Mechnikov immunitet haqidagi taʼlimotni yaratdi. Mikrobiologik kashfiyotlar asosida gigiyena fani shakllandi va yuksala bordi. Oʻsha davrda Rossiya va boshqa davlatlarda tashqi muhitning — havo, suv va tuproqning inson organizmiga, shuningdek, ijtimoiy omillar — mexnat, turmush tarzi va ovqatlanish sharoitlarining ishchilar sogʻligʻiga taʼsirini oʻrganish tufayli ijtimoiy gigiyena muammosi ilmiy asoslab berildi.
 
19-asrning soʻnggi choragida shakllangan biokimyo fani sogʻlom organizmda va patologik holatlarda moddalar almashinuvini oʻrganish, uning oʻzgarishini tekshirish natijasida kasalliklarni aniklash bilan fiziologiya va patofiziologiyani boyitdi va T.ga yangi, yuqori informativ va bajarilishi osonroq lab. usullarini kiritdi. Orqa miya nervlaridagi sezuvchi va harakatlantiruvchi tolalar oʻrganildi, bu esa organizmda nerv sistemasi faoliyatining ahamiyatini aniqlashga imkon berdi, qon va limfa tarkibi, bezlarning tuzilishi va funksiyalari oʻrganildi. Rus olimlari S. P. Botkin, I.M. Sechenov, I.P. Pavlov tadqiqotlari tufayli markaziy nerv sistemasi va butun organizmning faoliyat krnunlari materialistik nuktai nazardan taʼriflab berildi.
Qator 47:
Umuman bu davrda eksperimental T. tobora rivojlanib bordi, fransuz olimi K. Bernar va rus patofiziologi V.V. Pashutinning bu borada olib borgan ilmiy ishlari umumiy patologiya (keyinchalik A. A. Bogomolets va S.S. Xalatov asoslagan patologik fiziologiya)ning fan sifatida shakllanishida muhim ahamiyat kasb etdi. Anatomiya va topografik anatomiyalarni chuqur oʻrganish xirurgiyada operatsiyalarning muvaffakiyatini taʼminladi.
 
20-asrda T. daTibbiyotda misli koʻrilmagan yutuqlarga erishildi. Nemis olimi V.K. Rentgen iksnurlarni kashf etdi va T.da rentgenologiyaga asos soldi. Tabiiy radioaktivlikning kashf etilishi, yadro fizikasi sogʻasidagi tadqiqotlar ionlovchi nurlarning tirik organizmga taʼsirini oʻrganuvchi radiobiologiya fanini yuzaga keltirdi. Bu sohadagi keyingi izlanishlar davolash va diagnostika maqsadida radioaktiv izotoplardan, nishonlangan atomlardan foydalanish imkonini berdi. T.Tibbiyot texnikasi ham tez rivojlandi. T.gaTibbiyotga elektronika yutuklarining tatbiq etilishi natijasida organizmdagi turli organ va sistemalar faoliyatini aniq belgilab beradigan usullar, sunʼiy yurak, sunʼiy buyrak va h.k. ixtiro qilindi. Elektron mikroskop endilikda hujayradagi eng murakkab va nozik oʻzgarishlarni, mayda mikroblarni aniqlashda zarur qurol boʻlib qoldi. T. kibernetikasi yordamida zamonaviy, ixcham va qulay protezlar yaratildi, shuningdek, operatsiya vaqtida bemorning nafas olishi va arterial bosimini meʼyorida saklab turadigan turli avtomatik sistemalar ishlab chiqildi, texnika taraqqiyoti, oʻz navbatida, T.ga yangi sohalar (aviatsiya tibbiyoti, kosmik tibbiyot)ni kiritdi. Irsiyat va organizmning oʻzgaruvchanlik qonuniyatini oʻrganadigan genetika fani T.ning rivojiga katta taʼsir koʻrsatdi. Irsiy kasalliklarni oʻrganish tibbiyot genetikasining paydo boʻlishiga olib keldi. Immunologiyaning rivojlanishi immunologik oʻzgarishlar oqibatida kelib chiqadigan kasalliklarni oʻrganadigan immunopatologiyaga asos boʻldi. K. Landshteynerning izogemagglyutinatsiya qonuni (1900— 01), Ya. Yanskiy tomonidan odam qoni tarkibi jihatidan 4 guruhga boʻlinishi kashf etilishi (1907) T. amaliyotida qon quyishdan keng foydalanishga imkon berdi. Bu davrda T.gaTibbiyotga Pirkening sil kasalligini anikdaydigan allergik reaksiyasi (qarang [[Pirke reaksiyasi]]) va allergiya termini kiritildi. 1939—40 yillarda mikroorganizmlarga qarshi kurashning kuchli vositalaridan boʻlgan antibiotiklar ixtiro qilindi va amalda qoʻllanila boshladi. Vitaminlar haqidagi taʼlimot ham rivoj topdi. Ichki sekretsiya bezlarining tuzilishi va funksiyasini oʻrganish tufayli endokrinologiya mustaqil fanga aylandi, u rivojlanib, gormonoterapiya va gormonal regulyatsiya masalalarini xam oʻrganishga kirishildi. Kimyoterapiya, gormonoterapiya va markaziy nerv sistemasiga taʼsir etadigan preparatlarning qoʻllanilishi va turli sintetik preparatlarni olish usullarining kengayishi klinik T.niTibbiyotni tubdan oʻzgartirdi. Bu davrda yangi tibbiy jihozlar, jumladan, elektron apparatlar yordamida yurak faoliyatini klinik va eksperimental tekshirishlar amaliyotda keng qoʻllanishi natijasida kardiologiya sohasi ichki kasalliklar klinikasidan mustaqil fan sifatida ajralib chikdi. Miokard infarkti, qon ivishi, ateroskleroz va boshqa klinikasi taʼriflab berildi. Endilikda kardiologiya muammolarini terapevtlargina emas, balki xirurglar, fiziologlar, biokimyogarlar va boshqa xam oʻrganmoqdalar. Qon sistemasini oʻrganadigan fan — gematologiya xam rivojlandi. Urush xarakatlari chogʻida harbiy dala xirurgiyasi yuzaga keldi. Travmatizmning oʻsishi tufayli travmatologiya va ortopediya shakllandi. V.P. Fshshtovnnng plastik xirurgiya sohasidagi ishlari jahon T.ida yuksak baholandi, Amerikalik olim X.U. Kushing , rus olimlari A.L. Polenov, N.N. Burdenko va boshqa ning ishlari neyroxirurgiyaning shakllanishiga imkon berdi. Siydiktanosil aʼzolari kasalliklarini xirurgik usulda davolash yoʻlga qoʻyilishi tufayli urologiya sohasi qaror topdi. Narkoz berish usuli takomillashtiriddi. Rus xirurgi A. V. Vishnevskiy novokain eritmasi bilan mahalliy ogʻriqsizlantirish usulini ishlab chikdi (1923—30). Zamonaviy narkoz berish usuli va antibakterial terapiya yurak va oʻpka xirurgiyasining rivojlanishiga yoʻl ochdi, sunʼiy qon aylanish apparati va h.k. kashf etildi. Kardioxirurgiya xam yangi odimlar tashladi: tugʻma va revmatik yurak poroklari xirurgik yoʻl bilan davolana boshlandi. Yurak transplantologiyasiga asos solindi (Jan. Afrika xirurgi K. Barnard, 1967).
 
20-asr boshlarida oʻsmalar haqidagi fan — onkologiya shakllandi. Keyingi tadqiqotlarda oʻsmalarning , chunonchi rakning virusli va kanserogen shakl nazariyalari yuzaga keldi. Mikrobiologiya tez surʼatlar bilan rivojlandi: silga qarshi vaksina tayyorlandi (1921, A. Kalmet va Sh. Geren). Keyingi izlanishlar natijasida poliomiyelit, difteriya va boshqa infeksion kasalliklarni bartaraf qiladigan vaksina, zardoblar ixtiro qilindi; rikketsioz, leptospirozlar haqidagi taʼlimot ishlab chikidsi. D. I. Ivanovskiyning filtrlanuvchi viruslarni ixtiro qilishi (1892) va Niderlandiya botanigi M. Beyerinkning keyingi tadkiqotlari virusologiyaning mustaqil fan sifatida shakllanishiga olib keldi.
Qator 57:
Xavfli oʻsmalarning paydo boʻlish sabablarini aniqlash va davolash T.ning eng dolzarb masalasidir. Kimyoviy kanserogen moddalar va nurlanishning taʼsirini kamaytirish, oʻsmalar paydo qiladigan viruslarni topish va organizmning himoya mexanizmlarini oʻrganish muhim masalalardandir. Bu borada Oʻzbekiston Onkologiya markazi ham faol ish olib bormoqda.
 
Zamonaviy T.ningTibbiyotning dolzarb masalalaridan yana biri asab va ruhiy oʻzgarishlarni oʻrganishdir, chunki bir qator mamlakatlarda bunga sogʻliqni saqlashning birinchi masalasi deb qarashmoqda.
 
Tashqi muhitni muhofaza qilish va sogʻlomlashtirish juda muhim ijtimoiy va siyosiy ahamiyatga ega. Suv, havo, tuproqning ifloslanishi va biosferada ekologik muvozanatning buzilishi kishilar sogʻligʻiga salbiy taʼsir koʻrsatmoqda. Ichimlik suv va tuproqning sanoat chiqindilari bilan ifloslanishining oldini olish oʻta dolzarb masaladir. Tashqi muhitni sogʻlomlashtirish, tabiatni muhofaza qilish uchun kurash xalqaro ahamiyatga molik boʻlib qoldi. Bu sohada keyingi yillarda respublikada shifokorlar, ayniqsa gigiyenist olimlar va maxsus i.t. institutlari jamoalari koʻpgina arzigulik ishlar qilishdi. Hozirgi zamon T.iTibbiyoti oldida turgan eng muhim masalalardan yana biri vrach bilan bemor oʻrtasidagi munosabatlarning (qarang [[Tibbiyot deontologiyasi]]) samaradorligiga erishishdir. Organ va toʻqimalarni koʻchirib oʻtqazishdagi donorlik, toʻqimalar moye kelmasligini bartaraf qilish va ushbu muammoga bogʻliq bir qancha masalalar, mas., oʻzak hujayralardan davolash maqsadida foydalanish T.da muhim oʻrin tutmoqda.
 
Oʻzbekistonda tibbiyotning rivojlanishi. Toshkentda Turkiston unti taʼsis etilishi va uning tarkibida tibbiyot ftining ochilishi Oʻzbekistonda T.ningTibbiyotning rivojlanishidagi mugʻim sanadir. Bu ft keyin (1931 y.yil) Toshkent tibbiyot intiga aylantirildi.
 
1918 yilda Toshkentda mikrobiologiya lab. (keyinchalik Epidemiologiya va mikrobiologiya i.t. instituta hamda vaksina va qon zardoblari i.t. institutlari), 1919 yilda N.A. Semashko nomidagi fizioterapiya instituti (hozirgi Tibbiy tiklanish va fizioterapiya instituti), 1924 yilda Buxoroda Tibbiyot parazitologiyasi va bezgak instituti (keyinchalik Samarqandga koʻchirilgan) tashkil etildi. T. xodimlarining kompleks ravishda olib borgan ishlari tufayli bezgak va rishta kabi kasalliklar tugatildi. Bunda olimlarimizdan L.M. Isayev, A.A. Askarov, T.X. Najmiddinov, I.K,.Musaboyev, G.N. Terexov va boshqalarning hissasi katta boʻldi.
Qator 73:
Oʻzbekistonda xirurgiya maktabining rivojlanishiga S.A. Masumov, H.Gʻ. Gʻofurov, V.V. Vohidov, Oʻ.O. Oripov, SM. Aʼzamxoʻjayev, M.A. Ashrapova, P.M. Nurmuhamedov, Sh.I. Karimov va boshqa katta hissa qoʻshishdi. Umumiy xirurgiya bilan bir qatorda uning tarmoqdari: neyroxirurgiya, ortopediya va travmatologiya (N.M. Shomatov, O.Sh. Shokirov, M.H. Qoriyev, Sh.Sh. Hamrayev va boshqalar), urologiya (O.M. Muxtorov va boshqalar), bolalar xirurgiyasi (K.X. Tohirov, A.S. Sulaymonov); bolalar yuqumli kasalliklari (Sh.H. Xoʻjayev, O.S. Maxmudov, T.O. Daminov) boʻyicha ham oʻtkazilgan ilmiy izlanishlar yaxshi samaralar berdi. Respublikada otorinolaringologiya fani Q.J. Mirazizov va boshqa tomonidan ancha taraqqiy ettirildi. Koʻz kasalliklarini aniklash va davolash masalalari (M.K. Komilov), nafas organlarining profilaktikasi, tashhisi va davo usullariga taallukli yangiliklar qoʻlga kiritildi (A. M. Ubaydullayev, N. H. PTomirzayev). Gematologiya va qon quyish soqalarida kamqonliklarni barvaqt aniklash, samarali davolashda, komponent gemoterapiyani joriy etish buyicha ham muhim i.t. ishlari oʻtkazildi (X.A. Hakimov, S.M. Baxromov va boshqalar). Nafas, hazm va yuraktomir sistemasi kasalliklarini rentgenologik metod bilan aniqlash masalalari yoritib beriddi (J.M. Abdurasulov, J.N. Mahsumov, A. R. Mansurov, Sh. Mirgʻaniyev). Nerv sistemasining infeksion va tomir kasalliklariga oid tadqiqotlar oʻtkaziddi (A.R. Rahimjonov, X.Q. Salohiddinov. N.M. Majidov). Psixiatrlar pellagra va quturish kasalliklarida psixikaning buzilishini, shuningdek, psixozlarni davolash masalalarini oʻrganishdi (X. Olimov). Revmatizm va podagra kasalliklarining qay tarzda kechishi, bularning oldini olish, davolash (R.A. Qoraboyeva, T.S. Soliyev) joriy etiddi. Dermatovenerologlarning samarali ishlari yumshoq shankrni tugatish, zaxm, dermatomikozlar bilan kasallanishni kamaytirishga imkon berdi (A.A. Akovbyan, U. M. Mirahmedov, R.A. Kapkayev). Kurortologlar mahalliy kurort resurslarini oʻrganishdi.
 
Respublikamizda farmakologiya fanining tezlik bilan rivojlanishi natijasida 40 dan ziyod yangi dorilar yaratildi va tibbiyot amaliyotiga tadbiq etiddi (I.K. Komilov, Oʻ.B. Zokirov va b .). T.ningTibbiyotning asosiy tarmoqdaridan biri — tashqi muhitni oʻrganish, aholi yashaydigan joylarni sogʻlomlashtirish, sanitariyagigiyena sharoitini yaxshilash, shaxsiy va ovqatlanish gigiyenasi sohasida ham koʻp ishlar qilindi ( A3. Zohidov, Gʻ.M.Maqkamov, B.X. Maʼzumov, T.I. Iskanderov).
 
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saklash vazirligi tizimida koʻplab ilmiy tadqiqot intlari, tibbiyot oliy oʻquv yurtlari, jumladan, Toshkenpg farmatsevtika instituti va Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti bor, ularda 3000 ga yaqin ilmiy xodim, shu jumladan, 2000 fan nomzodi va 250 dan ziyod fan doktori ishlab turibdi (2004).