William Herschel: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
kTahrir izohi yoʻq
Gershel Vilyam maqoladan ma'lumotlar
Qator 19:
| signature = William Herschel Signature.svg
}}'''William Herschel''' ({{talaffuz|Frederik Uilyam Hershel}}; 15-noyabr 1738 – 25-avgust 1822) olmon-britan [[astronom]]i, texnik mutaxassisi va [[bastakor]]i boʻlgan. Hanoverda tugʻilgan William 19-yoshida Buyuk Britaniyaga koʻchib ketgan. Herschel [[Uran (sayyora)|Uran sayyorasi]] va uning ikki tabiiy yoʻldoshi — [[Titania]] va [[Oberon]]ni kashf qilgan shaxs sifatida mashhurdir. U shuningdek [[Saturn]] yoʻldoshlari, boshqa osmon jismlari va infraqizil nurlanishni ochgan. Herschel musiqa bilan ham shugʻullangan, u yigirma toʻrtta simfoniya bastalagan.
 
GERSHEL (Herschel) Vilyam (Fridrix Vilgelm) (1738.15.11, Gannover, Germaniya —1882.25.8, Slau, London yaqinida) —ingliz astronomi va optigi. London Qirollik astronomiya jamiyati aʼzosi (1781). 1757 y.da Angliyaga kelib, mashhur kompozitor va musiqa oʻqituvchisi sifatida taniladi.
 
Keyinchalik (36 yoshidan) astronomiyaga qiziqib, yuzlab teleskoplar yasadi. 1781 y. 13 martda Uran sayyorasini kashf qildi va uning ikki yoʻldoshi —Oberon va Titaniyani ochdi, Saturnning ikki yoʻldoshi hamda uning oʻz oʻqi atrofida aylanishini aniqladi. G. 2500 dan ortiq yulduz toʻdalari va tumanliklarini oʻz ichiga olgan jadvalni tuzdi. Teleskoplarni loyihalash va yasashda unga ukasi, isteʼdodli mexanik Aleksandr G., keyinchalik oʻgʻli, mashhur astronom Jon G., astronomik kuzatuvlarda singlisi, astronom ayol Karolina G. koʻmaklashgan.
 
== Adabiyotlar ==
* [[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
 
{{commons|William Herschel}}