Vismut: Versiyalar orasidagi farq
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
kTahrir izohi yoʻq |
kTahrir izohi yoʻq |
||
Qator 1:
{{Maʼnolari|Vismut (maʼnolari)}}
'''Vismut''' (nem. Wismut; lot. Bismuthum), Bi —
Vismut nodir elementlardan hisoblanadi. U vismut rudalaridan, mis, qoʻrgʻoshin, qalay rudalarini qayta ishlash jarayonida hosil boʻladigan chiqindilardan pirometallurgik va gidrometallurgik usulda ajratib olinadi. Oʻz birikmalarida -3, +1, +2, +3, +4, +5 ga teng valentliklarini namoyon qiladi. Bi+3 birikmalari koʻproq uchraydi; Bi+5 birikmalari kuchli oksidlovchi. Vismut quruq havoda barqaror, namlik taʼsirida yupqa oksid parda bilan qoplanadi. 500°dan yuqori temperaturada qizdirilsa, Vismut yonib, Bi2O3 hosil qiladi. Vismut vodorod xlorid va sulfat kislotada erimaydi, nitrat kislotada yaxshi eriydi. Kizdirilganda galogenlar, oltingugurt va b. bilan birikadi. Vismutning angidridi Bi2O5 va vodorodning birikishidan hosil boʻluvchi gidridi VSH3 (beqaror zaharli gaz) maʼlum. Vismut oson suyuqlanuvchan qotishmalar komponenti magnit maydoni kuchlanishini oʻlchovchi asbob va yadro reaktorlarida issiqlik tashuvchi sifatida qoʻllaniladi. Vismut preparatlari tibbiyotda qotiruvchi, yuqumsizlantiruvchi va qurituvchi modda sifatida (dermatol, kseroform va b.) ishlatiladi, meʼdaning yara kasalligida va ichakning yalligʻlanish kasalliklarida Vismut gidroksi nitrati ichiriladi, zaxmni davolash uchun bismoverol, biyoxinol va b. muskul orasiga yuboriladi.
|