Boʻri: Versiyalar orasidagi farq
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
+ |
Xatoni to'g'irladim Teglar: Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali |
||
Qator 18:
{{Maʼnolari|Bo‘ri (maʼnolari)}}
[[File:Canis lupus 265b.jpg|250px|right|thumb|Bo‘ri]]
'''Boʻri, qashqir''' (Canis lupus) — itsimonlar oilasiga mansub yirtqich sut emizuvchi hayvon. Yevropa, Osiyo va Shim. Amerikada tarqalgan. Oʻzbekistonning choʻl, dashtlari, oʻrmon, toʻqay, togʻ va togʻ etaklarida tarqalgan; qor va muz bilan qoplangan baland togʻlar va tundrada ham yashaydi. B. qoyalar orasiga, toʻqaylik va jarliklarga, quruq qamishzorlarga in quradi. Tulki inlaridan ham foydalanadi. B. inida bolalaydi va bolalarini parvarish qiladi. Chorvachilik r-nlarida podalardan uzoqqa ketmaydi. B. yanvar oyidan boshlab urchiydi. Urchish vaqtida erkaklari urgʻochisini talashib qattiq urishadi. B. monogam hayvon. Jufti uzoq muddat saqlanib qoladi. Homiladorlik davri 62— 65 kun. Yosh boʻri 3—5 ta, qarisi 6—8 ta, baʼzan 10—13 ta bola tugʻadi. Bolasini 5—6 hafta emizadi. Bolasi 3 haftaligida inidan chiqa boshlaydi. Urgʻochisi emizikli davrida erkagi ovqat olib kelib turadi. Bolalari goʻsht bilan oziqlanishga oʻtgandan soʻng ona boʻri ham oʻlja tutib kela boshlaydi. Avg . oxiridan boshlab yosh boʻrilar har xil mayda kemiruvchilarni tutib yeya boshlaydi. Sentabrda kattalari bilan birgalashib, uy hayvonlarini va yovvoyi hayvonlarni ov qilishga oʻrganadi. Noyab.ga qadar 10—15 ta buri gala boʻlib yuradi. Oʻlja topish qiyin boʻlib qolganda bitta yoki ikkitadan boʻlib, tarqalib ketadi. Erkagi 2 yoshida, urgʻochisi 2—3 yoshida voyaga yetadi. B. 15—16 yil yashaydi. Yilda ikki marta — bahor va kuzda tullaydi. B. kuchli, chidamli va chaqqon, hid bilish va eshitish organlari yaxshi rivojlangan hayvon. Goʻsht bilan oziqlanadi, baʼzan olma, qovun, tarvuz kabi mevalarni ham yeydi. Asosan, uy hayvonlari va yovvoyi hayvonlar, quyon, yumronqoziq kabi kemiruvchilar, qushlar
== Adabiyotlar ==
|