Buxarest: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k qisqartmalarni toʻliqlash (via JWB)
Tahrir izohi yoʻq
Teglar: Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
Qator 1:
'''Buxarest''', Bukureshti —Ruminiya RespublikamRespublikasi poytaxti. Mustaqil maʼmuriy birlik. Mamlakatning janubida, Quyi Dunay pasttekisligida, Dunayning chap irmogʻi boʻlgan Dimbovitsa daryosi boʻyida joylashgan. Aholisi 1,9 mln. kishi (1995). Shahar hozirgi nomi bilan 14-asrdan maʼlum. 1659 yildan Valaxiya, 1861 yildan Ruminiya poytaxti. 1941 yil iyunda B.ni nemisfashist qoʻshinlari egallagan. 1944 yil nemislardan ozod etildi.
 
B. Ruminiyaning eng yirik shaxri, iqtisodiy va madaniy markazi. Yirik transport yoʻllari tuguni — transevropa magistrallari chorrahasida. Xalqaro aeroport bor. B. mamlakatda sanoat mahsuloti ishlab chiqarishda salmoqli oʻrin tutadi. B.ning asosiy sanoat tarmoqlari: mashinasozlik, metallsozlik, elektrotexnika, oziq-ovqat, toʻqimachilik, kimyo, tikuvchilik, koʻn poyabzal, oynashisha, chinnifayans, poligrafiya, rangli va qora metallurgiya, yogochsozlik. B.da Ruminiya Fanlar akademiyasining boʻlimlari va uning ilmiy tadqiqot institutlari, tarmoq akademiyalari, universitet va boshqa oʻquv yurtlari ishlab turibdi. Yevropa mamlakatlarida mashhur boʻlgan konservatoriya, kutubxonalar, muzeylar, teatrlar, Ateneum konsert zali (19-asr) va boshqa madaniymaorif muassasalari bor. Shaharning asosiy qismi Dimbovitsa daryosining baland soʻl sohilida. U yerda muhim maʼmuriy, savdo va madaniy muassasalar joylashgan. Metropoliten qurilgan. B. va uning atrofida bogʻlar, meʼmoriy va arxeologiya yodgorliklari koʻp. 16—18-asrlarga oid monastir va cherkovlar (MixayVode, Patriarx, Kretsulesku) saqlangan. Respublika Saroyi (20-asr) bor. 1977 yilda zilziladan qattiq shikastlangan.