Temuriylar: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
14-asr o'rejalaridan barlos beki (o'g'li)Temur Tarag'ay buyuk "Temuriyar "davlatiga asos soldi
Teglar: Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
k 213.230.119.122 tahrirlari Prince of Ottoman versiyasiga qaytarildi
Teglar: Eski holiga qaytarish Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
Qator 1:
{{manba}}
 
'''Temuriylar''' 1370-1858 yillarda Movarounnaxr, Xuroson, Hindistonlarda hukmronlik qilgan sulola. Asochisi Amir [[Temur]].
 
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn boshi -->
Qator 12:
Siyosiy hayot. Nigʻoyatda kengayib ketgan davlat Amir Temur vafotidan soʻng vorislar oʻrtasidagi nizolar natijasida zaiflasha boshladi. 1405 yilning 16 mart kuni Mironshohning oʻgli Xalil Sulton Samarqandni egallab, oʻzini Movarounnahrning gʻukmdori deb eʼlon qiladi. Oqibatda shahzoda, amir va viloyat noiblarining noroziligi kuchayib, isyon va galayonlar koʻtariladi. Dastavval Fargʻonada Xudoydod bilan Shayx Nuriddin Xalil Sultonga qarshi qoʻzgʻalib, Oʻratepa va Fargʻonani egallab oldi. Bu davrda Xurosonda Shohrux, Balx, Gʻazni va Qandahorda Pirmuhammad; Gʻarbiy Eron va Ozarbayjonda Mironshohnnng oʻgʻillari Umar Mirzo va Abubakr Mirzo qokimi mutlaq boʻlib oladilar. Turkiston, Sabron, Oʻtror, Sayram viloyatlari amir Berdibekning tasarrufiga oʻtadi, Oltin Oʻrda amirlaridan Idiku Xorazmni zabt etadi. 1405 — 08 yillarda Balx, Xuroson, Seyiston, Kermon va Ozarbayjonda temuriy shahzoda va ayrim amirlarning birinketin koʻtarilgan gʻalayonlari kuchayib ketadi. Valiahd Pirmuhammad bunday gʻalayon va fitnaning qurboni boʻladi (1407 y. 22 fev.). 1408 y. 22 apr. kuni qoraqoʻyunli turkmanlarning yetakchisi Qora Yusuf bilan boʻlgan jangda Mironshoh halok boʻlib, Ozarbayjon va Iroq viloyatlari temuriylar qoʻlidan ketadi.
 
15-asrning 20yillarida20y.larida bu ulkan mamlakat 2 davlatga boʻlingan edi. Ulardan biri Amudaryodan jan.da joylashgan boʻlib, uni Shohrux boshqargan (markazi Hirot sh.) edi. Ikkinchisi esa, Amudaryodan shim.da — Movarounnahr va Turkistonda vujudga kelib (poytaxti Samarkand sh.) uni Oʻlugʻbek idora etgan edi.
 
Ulugʻbek otasi Shohruxning koʻmagi bilan avval (1413) Xorazmni, soʻngra (1415) Fargʻona va Qashgʻarni oʻz tasarrufiga olib, davlatining gʻarbiy va sharqiy chegaralarining xavfsizligini taʼminlagan bulsada, ammo uning shim. va shim.sharqiy tomonlari xavotirli edi. Shu boisdan 15-asrning 30—40y.lari otasi Shoxrux bilan birga Dashti Qipchoqda Abulxayrxon bilan kurash olib borishiga toʻgʻri keladi. Chunki koʻchmanchi chorvadorlar Movarounnahrning viloyatlariga muttasil bostirib kirar va oʻtroq aholini gʻorat qilar edi. Movarounnahrni idora etishda, ayniqsa, tashki siyosatda Ulugʻbek T. ning bosh hukmdori Shogʻruxning irodasini izchil amalga oshiradi. Tashqi va ichki siyosatga aloqador har qanday masalani u otasi bilan maslahatlashib va kelishib, uning rozirizoligi bilan hal etgan.
Qator 104:
Bu davr badiiy adabiyoti taraqqiyotida Abduraqmon Jomiy hamda Alisher Navoiyning xizmati gʻoyat buyukdir.
 
15-asrda ilmfan va adabiyot bilan bir qatorda kitobat sanʼati, yaʼni qoʻlyozma asarlarni koʻchirib yozish va u bilan bogʻliq boʻlgan xattotlik, musavvirlik, lavvohlik (lavha chizish) va sahhoflik (muqovasozlik) sanʼati ham nihoyatda taraqqiy etadi. Bosmaxona va kitob nashr etish hali vujudga kelmagan zamonda kitob yaratish va uning nusxalarini koʻpaytirish ogʻir mehnat va koʻp vaqt sarf etiladigan mushkul ish boʻlgan. Ayniqsa, nafis kitob yaratish oʻta murakkab va juda mashaqqatli bir jarayon boʻlib, u qogʻozrez (qogʻoz tayyorlovchi), xattot, musavvir, lavvoh kabi bir necha xil mutaxassislarning mehnati va mamalakasi bilan bogʻliq edi. 15—16-asrlarda bir qancha isteʼdodli xattot, musavvir, lavvohlar yetishadi. Abdurahmon Xorazmiy, Sultonali Mashhadiy, Sultonali Xandon, Mirali Qilqalam, Xalvoiy, Rafiqiy shular jumlasidandir.
 
15-asr va 16-asr boshlarida T.da tasviriy sanʼat ham taraqqiy topadi. Kamoliddin Behzod, Mirak Naqk,osh, Qosimali, Mahmud Muzahhib, Xoja Muhammad Naqqosh va Shoh Muzaffar kabi moʻyqalam sohiblari yetishadi. Behzod asos solgan Hirot musavvirlik maktabi ulkan yutuqlarga erishadi. Bu davr tasviriy sanʼat obidalari oʻzining mavzui va voqeliligiga qarab portret, hayotiy lavhalar, tabiat manzaralari, bino va badiiy asarlarga ishlangan tasvirlardan iborat boʻlgan. Bizgacha Jomiy, Navoiy, Abdulla Xotifiy, Behzod, [[Hu[[sayn Boyqaro]], Bobur va Shayboniyxon portretlari saqlanib qolgan.