Tolib Moʻminov: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Qator 1:
{{Davlat arbobi
|ismi=Tolib Moʻminov
|tavallud sanasi={{birth date and age|1943|1|11}}
|tavallud joyi={{TavalludJoyi|Samarqand}}
|mukofotlari={{Mehnat shuhrati ordeni}}
}}
'''Tolib Musayevich Moʻminov''' (1943.11.1, Samarqand shahri) — fizik olim, Oʻzbekiston FA akad. (2000), fizikamatemat. fanlari d-ri (1979), prof. (1981). SamDU ni tugatgan (1965), SamDU va Birlashgan yadro tadqiqotlari instituti (Dubna shahri) da ilmiy xodim (1965—79). ToshDUdalab. mudiri (1979—81), Amaliy fizika ilmiy tadqiqot instituti direktori (1981 — 87; 1995 yildan), SamDU rektori (1992— 95). Ilmiy ishlari fundamental va amaliy yadro fizikasiga oid. Uning bevosita rahbarligida eksperemental yadro fizikasi uchun bir necha noyob ilmiy qurilmalar (SB—50 betatroni, MT—22S mikrotroni, EG—2 ionlar tezlatkichi, IBM kuchli ion dastasi injektori va boshqalar) yaratildi. Yaratilgan qurilmalar yordamida atom yadrosining xossalari, tezlashtirilgan elektronlar dastasining gaz muhitidan oʻtishi, yuqori energiyali gamma-kvantlar dastasining oʻta kichik burchaklarga sochilishi va radioekologiyaga oid izlanishlar oʻtkazdi. Beruniy nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1977).<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>