Qozogʻiston: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Teglar: Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
Tahrir izohi yoʻq
Teglar: Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
Qator 346:
 
== Teatri ==
Teatr sanʼati unsurlari qadimdan xalq marosimlarida, sayillarda koʻrsatilgan tomoshalarda, [[masxarabozlik]], oqinlarning aytishuvlarida mavjud boʻlgan. 20-asrning 20-yillaridan [[Semey]], [[Qoʻstanay]], [[Petropavlovsk]]da havaskorlik truppalari tuzildi. [[1922-yil]] [[Orenburg]]da Qozoqxalq maorif instituti huzurida birinchi doimiy teatr toʻgaragi tashkil etildi. [[1926-yil]] [[Qiziloʻrda]]da birinchi professional qozoq teatri ochilib, u 1928-yil Olmaotaga koʻchirildi ([[1961-yil]]dan M.Avezov nomidagi Qozoq drama teatri). [[1930-yil]]larda M.Oqinjonovning „Isatoy va Mahambet“, M.Avezovning „Tungi momaqaldiroq“, Gʻ.Musrepovning „Omongeldi“ pyesalari, shuningdek, S.Sayfullin, B.Maylin, J.Shanin, A.Tojiboyev, Sh.Husainov, A.Abishevlarning zamonaviy mavzudagi pyesalari sahnalashtirildi. [[Ikkinchi jahon urushi]] yillari qozoq teatrlari sahnalarida vatanparvarlik ruhidagi tarixiy, folklor asarlar namoyish etildi. 1940–50-yillar qozoq teatri uchun mahorat oshirish yoʻlida betinim izlanish davri boʻldi, tarixiy va zamonaviy mavzularda Gʻ.Mustafinning „Millioner“, A.Tojiboyevning „Yashnayver, choʻl“, „Mayra“, S.Muqonovning „Choʻqon Valixonov“, M.Avezovning „Yenlik va Kebek“, K.Muhammadjonovning „Telpak tagidagi boʻrivachcha“ asarlari muvaffaqiyatli sahnalashtirildi. Qozogʻiston teatr sanʼati rivojiga Sh.Aymanov, S.Qojamqulov, Q.Quanishpayev, R.Qoʻychiboyeva, X.Bukeyeva, S.Murodova, S.Maykanova, Ye.Umirzaqov, Q. Badirov, I.Nogʻayboyev, Sh.Jandarbekova, B. Rimova va boshqalar katta hissa qoʻshdilar.
 
== Kinosi ==