Gobi: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
kTahrir izohi yoʻq
kTahrir izohi yoʻq
Qator 1:
{{manba}}
 
'''Gobi''' ([[mongol tili|mongolcha]] gov — [[suv]]siz joy) — 1) [[Markaziy Osiyo]]dagi [[choʻl zonalari|choʻl]], [[chala choʻl zonalari|chala choʻl]] [[landshaft]]li joylarning umumiy [[nom]]i. G.ning [[yer]] [[yuza]]si tekis, [[oʻsimlik|oʻsimligi]] siyrak, [[tuproq|tuprogʻi]] koʻpincha toshli, [[shoʻrlangan tuproqlar|shoʻrlangan]] boʻladi, [[oqar koʻl|oqar]] suvlari boʻlmaydi. [[Grunt suvlari]]dan [[chorvachilik]]da foydalaniladi; 2) Markaziy Osiyodagi katta [[choʻl]]. [[Mongoliya]] bilan [[Xitoy]] hududida. [[Gʻarb]]da [[Beyshan]] [[togʻlar]]i bilan, [[sharq]]da Katta [[Xingan]] togʻlari, [[shimol|shim.da]] [[Mongoliya Oltoyi]] va [[Xangay]] togʻlari, [[janub|jan.da]] Nanshan va [[Oltintogʻ]] bilan chegaralanadi. [[Uzunlik|Uz.]] 2000 km chamasida, [[maydon|mayd.]] qariyb 2 mln. km{{sup|2}}. Koʻp qismining [[mutlaq balandlik|bal.]] 900–1200 m. Ayrim togʻlarning [[nisbiy balandlik|nisbiy bal.]] 1800 m. Qad. [[daryo]]larning quruq [[oʻzan]]lari, [[terrasa]] va [[vodiy]]larning izlari saklangan. [[Tektonik harakatlar]] davom etmoqsa. G.da toshloq, [[gil]]li, [[qum]]li, [[shoʻrxoklar|shoʻrxok]] joylar koʻp. [[Taqir]]lar uchraydi. [[Iqlim]]i keskin [[kontinental iqlim|kontinental]]. [[Qish]]da [[antitsiklon]]lar vujudga keladi, [[havo]] ochiq boʻlib qattiq sovuq boʻladi. [[Yanvar|Yanv.ning]] oʻrtacha [[temperatura|t-rasitemperaturasi]] —25°, baʼzi [[kun]]lar —40° gacha pasayadi. [[Iyul]]da 25°, baʼzan 45° gacha koʻtariladi. Yillik [[yogʻinlar|yogʻin]] [[Alashan]] G.sining shim.-gʻarbida 68 mm dan Mongoliyaning shim.-sharqida 200 mm gacha. Tuproklari kashtan, [[qungʻir tuproqlar|qoʻngʻir]], [[boʻz tuproqlar]]. Asosiy [[oʻsimliklar]]i [[shuvoq]], [[chalov]], [[shoʻra]], [[saksovul]] va b. G. [[dasht]] va choʻllari asosan [[qoʻy]] boqiladigan [[yaylov]]dir. [[Aholi]] chorvachilik bilan shugʻullanadi. [[Dehqonchilik]] faqat daryo vodiylaridagina [[rivojlanish|rivojlangan]]. Mongoliya hududida Katta Gobi [[qoʻriqxona]]si bor.
 
== Adabiyotlar ==