Oka (daryo): Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
kTahrir izohi yoʻq
A.Savin (munozara | hissa)
илл.
Qator 1:
[[Fayl:MosOblast Serpukhov District near Oka Station asv2019-09 img3.jpg|thumb|300px]]
'''Oka''' — Rossiya Federatsiyasining Yevropa qismidagi daryo, Volganing oʻng irmogʻi. Oʻrta Rossiya qirlarining markaziy qismidan (226 m absolyut balandlikdan) boshlanadi. Nijniy Novgorod shahri yonida Volga daryosiga quyiladi. Uz. 1500&nbsp;km, hav-zasining maydoni 245 ming km². Boshlanish joyidan Ugra daryosi quyilgan joyga qadar Oka tor (0,5—1,0&nbsp;km) va chuqur (20–80 m) vodiyda, egri-bugri va ser-ostona oʻzanda oqadi. Ugra daryosining quyilish joyidan Moksha daryosining quyilish joyigacha boʻlgan oʻrta oqimida daryo vodiysi 0,4&nbsp;km dan 20–30&nbsp;km ga qadar kengaygan. Bu qismida daryo oʻzani juda ham egri-bugri, kema yurishini qiyinlashtiradigan sayoz joylar va ostonalar bor. Daryoning bu qismida kemalar qatnovini yaxshilash uchun ikkita shlyuz qurilgan. Moksha daryosi quyilgan joydan Okaning quyi oqimi boshlanadi. Bu qismida Oka yanada keng vodiyda oqadi, eni ayrim joylarda 20&nbsp;km ga yetadi. Qor va yomgʻir suvlaridan toʻyinadi. Oʻrtacha yillik suv sarfi (etak qismida ) 1300 m³/ sek. Oka suvi noyabr oxiridan apr. oxiriga qadar muzlaydi. Muhim irmoqlari: chapda — Zusha, Moksha. Chekalin shahri yaqinidan quyilish joyigacha TT2D0 km) kema qatnaydi. Oka boʻyida Oryol, Kaluga, Serpuxov, Kashira, Ryazan, Kolomna, Murom, Nijniy Novgorod va boshqa shaharlar joylashgan.<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>