Industrial oʻsish: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
kTahrir izohi yoʻq
kTahrir izohi yoʻq
Qator 15:
Ikkinchi jahon urushi yillarida Oʻzbekistonga Rossiyaning gʻarbiy r-nlaridan 100 ga yaqin yirik sanoat korxonalari tuda yoki qisman koʻchirib keltirildi; bular orasida samolyotsozlik, elektr-texnika zavodlari, metallurgiya kombinati va qishloq xoʻjaligi mashinasozlik korxonalari va b. bor edi. 20-asrning 50-yillari boshida Oʻzbekistonda Industrial oʻsish nafaqat ogʻir sanoatning rivoji, balki qishloq xoʻjaligi, yengil va oziq-ovqat sanoatning taraqqiyoti bilan ham chambarchas bogʻliq boʻlgan oʻsishga aylandi. Bu davrda ham sanoatning ayrim sohalari yuzaga keldi, shakllandi va rivojlandi.
 
20-asrning 90-yillariga kelib, ayniqsa mustaqillikning dastlabki yillarida, barcha postsovet davlatlarida boʻlganidek, Oʻzbekistonda ham eski respublikararo xoʻjalik aloqalarining uzilishi, yangilarining hali shakllanib ulgurmaganligi va bozor iktisodiyotiga oʻtish munosabati bilan chuqur tuzilmaviy qayta qurishlarni amalga oshirish zaruriyati tufayli Industrial oʻsishda bir qator qiyinchiliklarga roʻbaroʻ kelindi. Chuqur oʻylangan islohotlar strategiyasi tufayli keyingi yillarda Industrial oʻsishda ancha tez surʼatlarga erishildi. Mac, 1999 yilda sanoat mahsuloti ishlab chiqarish 5,8% ga, 2000 yilda 6,4% ga, 2001 yilda esa 8,1% ga koʻpaydi. Industrial oʻsish tufayli mamlakat energetika, oziq-ovqat boʻyicha mustaqillikka erishdi. Bunday oʻsish 21-asr bo-shiga kelib Oʻzbekistonning jahon iqtisodiyotida munosib oʻrin egalla-shiga imkoniyat yaratdi. Respublika sa-noatida 1645 ta oʻrta va yirik i.ishlab ch.chiqarish birlashmalari va korxonalari ishlaydi (2000).
 
Industrial taraqqiyotning 21-asr boshlariga xos asosiy xususiyati shundan iboratki, rivojlanayotgan mamlakatlarda Industrial oʻsish sanoati taraqqiy etgan davlatlar koʻmagida davlat, yirik banklar, sanoat kompaniyalari ishtirokida investitsiyalar kiritish, texnologiyalar, nou-xauni berish, qoʻshma korxonalar shaklida sanoat majmualarini qurish va b. shakllarda ham amalga oshirilmoqda (qarang [[Ogʻir sanoat]], [[Sanoat]], [[Xalqaro mehnat taqsimoti]], [[Jahon xoʻjaligi]]).