Turk xoqonligi: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
→‎Tarixi: Fayl yo‘qoldi
Teglar: Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
Tahrir izohi yoʻq
Teglar: Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
Qator 62:
Vizantiya bilan Eron oʻrtasidagi oʻzaro urush, ularning xoqonlikka nisbatan eʼtiborini chalgʻitgan holda, turkiylarning yarimkoʻchmanchi davlatining shiddatli darajada yuksalishiga imkoniyat yaratgan. Turkiylar ichki ixtiloflar oqibatida zaiflashgan Xitoyga bir necha marta muvaffaqiyatli yurishni amalga oshirib, shoyi matolaridan iborat katta yillik oʻlpon olishga erishgan. 588 yili turkiylar hukmdori [[Qora Churin]] [[Vizantiya]] va hazarlar bilan ittifoqchilikda Eronga hujum qiladi, biroq magʻlubiyatga uchraydi va sosoniylar sarkardasi [[Bahrom Chubin]] tomonidan oʻldiriladi. Bu magʻlubiyat hoqonlikning tanazzulga yuz tutishi va 6-asrning 80-yillarida sharqiy va gʻarbiy oʻlkalarga ajralib ketishiga sabab boʻladi. 7-asrning birinchi yarmida gʻarbiy xoqonlik hayotida yuksalish kuzatiladi. Uning chegaralari Inda sohillarigacha yetgan. [[Xitoy]] va [[Eron]] bilan savdo munosabatlari keng rivojlangan. Savdo karvonlari Marv-Chorjoʻy-Buxoro-Samarqand-Choch-Talas-Suyab yoʻnalishi boʻylab Sharqiy Turkiston vohalarigacha choʻzilgan. Butun yoʻl davomida karvonlar ularning jadal safarlariga imkon bergan sugʻd mulkiy hududlariga duch kelishgan. Taxminan, 630 yili turkiylarning yaqin qadargacha ittifoqchilari boʻlgan xitoylar ularni qaqshatqich magʻlubiyatga uchratadi. 7-asr oxirida gʻarbdan yangi qudratli dushman - Markaziy Osiyoni oʻz tasarrufiga boʻsindirgan arablar bosib kela boshladi. Gʻarb turkiy xoqonligi Yettisuv oʻlkasi turgeshlar tasarrufiga oʻtgandan soʻng 747 yili batamom parchalanib ketgan.
Shunday qilib, Buyuk Turk xoqonligi oʻz davridagi toʻrt qudratli davlatlat (Xitoy,Eron,Viznatiya,Turk xoqonligi) va 5 buyuk madaniyatning (yunon,fors,xitoy,hind,turkiy) biri boʻlgan. Turk xoqonliging Eron va Xitoy bilan boʻlib oʻtgan toʻqnashuvlari natijasida Xitoy va Fors davlati ancha yillargacha turkiylarning asosiy dushmaniga aylanishgan.
== Adabiyotlar ==
 
{{OʻzME}}