Alplar: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k qisqartmalarni toʻliqlash (via JWB)
Tahrir izohi yoʻq
Qator 2:
'''Alplar''' yoki '''Alp togʻlari''' [[Yevropa]]dagi katta togʻ tizmalaridan biri boʻlib, uzunligi taxminan 1200&nbsp;km, sharqda [[Avstriya]] va [[Sloveniya]]da boshlanib, gʻarbda [[Shveysariya]], [[Lixtenshteyn]], [[Olmoniya]], [[Fransiya]], janubda esa [[Italiya]] va [[Monako]]gacha choʻzilgan.<ref>[http://www.alpconv.org/index_en "Alpine Convention"]. ''Alpine Conferences''. Retrieved August 3, 2012</ref> Alplar yuzlab million yil davomida Afrika va Yevrosiyo [[Plitalar tektonikasi|tektonik plitalari]] toʻqnashuvi ketidan paydo boʻlgan; bu hodisa sabab yuzaga kelgan ulkan bosim natijasida okean [[sedimentatsiya]]si koʻtarilib, [[Mont Blanc]] va [[Matterhorn]] kabi togʻ choʻqqilarigacha chiqqan. Mont Blanc fransuz-italyan chegarasida joylashgan, uning balandligi 4810,45 m boʻlib, Alplardagi eng yuksak togʻdir. Alplar mintaqasida 4000 metrdan tepa juda koʻp choʻqqilar bor.
 
Alplar tizmasi balandligi va oʻlchamlari Yevropa [[iqlim]]iga taʼsir etadi; togʻlarda yogʻin miqdori keskin farqlanib, iqlim sharoitlari turli hududlarda turlicha. Yovvoyi hayvonlar (masalan [[togʻ echkilari]]) 3400 metr balandlikkacha tarqalgan, [[edelveys]] kabi oʻsimliklar ayniqsa toshli hududlarda tarqalgan. Alplarda [[odam]]lar [[paleolit]] davridayoq istiqomat qilishgan. 1991-yili Avstriya-Italiya chegarasidagi [[muzlik]]da topilga [[Ötzi|moʻmiyolangan qoldiqlar]] bundan 5000 yil oldin yashagan odamga tegishli ekanligi aniqlangan. [[Qadimgi Rim]]liklar Alplarda manzilgohlar qurishgan. [[1800]]-yili [[Napoleon Bonaparte|Napoleon]] tizmani 40 ming kishilik qoʻshini bilan kechib oʻtgan. XVIII-XIX asrlarda Alplarda [[alpinizm]] avj oldi. [[Ikkinchi jahon urushi]]da [[Uchinchi Reyx]] Alp mamlakatlarini bosib oldi (Shveysariya va Lixtenshteyndan tashqari); [[Adolf Hitler]] Bavariya Alplarida [[qarorgoh]] ham qurdirgan.
 
Alp qishloqlarida haligacha anʼanaviy qishloq xoʻjaligi (masalan, [[pishloq]] tayyorlash, [[yogʻoch]] oʻymakorlik) saqlanib qolgan. [[Turizm]] ham mintaqada rivojlangan. [[Qishki Olimpiya Oʻyinlari]] Shveysaria, Fransiya, Italiya va Avstriya Alplarida oʻtkazilgan. Ayni damda mintaqada 14 million nafar aholi istiqomat qiladi, yiliga 120 million sayyoh kelib-ketadi.<ref name = "Chatré8">Chatré, Baptiste, et. al. (2010), 8</ref>