Bosmachilik: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Minorax (munozara | hissa)
k Undid edits by 85.140.1.177 (talk) to last version by 85.140.7.191
Teglar: Bekor qilindi SWViewer [1.3]
Minorax (munozara | hissa)
Reverted to revision 2003868 by PlanespotterA320 (talk) (TwinkleGlobal)
Teg: Bekor qilindi
Qator 1:
{{manba}}
 
'''Istiqlolchilik harakatiBosmachilik''' — [[Turkiston]]da [[Sovet Sotsialistik Respublikalari Ittifoqi|sovet]] hokimiyati va bosqinchi [[qizil armiya]]ga qarshi olib borilgan qurolli harakatga [[shoʻro (sovet)|shoʻro]] hukumati davrida berilgan rasmiy [[nom]]. "Bosmachi" [[soʻz]]i aslida [[turkiy tillar|turkiy]] "bosmoq" (hujum qilmoq) [[feʼl]]idan yasalgan. [[Xalq]] oʻrtasida "bosmachi" deb harbiy birlikka aloqasi boʻlmagan [[jinoyat]]chi unsurlar, [[oʻgʻrilik|oʻgʻri]] va [[bezorilik|bezorilar]] tushunilgan. Shuningdek birovlarning yurtini bosib olgan bosqinchilarni ham "bosmachilar" deyish mantiqan toʻgʻri keladi. [[1918]] yilning boshidan [[1919]] yil oʻrtalarigacha boʻlgan arxiv [[hujjat]]larida "bosmachi" soʻzi uchramasdan, uning oʻrniga "qaroqchi", "bosqinchi" [[ibora]]lari qoʻllanilgan. 1919 yilning oʻrtalaridan boshlab avval vaqtli [[matbuot]]da, soʻngra rasmiy hujjatlarda "bosmachi" va "bosmachilik" iboralari keng ishlatilgan. Bu iboralar milliy ozodlik harakatining mohiyatini soxtalashtirish, ajdodlarimizning sovet rejimi va [[bolsheviklar]] hukmronligi hamda qizil armiyaning bosqinchilik [[siyosat]]iga qarshi olib borgan qurolli kurashlarini niqoblash uchun [[buyuk davlatchilik shovinizmi|buyuk davlat shovinistlari]] tomonidan oʻylab topilgan hamda "banditlik", "qaroqchilik" degan soʻzlar bilan asossiz ravishda bir qatorga qoʻiilgan (yana q. [[Istitslolchilik harakati)]].
 
1979—89 yillarda SSSRning [[Afgʻoniston]]dagi [[intervensiya]]siga qarshi [[afgʻonlar|afgʻon xalqi]]ning olib borgan ozodlik kurashi qatnashchilarini ham dastlab sovet matbuoti "bosmachilar" deb nomladi. Keyinchalik oʻz [[vatan]]ining [[mustaqillik|mustaqilligi]] uchun kurashgan afgʻon [[mujohid]]lari "dushmanlar" deb ataldi.