Oltoy tillari: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k →‎Manbalar: kichik o'zgarishlar, replaced: {{Reflist}} → {{manbalar}}
Tahrir izohi yoʻq
Qator 15:
 
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn boshi -->
'''Oltoy tillari''' — turkiy tillar[[til]]lar, moʻgʻul tillari va tungus-manjur tillarini ularning kelib chiqishi bir degan taxmin asosida birlashtiradigan tillar makrooilasini biddiruvchi shartli termin. Ayrim olimlar ushbu makrooilaga koreys va yapon tillarini ham kiritganlar. "Oltoy" atamasi ushbu tillarning ehtimoldagi qad. vataniga ishoradir.
 
G. Ramsted, N. N. Poppe, Ye. D. Polivanov, V. L. Kotvich, M. Ryasyanen kabi turkiyshunoslarning asarlarida turli davrlarda turlicha nuqtai nazardan isbotlashga harakat qilingan oltoy nazariyasining kelib chiqishiga quyidagi omillar sabab boʻlgan: sanab oʻtilgan til oilalaridagi anchagina umumiy leksika; soʻzning tovush tarkibidagi, fonetik va morfologik qurilishidagi oʻxshashliklar (singarmonizm va agglyutinatsiya); soʻz yasalishi va sintaksis sohasidagi kategoriyalarning struktura va mazmun jihatdan bir xilligi yoki oʻxshashligi va boshqa Shuningdek, deyarli barcha Oltoy tillarida maxsus soʻroq yuklamalari mavjud, old qoʻshimcha (prefiks)lar qoʻllanmaydi, egalik kategoriyasi taraqqiy etgan, ravishdosh va sifatdoshlarning qoʻllanish doirasi keng va h.k.