Mosul: Versiyalar orasidagi farq

1 bayt olib tashlandi ,  2 yil oldin
k
tahrir izohi yoʻq
kTahrir izohi yoʻq
kTahrir izohi yoʻq
'''Mosul''', al-Mavsil — [[Iroq|Iroqning]] shimoliy qismidagi shahar. Dajla daryosi boʻyida. Naynova muhofazasining maʼ-muriy markazi. Aholisi 670 ming kishi (1990-yillar oʻrtalari). Gʻalla, meva, chorva mollari bilan savdo qilinadigan muhim markaz. Transport yoʻllari tuguni. Toʻqimachilik (muslin gazlamasi ishlab chiqarish), oziq-ovqat, koʻn-poyabzal, metallsozlik, sement sa-noatisanoati korxonalari mavjud. Universitet, tarix va boshqa muzeylar bor. Mosul yaqinidan oltin-gugurt va neft qazib olinadi.
 
Mosul 6-asr da vujudga kelgan. 641 yil uni arablar egallagan. Umaviylar va Abbosiylar davrida Sharqning savdo hamda hunarmandchilik markazi boʻlgan. 10—12-asrlarda turli davlatlar poytaxti. 1095—96 yillar Mosulni Saljuqiylar egallagan. 1261 yilda moʻgʻullar hujumiga uchragan. 14-asrning 2-yarmidan Temuriylar, 1514—1918 yillar Usmonli turk saltanati tarkibida boʻlgan. 1920 yildan Iroq tarkibida.