Andoza:Yaxshi maqola — versiyalar orasidagi farq

xulosa tahrirlanmadi
Teglar: Mobil tahrirlash Mobil dastur orqali tahrirlash
Teglar: Mobil tahrirlash Mobil dastur orqali tahrirlash
[[Fayl:Acetylene-3D-vdW.png|right|170px|[[Atsetilen]]ning 3D modeli]]
'''[[Alkinlar]]''' — molekulasida uchlamchi bogʻ boʻlgan atsetilen qatori toʻyinmagan [[uglevodorodlar]]i, umumiy formulasi [[Uglerod|C]]<sub>n</sub>[[Vodorod|H]]<sub>2n-2</sub>. Ularning birinchi vakili atsetilen CH≡CH dir. Atsetilendagi [[vodorod]] metil radikallar bilan almashtirilsa, [[molekula]]sida uchlamchi bogʻ boʻlgan gomologik qator hosil boʻladi. Uning birinchi gomologi metilatsetilen ''CH<sub>3</sub>-C≡CH''; ikkinchisi etilatsetilen ''CH3-CH2-C≡CH'' va hokazo. Xalqaro nomenklatura boʻyicha atsetilen qatori uglevodorodlarni nomlashda ularga muvofiq keladigan alkanning ''-an'' qoʻshimchasi oʻrniga ''-in'' qoʻshimchasi qoʻyiladi. Alkinlar tabiatda uchramaydi, ular asosan alkanlar va kalsiy karbiddan olinadi. Alkinlar uchun birikish, [[polimerlanish]], oʻrin olish va oksidlanish reaksiyalari xosdir. Alkinlarning oldingi uchta aʻzosi [[gazlar]], C<sub>5</sub>H<sub>8</sub> dan boshlab suyuq moddalar, yuqori alkinlar (C<sub>16</sub>H<sub>30</sub>) esa qattiq moddalar. Alkinlar [[alkenlar]] kabi suvdan yengil, suvda kam eriydi, organik eritmalarda yaxshi eriydi. Alkinlar va ularning hosilalaridan kundalik hayotda, [[texnika]]da keng qoʻllaniladigan: [[sirka aldegidi]], sirka kislotasi, [[benzol]], [[polivinilxlorid]], poliakrilonitril, vinilatsetilen, sintetik kauchuk va boshqa moddalar olinadi.