Glukoza: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
→‎Adabiyotlar: {{no iwiki}} andozasi oʻchirildi
kTahrir izohi yoʻq
Qator 1:
'''Glyukoza''' (yun. glykys — shirin), uzum shakari, dekstroza — tabiatda koʻp uchraydigan uglevod; geksozalarga, yaʼni uglerod atomlari 6 ta boʻlgan monosaharidlarga kiradi. Rangsiz kristall modda. Mol. m. 180,16. Suyuqlanish t-rasitemperaturasi 146,5°, suvda yaxshi eriydi, optik faol, kugblangan nurni oʻngga buradi. Viruslardan tortib yuksak oʻsimliklar va umurtqali hayvonlar (jumladan odam)gacha barcha tirik organizmlarning zarur tarkibiy qismi. U barcha organizmlardagi aksari sintez va parchalanish reaksiyalarida qatnashadi. Sanoatda kraxmalni gidrolizlab olinadi. Qandolatchilikda, tibbiyotda ishlatiladi.
 
Odam va hayvonlar toʻqimasida G. zaxiradagi uglevod — glikogetga aylanishi mumkin. U koʻpgina moddalar almashinuvi reaksiyalarida qatnashadi, uglevodlar almashinuvining asosiy qismini tashkil etadi. Organizmlar uchun asosiy energiya manbai hisoblanadi. Odam krnida taxminan 100 mg G. boʻlib, uning miqdori gormonlar (qarang [[Gormonal regulyatsiya]]) va markaziy nerv sistemasi tomonidan boshqariladi. U organizmda suv rejimini boshqaradi, hujayralar faoliyatini izga soladi, zaharli moddalarni zararsizlantiradi, yurakning muskul vazifasini oshiradi, tomirlarni kengaytiradi, siydik ajralishini tezlashtiradi va b. Koʻpgina kasalliklarda qonda G. miqdori oshadi (qarang [[Giperglikemiya]]), natijada u siydik bilan ajralib chiqa boshlaydi.