Ohangaron tumani: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k qisqartmalarni toʻliqlash (via JWB)
Tahrir izohi yoʻq
Qator 70:
[[Iqlim]]i kontinental, yanvarning oʻrtacha temperaturasi —3°, —5°, iyulniki 22°—26°. Yillik yogʻin 220–280 mm. Ohangaron [[vodiy]]sida tezligi 5–10 m togʻ-vodiy shamoli esadi. Vegetatsiya davri 180 kun. Tuman hududidan [[Ohangaron daryosi]] va uning irmoqlari (Beshkoʻl, Irtosh, Koʻksaroy, Chetsuv, Chinor, Qorabogʻ, Oqcha, Shovvoz, [[Novgarzonsoy|Novgarzon]], [[Gushsoy]] va boshqalar) oqib oʻtadi. Tumanning shimoli-gʻarbidagi xoʻjaliklar Chirchikdan boshlanuvchi Hamdam va [[Parkent kanali|Parkent kanallaridan]] suv oladi. Daryo ka-yirlarida oʻtloqi va oʻtloqi-botqoq tuproq, adirlarda tipik boʻz tuproq (chirindisi 15—26%), togʻ etaklarida toʻq boʻz tuproqlar tarqalgan. Tuman yovvoyi oʻsimlik va hayvonot dunyosiga boy. Adirlarda efemer va efemeroidlar koʻp. [[Qoʻngʻirbosh]], rang, [[oqquray]], [[qoʻziquloq]] va [[tabobat]]da ishlatiladigan 8 turdagi togʻ giyohlari usadi. Togʻ etaklari va yon bagʻirlarida [[archa]], [[yongʻoq]], [[pista]], [[togʻolcha]], [[doʻlana]], [[olma]] koʻp. Qushlardan [[tustovuqlar|tustovuq]], [[soʻfitoʻrgʻay]], [[Chugʻurchuqlar|chugʻurchiq]], [[kaklik]], [[kaptarlar|kaptar]], [[burgut]], [[kalxatlar|kal-xat]], [[qarchigʻaylar|qarchigʻay]], [[zargʻaldoq]], [[bulbul]], [[qizilishtonlar|qizilishton]], popushak, [[saʼva]] va boshqa bor. Sut emizuvchilardan [[koʻrsichqonlar|koʻrsichqon]], [[yumronqoziqlar|yumron-qoziq]], sassiqkoʻzan, [[suvsarlar|suvsar]], [[kiyik]], [[arhar]] (togʻ qoʻylari), [[chiyaboʻri]], [[tulki]], [[boʻri]], [[quyon]], [[boʻrsiq]], [[tipratikanlar|tipratikan]], qobon koʻp, baʼzan ayiq uchraydi. Sudraluvchilardan [[kaltakesaklar]], har xil ilon, [[hasharotlar]]dan qorakurt va boshqa mavjud.
 
Aholisi, asosan, [[oʻzbeklar]], [[shuningdek]], [[tojiklar|tojik]], [[qozoqlar|qozoq]], [[qirgʻizlar|qirgʻiz]], [[ruslar|rus]], [[tatarlar|tatar]], [[ukrainlar|ukrain]] va boshqa millat vakillari yashaydi. Aholining oʻrtacha zichligi 1 km² ga 24 kishi. Shahar aholisi 34,7 ming kishi, qishloq aholisi 43,4 ming (2002).
 
Tumanda 4 ta qoʻshma korxona, 165 xususiy firma, ak-siyadorlik, masʼuliyati cheklangan jamiyat va kichik korxonalar mavjud. Ohangaron tumanida 6 shirkat, 3 yordamchi, 1 ja-moa, 526 fermer xoʻjaliklari bor. Qishloq xoʻjaligida gʻallachilik yetakchi oʻrinda, bogʻdorchilik, chorvachilik, polizchilik bilan ham shugʻullaniladi. Jami ekin maydoni 26,04 ming ga. Shundan 12,5 ming ga yerga boshokli don, 249 ga maydonga poliz ekinlari ekiladi. 1625 ga pichanzor va 66,8 ming ga yer yaylov. [[Ugom-chatqol davlat tabiat milliy bogʻi|Ugom-Chatqol milliy tabiat bogʻi]]ga qarashli Oqangaron oʻrmon xoʻjaligi bor.