Tibbiyot: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
kTahrir izohi yoʻq
Tahrir izohi yoʻq
Qator 42:
Energiyaning saklanish va oʻzgarish qonunlari kashf etilishi, organik moddalarning tuzilishi, oʻzgarish va almashinuv yoʻllarini oʻrgana borish biol. va Tibbiyotning taraqqiyotida muhim bosqich boʻldi, fiziologik hodisalarni tushuntirib bergan ilmiy yoʻnalish oʻsha qonunlarga asoslandi.
 
19-asrning 2 yarmida mikrobiologiya sohasida bir qancha yangiliklar yaratildi. Epidemik kasalliklardan vabo, oʻlatnit qoʻzgʻatuvchilari va kasallik epidemiologiyasi oʻrganildi, chechak mikrobi aniklandi va unga karshi vaksina tayyorlandi (E. Jenner). Mahoratli vrachlar yordamida butun dunyoda chechakka qarshi emlash rasm boʻldi. Yuqumli kasalliklar sababi turli mikroblar ekanligini L. Paster asoslab berdi va bu kashfiyot asosida kishilarni kuydirgi, quturish kabi yuqumli kasalliklarga karshi emlab, ularning oldini olish usullarini ishlab chiqish imkoniyati tugʻildi. Shu davrda Yevropada bezgak, toshmali terlama (toshmali tif), qaytalama terlama va boshqa yuqumli kasalliklarni qoʻzgʻatuvchi mikroblar topildi. I.I. Mechnikov immunitet haqidagi taʼlimotni yaratdi. Mikrobiologik kashfiyotlar asosida gigiyena fani shakllandi va yuksala bordi. Oʻsha davrda Rossiya va boshqa davlatlarda tashqi muhitning — havo, suv va tuproqning inson organizmiga, shuningdek, ijtimoiy omillar — mexnatmehnat, turmush tarzi va ovqatlanish sharoitlarining ishchilar sogʻligʻiga taʼsirini oʻrganish tufayli ijtimoiy gigiyena muammosi ilmiy asoslab berildi.
 
19-asrning soʻnggi choragida shakllangan biokimyo fani sogʻlom organizmda va patologik holatlarda moddalar almashinuvini oʻrganish, uning oʻzgarishini tekshirish natijasida kasalliklarni aniklash bilan fiziologiya va patofiziologiyani boyitdi va Tibbiyotga yangi, yuqori informativ va bajarilishi osonroq lab. usullarini kiritdi. Orqa miya nervlaridagi sezuvchi va harakatlantiruvchi tolalar oʻrganildi, bu esa organizmda nerv sistemasi faoliyatining ahamiyatini aniqlashga imkon berdi, qon va limfa tarkibi, bezlarning tuzilishi va funksiyalari oʻrganildi. Rus olimlari S. P. Botkin, I.M. Sechenov, I.P. Pavlov tadqiqotlari tufayli markaziy nerv sistemasi va butun organizmning faoliyat krnunlariqonunlari materialistik nuktai nazardan taʼriflab berildi.
 
Umuman bu davrda eksperimental Tibbiyot tobora rivojlanib bordi, fransuz olimi K. Bernar va rus patofiziologi V.V. Pashutinning bu borada olib borgan ilmiy ishlari umumiy patologiya (keyinchalik A. A. Bogomolets va S.S. Xalatov asoslagan patologik fiziologiya)ning fan sifatida shakllanishida muhim ahamiyat kasb etdi. Anatomiya va topografik anatomiyalarni chuqur oʻrganish xirurgiyada operatsiyalarning muvaffakiyatini taʼminladi.
 
20-asrda Tibbiyotda misli koʻrilmagan yutuqlarga erishildi. Nemis olimi V.K. Rentgen iksnurlarni kashf etdi va Tibbiyotda rentgenologiyaga asos soldi. Tabiiy radioaktivlikning kashf etilishi, yadro fizikasi sogʻasidagi tadqiqotlar ionlovchi nurlarning tirik organizmga taʼsirini oʻrganuvchi radiobiologiya fanini yuzaga keltirdi. Bu sohadagi keyingi izlanishlar davolash va diagnostika maqsadida radioaktiv izotoplardan, nishonlangan atomlardan foydalanish imkonini berdi. Tibbiyot texnikasi ham tez rivojlandi. Tibbiyotga elektronika yutuklarining tatbiq etilishi natijasida organizmdagi turli organ va sistemalar faoliyatini aniq belgilab beradigan usullar, sunʼiy yurak, sunʼiy buyrak va h.k. ixtiro qilindi. Elektron mikroskop endilikda hujayradagi eng murakkab va nozik oʻzgarishlarni, mayda mikroblarni aniqlashda zarur qurol boʻlib qoldi. Tibbiyot kibernetikasi yordamida zamonaviy, ixcham va qulay protezlar yaratildi, shuningdek, operatsiya vaqtida bemorning nafas olishi va arterial bosimini meʼyorida saklab turadigan turli avtomatik sistemalar ishlab chiqildi, texnika taraqqiyoti, oʻz navbatida, Tibbiyotga yangi sohalar (aviatsiya tibbiyoti, kosmik tibbiyot)ni kiritdi. Irsiyat va organizmning oʻzgaruvchanlik qonuniyatini oʻrganadigan genetika fani Tibbiyotning rivojiga katta taʼsir koʻrsatdi. Irsiy kasalliklarni oʻrganish tibbiyot genetikasining paydo boʻlishiga olib keldi. Immunologiyaning rivojlanishi immunologik oʻzgarishlar oqibatida kelib chiqadigan kasalliklarni oʻrganadigan immunopatologiyaga asos boʻldi. K. Landshteynerning izogemagglyutinatsiya qonuni (1900— 01), Ya. Yanskiy tomonidan odam qoni tarkibi jihatidan 4 guruhga boʻlinishi kashf etilishi (1907) Tibbiyot amaliyotida qon quyishdan keng foydalanishga imkon berdi. Bu davrda Tibbiyotga Pirkening sil kasalligini anikdaydigan allergik reaksiyasi (qarang [[Pirke reaksiyasi]]) va allergiya termini kiritildi. 1939—40 yillarda mikroorganizmlarga qarshi kurashning kuchli vositalaridan boʻlgan antibiotiklar ixtiro qilindi va amalda qoʻllanila boshladi. Vitaminlar haqidagi taʼlimot ham rivoj topdi. Ichki sekretsiya bezlarining tuzilishi va funksiyasini oʻrganish tufayli endokrinologiya mustaqil fanga aylandi, u rivojlanib, gormonoterapiya va gormonal regulyatsiya masalalarini xam oʻrganishga kirishildi. Kimyoterapiya, gormonoterapiya va markaziy nerv sistemasiga taʼsir etadigan preparatlarning qoʻllanilishi va turli sintetik preparatlarni olish usullarining kengayishi klinik Tibbiyotni tubdan oʻzgartirdi. Bu davrda yangi tibbiy jihozlar, jumladan, elektron apparatlar yordamida yurak faoliyatini klinik va eksperimental tekshirishlar amaliyotda keng qoʻllanishi natijasida kardiologiya sohasi ichki kasalliklar klinikasidan mustaqil fan sifatida ajralib chikdi. Miokard infarkti, qon ivishi, ateroskleroz va boshqa klinikasi taʼriflab berildi. Endilikda kardiologiya muammolarini terapevtlargina emas, balki xirurglar, fiziologlar, biokimyogarlar va boshqa xam oʻrganmoqdalar. Qon sistemasini oʻrganadigan fan — gematologiya xam rivojlandi. Urush xarakatlari chogʻida harbiy dala xirurgiyasi yuzaga keldi. Travmatizmning oʻsishi tufayli travmatologiya va ortopediya shakllandi. V.P. Fshshtovnnng plastik xirurgiya sohasidagi ishlari jahon Tibbiyotida yuksak baholandi, Amerikalik olim X.U. Kushing , rus olimlari A.L. Polenov, N.N. Burdenko va boshqa ning ishlari neyroxirurgiyaning shakllanishiga imkon berdi. Siydiktanosil aʼzolari kasalliklarini xirurgik usulda davolash yoʻlga qoʻyilishi tufayli urologiya sohasi qaror topdi. Narkoz berish usuli takomillashtiriddi. Rus xirurgi A. V. Vishnevskiy novokain eritmasi bilan mahalliy ogʻriqsizlantirish usulini ishlab chikdi (1923—30). Zamonaviy narkoz berish usuli va antibakterial terapiya yurak va oʻpka xirurgiyasining rivojlanishiga yoʻl ochdi, sunʼiy qon aylanish apparati va h.k. kashf etildi. Kardioxirurgiya xam yangi odimlar tashladi: tugʻma va revmatik yurak poroklariporoglari xirurgik yoʻl bilan davolana boshlandi. Yurak transplantologiyasiga asos solindi (Jan. Afrika xirurgi K. Barnard, 1967).
 
20-asr boshlarida oʻsmalar haqidagi fan — onkologiya shakllandi. Keyingi tadqiqotlarda oʻsmalarning , chunonchi rakning virusli va kanserogen shakl nazariyalari yuzaga keldi. Mikrobiologiya tez surʼatlar bilan rivojlandi: silga qarshi vaksina tayyorlandi (1921, A. Kalmet va Sh. Geren). Keyingi izlanishlar natijasida poliomiyelit, difteriya va boshqa infeksion kasalliklarni bartaraf qiladigan vaksina, zardoblar ixtiro qilindi; rikketsioz, leptospirozlar haqidagi taʼlimot ishlab chikidsi. D. I. Ivanovskiyning filtrlanuvchi viruslarni ixtiro qilishi (1892) va Niderlandiya botanigi M. Beyerinkning keyingi tadkiqotlari virusologiyaning mustaqil fan sifatida shakllanishiga olib keldi.