Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Teglar: Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
kTahrir izohi yoʻq
Qator 85:
Yerning tuzilishi. Magnitosfera. Yerning eng tashqi va eng kalin poʻsti Ye.ga eng yaqin fazo — magnitosfera, uning fizik xossalari Ye. magnit maydoniga va bu maydonning kosmik zarralar oqimi bilan oʻzaro taʼsirlashuviga bogʻliq. Kosmik zondlar va Yer sunʼiy yoʻldoshlari yordamida olib borilgan tekshirishlar Ye. doimo Quyoshdan keladigan korpuskulyar zarrachalar oqimi (quyosh shamoli)da turishini koʻrsatadi. Ye. orbitasi yaqinida bu zarralar oqimining tezligi 300 dan 800 km/s gacha yetadi. Quyosh plazmasida kuchlanganligi oʻrtacha 4,8-10~3 a/m (6- 10~5)ga teng magnit maydoni mavjud.
 
Quyosh plazmasi oqimi Ye. magnit maydoni bilan tuqnashganda zarba toʻlqini paydo boʻladi, uning Ye. markazidan uzokligi 13—14 Re ga teng (Rffi — Yer radiusi), shu toʻlqindan keyin 20 ming km qalinliqdagi qatlam (oraliq soha) keladi. Quyosh plazmasidagi magnit maydonida zarralar tartibsiz harakatlanadi. Bu maydonda plazma t-rasitemperaturasi 200 ming darajadan 10 mln. darajagacha koʻtariladi.
 
Magnitosferaga quyosh shamoli oraliq soha orqali utadi. Oraliq soha bilan magnitosfera chegarasi — magnitopauza quyosh shamolining dinamik bosimi Ye. magnit maydoni bosimi muvozanatlab turadigan joydan utadi. U Ye. markazidan 10—12 Rffi (70—80 ming km), qalinligi 100 km; magnitopauza atrofida magnit maydoni kuchlanganligi 8-10 2 a/m (10~3). Quyosh faolligi paydo boʻlishi natijasida magnitosfera oʻzgaradi. Quyosh faolligi tufayli quyosh shamoli va uning magnit maydonida sezilarli oʻzgarish yuz beradi, yaʼni magnit boʻroni paydo boʻladi. Magnit boʻroni tufayli atmosferaning yuqori qatlami qiziydi, zarralar ionlanishi ortadi, tezlashadi, qutb yogʻdusining yorqinligi kuchayadi, elektromagnit shovqinlari hosil boʻladi, qisqa toʻlqinli radioaloqa buziladi va h. k. Geomagnit maydon Ye.ning radiatsiya mintaqasini hosil qiladi, bu esa kosmik kemalarning uchishi uchun xavflidir.
Qator 91:
Atmosfera. Atmosfera yoki Ye.ning havo qobigʻi deganda „qattiq“ Ye.ni oʻrab olgan va u bilan birga aylanadigan gaz muhiti tushuniladi. Atmosferaning massasi, zichligi, qatlami tuzilishi, atmosferadagi dissotsilanish, ionlanish va b. haqida atmosfera maqolasida yoritilgan.
 
E.ning geografik poʻstida yuz beradigan fizik, kimyoviy va biologik jarayonlar uchun asosiy energiya manbai, yaʼni Quyoshdan tarqaladigan elektromagnit nurlar Ye. sirtiga atmosfera orqali oʻtadi. Atmosfera rentgen va gamma-nurlar (qisqa toʻlqinli nurlar) ni yutib, biosferani zararli taʼsirlardan saqlaydi. Atmosferada karbonat angidrid va suv bugʻlari boʻlgani uchun Quyosh nurlanishi energiyasining 48 % Ye. sirtiga yetib keladi. Atmosferada bugʻ, tomchi va muz kristallari koʻrinishida (1,3—1,5)1016 kg suv bor. Atmosfera boʻlmaganda Ye. sirtining yillik oʻrtacha t-rasitemperaturasi — 23° boʻlar edi (aslida bu temperatura 14,8° ga teng).
 
Atmosfera kosmik nurlarning maʼlum qismini ham ushlab qolib, Ye.ni meteoritlar zarbasidan saqlaydi. Quruqlik va dengiz ustida, turli balandlik va turli kengliklarda atmosfera turlicha qizigani uchun atmosfera bosimi ham turlicha taqsimlanadi. Shu sababli umumiy atmosfera sirkulyasiyasi vujudga keladi. Suvning aylanib yurishi, yogʻin-sochin va ularning oqishi atmosfera sirkulyasiyasi bilan bogʻliq. Issiqlik almashinuvi, suvning aylanib yurishi va atmosfera sirkulyasiyasi iqlimni vujudga keltiradigan asosiy omillardir. Quruklik sirtida va suv havzalarining yuqori qatlamlarida yuz beradigan turli jarayonlarda atmosfera muhim rol oʻynaydi. Ye.da hayotning rivojlanishida atmosferaning oʻrni beqiyos.
Qator 111:
E. poʻsti va yuqori mantiyada temperatura chuqurlikka tomon koʻtarila boradi. Mantiyadan „qattiq“ Ye. ustiga tomon issiq oqim keladi; bu oqim Quyoshdan keladigan issiqlikdan bir necha ming marta kam.
 
Mantiyaning hamma joyida temperatura uning tarkibidagi materialning toʻla erish t-rasidantemperaturasidan past. Materik Ye. poʻsti tagida temperatura 600—700° ga yaqin, Gutenberg qatlamida esa erish nuqtasiga yaqin (1500—1800°) boʻlsa kerak. Mantiyaning yanada chuqur qatlamlari va yadro haqida taxminan fikr yuritiladi. Yadroda temperatura 4000—5000° dan oshmasa kerak, koʻpchilik tadqiqotchilar fikricha yadro tarkibida temir va nikel metallari koʻproq, boshqalar fikricha mantiya va yadroning tarkibi bir xil, ammo ular xossalarining turliligi katta bosimda boʻladigan fazali oʻtishlarga bogʻliq.
 
Yuqori mantiyaning 700 km chuqurlikkacha boʻlgan qismida zilzila oʻchoqlari mavjudligi aniqlangan. Bu esa mantiyani tashkil etadigan materialning mustahkamligidan dalolat beradi; bundan ham chuqurroqa zilzila oʻchoqlarining yoʻqligi bu yerda moddaning u qadar mustahkam emasligidan yoki yetarli darajada mexanik kuchlanish yoʻqligidan darak beradi. Substratning elektr oʻtkazuvchanligi juda sust; Gutenberg (astenosfera) qatlaminiki esa kuchli, bu t-raningtemperaturaning yuqori boʻlishi bilan bogʻliq boʻlsa kerak deb hisoblaydilar, quyi mantiyaniki, ehtimol, bundan ham kuchliroq. Ye. yadrosida oʻtkazuvchanlik juda kuchli, bu esa yadrodagi moddaning metallik xossalaridan darak beradi.
 
Hoz. kosmogonik farazlar sayyoralar, ularning yoʻldoshlari va meteoritlarning kimyoviy tarkibi Quyosh tarkibiga yaqin boʻlishi kerakligini koʻrsatadi (qarang [[Geokimyo]]).
Qator 121:
Mantiya asosan magniy va temirga boy ogʻir minerallardan iborat. Ulardan SiO2 bilan birikmalar vujudga kelgan. Substratda, forsterit (Mg2Si04) eng koʻp, undan chuqurda fayalit (Fe2Si04) ulushi orta boradi. Quyi mantiyada yuqori bosim taʼsirida bu minerallar oksidlar (SiO2, MgO, GʻeO)ga parchalanib ketgan deb taxmin qilinadi.
 
E. ichki qismlaridagi moddalarning agregat holati Ye. qaʼridagi yuksak temperatura va bosimga bogʻliq; agarda yuqori bosim boʻlmaganda mantiya erib ketardi, shu sababli butun mantiya qattiq kristall holatdadir; faqat Gutenberg qatlamida t-raningtemperaturaning taʼsiri bosimdan kuchli boʻlganligi sababli uni amorf yoki qisman erigan xrlatda deb hisoblaydilar. Tashqi yadro suyuq (erigan) holatda boʻlsa kerak, chunki suyuklikda tarqala olmaydigan koʻndalang seysmik toʻlqinlar tashqi yadrodan oʻtmay qoladi. Ye. magnit maydonining paydo boʻlishi suyuq tashqi yadro mavjudligiga bogʻliq deb faraz qilinadi. Subʼyadro har holda qattiq boʻlsa kerak (uzunasiga tarqaladigan toʻlqinlar subʼyadro chegarasiga yaqinlashganda unda koʻndalang toʻlqinlar hosil qiladi).
 
Geodinamik jarayonlar. Ye. geosferalarining moddasi doimiy harakatda va oʻzgarishda. Suyuq va gazsimon qobiqda bu jarayonlar tez oʻtadi. Ammo Ye. kurrasining rivojlanish tarixining asosiy magʻzini deyarli qattiq moddadan tuzilgan ichki geosferalarning ancha sekin harakatlari tashkil etadi. Ye. ichida va yuzasida sodir boʻlayotgan jarayonlar 2 asosiy guruhga ajratiladi: ichki energiya (asosan, radioaktiv par-chalanish) taʼsirida vujudga keladigan endogen jarayonlar va Ye.ga tushadigan quyosh nuri energiyasi vujudga keltiradigan ekzogen jarayonlar. Endogen jarayonlar, asosan, chuqur geosferalar uchun xos. Ye. poʻstining quyi qismlarida, yuqori mantiya va yanada chuqurroqsa juda katta hajmdagi jismlarning koʻchishi, kengayishi, siqilishi, bir fazadan ikkinchi fazaga oʻtishi, kimyoviy elementlarning koʻchishi (migratsiyasi), issiqlik va elektr toklarining sirkulyasiyasi va b. sodir boʻlib turadi. Ana shu jarayonlar taʼsirida yengil komponentlar ustki geosferalarda, ogʻir komponentlar chuqur geosferalarda toʻplana borgan. Endogen jarayonlar Ye. poʻstiga taʼsir etishi natijasida uning baʼzan qismlari vertikal hamda gorizontal yoʻnalishda siljiydi, Ye. poʻstining ichki tuzilishi deformatsiyalanadi va oʻzgaradi. Bularning hammasi tektonik jarayonlar boʻlib, bu jarayonlar namoyon boʻlgan joy tektonosfera deb ataladi. Tektonik jarayonlar bilan oʻzaro bogʻlangan holda magmatik jarayonlar ham sodir boʻlib turadi, bu jarayonlar natijasida magma pastdan yuqoriga koʻtariladi va lava xrlatida yoriqlardan Ye. yuzasiga oqib chiqadi (vulkanizm). Tektonik deformatsiyalar (dislokatsiyalar) va magmaning singishi natijasida togʻ jinslari metamorfizm jarayoniga uchraydi — yuqori bosim va temperatura taʼsirida mineral ochiq tarkibi va strukturasi oʻzgaradi.