Vladimir Arnold: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
„{{Olim |nomi = Vladimir Arnold |tasvir = Vladimir Arnold-1.jpg |eni = |izoh = |tugʻilgan_sanasi = {{birth date|1937|06|12|df=y}} |tugʻilgan joyi = [...“ yozuvi orqali yangi sahifa yaratildi
(Farq yoʻq)

8-Dekabr 2019, 17:23 dagi koʻrinishi

Vladimir Arnold (12-iyul 1937-yil — 3-iyun 2010-yil) — rossiyalik matematik. Arnold topologiya, differensial tenglamalar nazariyasi, nazariy mexanika sohalaridagi asarlari bilan tanilgan. 2001-yil Wolf mukofoti bilan taqdirlangan.

Vladimir Arnold
Tavalludi 12-iyun 1937-yil
Odessa, Ukraina SSR, Sovet Ittifoqi
Vafoti 3-iyun 2010-yil(2010-06-03)
(72 yoshda)
Parij, Fransiya
Fuqaroligi Sovet Ittifoqi, Rossiya
Sohasi Matematika
Ish joylari Parij Dauphine universiteti
Steklov matematika instituti
Mustaqil Moskva universiteti
Moskva davlat universiteti
Akademik rahbarlari Andrey Kolmogorov
Mashhur shogirdlari
Mukofotlari Lenin mukofoti (1965)
Crafoord mukofoti (1982)
Lobachevskiy mukofoti (1992)
Harvey mukofoti (1994)
Wolf mukofoti (2001)
Dannie Heineman matematika fizika bo'yicha mukofoti (2001)
State Prize of the Russian Federation (2007)
Shaw mukofoti (2008)

Arnold XX asrning eng buyuk matematiklaridan biri. SSSR fanlar akademiyasining akademigi, AQSh Milliy fanlar akademiyasining xorijiy aʼzosi (1983), Fransiya fanlar akademiyasi (1984), London qirollik jamiyati (1988), Leyxey Milliy akademiyasi (1988), Amerika falsafiy jamiyati (1990), fizika-matematika fanlari doktori (1963), V. A. Steklov nomidagi Rossiya matematika instituti bosh ilmiy xodimi, Moskva davlat universiteti va Parij Dauphine universiteti professori.

Arnold Ikkinchi jahon urushi boshlanishida onasi bilan Magnitogorskga koʻchib ketishgan. U Moskva shahridagi 59-maktabda oʻqigan. 1959-yil Moskva davlat universitetining mexanika va matematika fakultetini tamomlagan. 1961-yilda SSSR fanlar akademiyasining amaliy matematika institutida fizika-matematika fanlari nomzodi ilmiy darajasiga nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. 1963-yil 11-iyunda esa doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan.


  1. Manba xatosi: Invalid <ref> tag; no text was provided for refs named rsbm