Minsk: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k qisqartmalarni toʻliqlash (via JWB)
Tahrir izohi yoʻq
Qator 34:
ilovalar = |
}}
'''Minsk''' ({{lang-be|Мінск}}, [[1939]]-yilgacha — ''Менск'' deb atalgan {{lang-ru|Минск}})<ref>[http://www.nn.by/index.php?c=ar&i=18706 69 yil avval Minsk shahriga Minsk nomi berilgan edi (beloruscha)]</ref> — Belorussiya Respublikasining poytaxti, Minsk viloyati markazi. Transport yoʻli, avtomobil yoʻllari tuguni. Aeroport bor. Svisloch daryosining (Berezina irmogʻi) har ikkala sohilida joylashgan. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi —6,9°, iyulniki 17,8°. Yillik yogʻin miqdori 646&nbsp;mm. Aholisi 1719 ming kishi (1998), asosan, beloruslar, shuningdek, rus, ukrain, polyak va boshqa millat vakillari ham yashaydi. M. birinchi marta 1067 yil yilnomalarida "Menesk" shaklida tilga olingan. 12-asr boshlarida Minsk knyazligining maʼmuriy markazi, 14-asrda Litva va Polsha qoʻl ostiga oʻtdi. 1569 yildan Minsk voyevodaligining markazi. 1793 yilda Rossiyaga qoʻshib olindi. 1919 yil 1 yanvardan Belorussiya shoʻrolar Respublikasi poytaxti. Ikkinchi jahon urushi davrida 80% tupap joy binolari, barcha fabrika va zavodlar, elektr stansiyalar, ilmiy muassasalar, teatrlar qattiq shikastlandi, baʼzilari yoʻq boʻlib ketdi. 1944 yil 3 iyulda M. nemis-fashistlar okkupatsi-yasidan ozod qilindi. Ikkinchi jahon urushida koʻrsatgan mardligi va qahramonligi va shaharning ozod qilinganligi munosabati bilan M.ga qahramon shahar unvoni berildi (1974 yil 26 iyun). M. 1991 yildan mustaqil Belorussiya Respublikasining poytaxti. Sanoatining yetakchi tarmogʻi — mashinasozlik va metallsozlik. "MTZ" traktor zavoddi, avtomobil "Belavto "MAZ" ishlab chiqarish birlashmasi, stanoksozlik, avtomatik liniyalar, motor, podshipnik, isitish uskunalari, elektrotexnika, sovitkich, asbobsozlik, elektron-hisoblash mashinalari, ressor zavodlari faoliyat koʻrsatadi. Kimyo sanoati (tibbiy pre-paratlar, lok-boʻyoq zavodlari), mebel qurilish materiallari (gips va chinni, kurilish materiallari va yirik blokli qurilish detallari kombinatlari, uysozlik zavoddlari), yengil (kamvol va mayin movut kombinatlari, koʻn, tikuvchilik, trikotaj fabrikalari), oziqovqat sanoatlari korxonalari (goʻsht, sut, un kombinatlari, qandolatpazlik, tamaki fabrikalari, non, margarin, pivo zavodlari), poligrafiya kombinati bor. 1984 yilda metropoliten ishga tushirilgan. M.ni mahalliy TETS va boshqa elektr stansiyalar elektr energiya bilan taʼminlaydi. 13 oliy oʻquv yurti, 29 ilmiy tadqiqot instituti, 7 teatr, 12 muzey, sanatoriylar bor.
 
Meʼmoriy binolardan Hukumat uyi (1930—33), sport saroyi (1966), suv sporti saroyi majmuasi (1965—69) mashhur.<ref>[[Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi|OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>