Volfram: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
→‎Adabiyotlar: {{no iwiki}} andozasi oʻchirildi
kTahrir izohi yoʻq
Qator 1:
'''Volfram''' (lotincha "Wolframium" so'zidan olingan bo'lib, "bo'ri-shlak" degan ma'noni bildiradi, ya'ni volfram birinchi marta kashf qilinganida metall rudalaridagi zararli qo'shimcha deb hisoblangan va kashf etilganidan keyin 100 yil mobaynida volfram umuman ishlatilmagan) - [[Mendeleyev davriy sistemasi|D. I. Mendeleyev davriy sistemasi]]<nowiki/>ning VI guruh elementi; tartib raqami 74, atom massasi 183,84; oq-kumush rangli, qiyin suyuqlanuvchi ogʻir metall. Tabiiy volfram massa soni 180 (0,16%), 182 (26,35%), 183 (14,32%), 184 (30,68%) va 186 (28,49%) boʻlgan beshta barqaror izotop aralashmasidan iborat.
 
1781 yilda shved kimyogari Volfram Volfram Sheele Volframni tungsten minerali (keyinroq esa sheelit) dan volfram angidridi WO, sifatida ajratib olgan. 1783 yilda ispan kimyogarlari aka-uka d’ Elxuyarlar \UO3ni volframit mineralidan va uni uglerod bilan qaytarib, metallning oʻzini olishdi va uni Volfram deb atashdi. Volfram uzok yillar davomida sanoat miqyosida qoʻllanilmay keldi. Tabiatda kam tarqalgan boʻlib, Yer poʻstidagi miqdori ogʻirligi jihatidan 110-4%. Mineral holida asosan volframatlar sifatida uchraydi. Bulardan volframit (Fe, Mn) WO, va sheelit CaWO4 sanoat ahamiyatiga ega.
 
Volfram kub shaklida kristallanadi, zichligi 19,3 g/sm3, suyuqlanish t-rasitemperaturasi 3380+10*, qaynash t-rasitemperaturasi 5900°. 400-500° da W havoda sezilarli darajada WO, gacha oksidlanadi, Suv bugʻlari 600° dan yuqorida uni WQj gacha oksidlaydi. Galogenlar, oltingugurt, uglerod, kremniy va bor Volfram bilan yuqori t-radatemperaturada (ftor esa kukun holatdagi Volfram bilan xona t-rasidatemperaturasida) reaksiyaga kirishadi. Vodorod bilan suyuqlanish t-rasigachatemperaturasigacha reaksiyaga kirishmaydi; azot bilan 1500° dan yuqorida nitrid hosil qiladi. Oddiy sharoitda Volfram xlorid, sulfat, nitrat va ftorid kislotalar hamda zar suvi taʼsiriga chidamli; 100° da ular bilan bir oz reaksiyaga kirishadi; Ftorid va nitrat kislotalar aralashmasida tez eriydi. Volfram oʻz birikmalarida 2 dan 6 gacha valentli boʻlib, yuqori valentlilari barqaror.
 
Volfram toʻrtta oksid hosil qiladi: yuqori oksidi — 6-oksid WO3 (volfram angidridi), past oksidi — 4-oksid WO2 va ikki oraliq oksidi — W10O2, bilan W,OM. Volfram angidridi limon rangli kukun boʻlib, ishqor eritmasida eriganda volframatlar hosil qiladi. Suv hamda kislotalarda erimaydigan sariq kukundan iborat volframat kislota — H2WO4188° da suv ajratib, WO3 ga oʻtadi. Volfram xlor bilan xloridlar hamda oksixloridlar hosil qiladi. Bulardan muhimlari WC16 va WO2C12 dir. V oltingugurt bilan ikki sulfid —WS2 va uch sulfid WS, hosil qiladi. Volfram karbidlari — WC va W2C qiyin eruvchi birikmalar boʻlib, 1000—1500° da Volframning uglerod bilan birikishidan hosil boʻladi.