Gaz analizatori: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
DastyorBot (munozara | hissa)
k imlo
kTahrir izohi yoʻq
Qator 1:
'''Gaz analizatori''' — gazlar aralashmasi tarkibini miqdor va sifat jihatidan aniqlash uchun ishlatiladigan asbob. Dastaki va avtomatik xillari bor. Dastaki (absorbsion) G.a.da maʼlum hajmdagi gaz aralashmasi turli eritmalar toʻldirilgan bir necha idishdan birin-ketin oʻtkaziladi; bu eritmalar gazlarni yutib ogʻirlashadi. Mac, kaliy ishqor eritmasi karbonat angidridni, pirogallol eritmasi kislorodni, mis (U)-xloridning ammiakli eritmasi uglerod (77)-oksidni yutadi. Koʻpincha, gaz aralashmasidagi yonuvchi gazlarni turli sharoitlarda mis (/U)-oksid bilan birga qizdirib yondirish usulidan ham foydalaniladi. Maye, vodorod, uglerod (UU)-oksid va metan miqdori shu tariqa aniqlanadi. Avtomatik G. a.da asosan gaz aralashmasining turli fizik xossalari (mas, elektr oʻtkazuvchanligi, bosimi, massasi, hajmi, t-rasitemperaturasi, magnitlanish xususiyati) uzluksiz qayd qilib boriladi. Ishlash tarziga koʻra, volyumetrik (kimyoviy G. a.), termokimyoviy, termokonduktometrik (elektr G. a.), elektr-kimyoviy, densimetrik, magnit, optik, radioaktiv xillari boʻladi. Bulardan tashkari, ultrabinafsha G. a. ham bor. Bunday asbobda gazlar aralashmasi tarkibidagi galogenlar, simob bugʻlari, baʼzi organik birikmalar miqdori aniklanadi. G. a. sanoatda, tibbiyotda, i. t. ishlarida qoʻllaniladi.
 
== Adabiyotlar ==