Gidrologik yil: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
DastyorBot (munozara | hissa)
k yanv. → yanvar
kTahrir izohi yoʻq
Qator 1:
'''Gidrologik yil''' - daryo havzasida namlikning toʻplanishi va sarflanishi siklini toʻla qamrab oladigan vaqt. Bu vaqt oraligʻi daryolar havzasida qorning yogʻishi, toʻplanishi, eriy boshlashi va undan suv oqimi hosil boʻlishi davrini oʻz ichiga oladi. Joyning geografik oʻrni, iqlim sharoiti, relyefiga bogʻliq holda G. y.ning boshlanishi va tugashi turli geografik kengliklarda turlicha vaqtlarga toʻgʻri keladi. Shim. kengliklarda G. y.ning boshlanishi sifatida shim.dan jan.ga tomon mos ravishda 1 sent.dan 1 yanvar gacha oralikdagi biror muddat qabul qilinadi (G. y. boshi tegishli oyning birinchi kunidan boshlanadi). G. y. boshini oʻrtacha oylik havo t-rasitemperaturasi va atmosfera yogʻinlarining yil davomida taqsimlanishiga qarab ham aniqlasa boʻladi. Oʻrta Osiyo daryolari uchun G. y. boshi sifatida 1 okt. qabul qilingan, tabiiyki, G. y. oxiri 30 sent.ga toʻgʻri keladi. Gidrologik tadqiqotlarda kalendar yil oʻrniga G. y.dan foydalanish ancha qulay.
 
== Adabiyotlar ==