Edgar Allan Poe: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k {{DEFAULTSORT:
kTahrir izohi yoʻq
Qator 18:
| Sayt =
}}
'''Edgar Allan Poe''' (''Edgar Allan Po (Roye) ''; 1809.19.1, [[Boston]] — 1849, 7.10, [[Baltimor]]) — [[AQSh|amerikalik]] [[yozuvchi]], shoir va adabiy [[tanqidchi]]. [[Amerika]] [[romantik]] yozuvchisi va adabiy tanqidchisi. [[Simvolizm]] boshlovchisi. Aktyorlar oilasida tug`ilgantugʻilgan. 1815—20 yillarda [[Buyuk Britaniya]]da yashagan. 1825 yil [[Virginiya universiteti]]ga kirgan, West Point harbiy akademiyasi (1830—33)da oʻqigan. Asosan, fojiali, "dahshatli" ("Qora mushuk", 1943 va boshqalar), fantastik ("Voron va boshqa sheʼrlar", 1845) yoki yumoristik novellalar ("Grotesklar va arabeskalar" toʻplami, 1840) klassigi. Po [[detektiv]] adabiyotining asoschilaridan ("Morg koʻchasidagi qotillik", 1841; "Mari Roje siri", 1842; "Tilla qoʻngʻiz", 1843; "Oʻgirlangan maktub", 1845). Uning yetuk lirikasida maxbubasidan judo boʻlgan kishining jafolari mavzui oʻz ifodasini topgan ("Annabel Li", 1849 va boshqalar). Shafqatsizlik, [[sadizm]] Po hikoyalarida inson tabiatidagi hayvoniy hislarning tantanasi tarzida talkin etilgan. Po jamiyat xayoti, kishilar tabiati va ruhiyatidagi yemirilish hollarini tasvirlar ekan, hajviy va ijtimoiy-tanqidiy pafosdan ham samarali foydalangan. "Ijod falsafasi" (1845), "Poetik prinsip" (1850) falsafiy asarlari bilan amerika estetikasi rivojiga munosib hissa qoʻshgan. Poning detektiv hikoya janrida orttirgan tajribalari [[Arthur Conan Doyle]], [[Robert Louis Stevenson]], [[Gilbert Keith Chesterton]] singari yozuvchilar ijodida anʼana sifatida foydalaniladi; sheʼriy ijodi [[fransuz]] va [[rus]] simvolistlariga taʼsir koʻrsatgan. Asarlari [[o`zbekOʻzbek tili|oʻzbek tiliga]]ga tarjima qilingan ("Tilla qoʻngʻiz", 1962).<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
 
== Manbalar ==