Parlament: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Teglar: Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
Tahrir izohi yoʻq
Qator 1:
'''Parlament''' — ({{Lang-en|parliament}}, {{lang-fr|parlement}}) davlatning davlat hokimiyati organlaridan biridir. Parlament — vakillik muassasasi boʻlib, uning [[Deputat|deputatlari]] [[xalq]] tomonidan saylanadi va Parlamentda uning manfaatlari himoya qilinadi. Parlament qonunchilik hokimiyatini amalga oshiradi, yaʼni [[Davlat|davlatning]] qonunlarini qabul qilishda mutloq huquqqa ega boʻladi. Parlament davlatning ichki va tashqi [[siyosat]]ini belgilash va amalga oshirishda qatnashadi, davlat [[Byudjet|byudjetini]] tasdiqlaydi, davlatning [[soliq]] asoslarini va umum davlat soliqlari hamda yigʻimlari turlari belgilab beradi. Parlament boshqa davlat organlarini shakllantirishda davlatning oliy mansabdor shaxslarini tayinlashda qatnashadi — bu ishlarni yo oʻzi bajaradi, yoki tegishli nomzodlar u bilan kelishib olinadi. Parlament davlat qonunlari ijrosi ustidan va ijroiya hokimiyati organlarining faoliyati ustidan, yangi qonunlarning tasdiqlanishi ustidan parlament nazoratini amalga oshiradi.
Parlament aholi turli qatlamlari va guruhlarini, davlat mintaqalarini jipslashtiruvchi organ boʻlib xizmat qiladi.