Ernest Hemingway: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
k 195.158.11.171 tahrirlari EdgarsBot versiyasiga qaytarildi
Teglar: Eski holiga qaytarish Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
Qator 1:
'''XEMINGUEY (Hemingway) Ernest Miller''' (1899.21.7, OkPark, Chikago yaqinida — 1961.2.7, Ketchem, Aydaxo shtati) — amerikalik yozuvchi. 1917 yildan KanzasSitida jurnalistreportyor sifatida ish boshlagan. Birinchi jahon urushi qatnashchisi (191418). X. 1928 yilgacha Parijda, 193960 yillarda Kubada yashadi. Dastlabki hikoyalar kitobi — "Bizning zamonda" (1924). "Quyosh chiqadi" (1926, inglizcha nashrlarda "Fiyesta" nomi bilan chop etilgan), "Alvido, qurol!" (1929) romanlarida urushning bemisl mantiqsizliklari, inson haqhuquqlari, erkiga tajovuz, ayni paytda, insoniy mardlik, qadrqimmat va muxabbatning har qanday yovuz kuchlardan ustunligi yorqin ifodalangan.
 
1930-yillarning 1-yarmida X. ijodida tushkunlikni kuzatish mumkin. Shu davrda yozuvchi hayot yoʻlini qayta mulohaza qilib koʻrishga, oʻz ijodining muayyan yoʻnalishlarini aniklashga intiladi. Natijada "Peshindan keyingi oʻlim" (1932), "Afrikaning yashil tepaliklari" (1935), "Gʻolibga bayroq berilmaydi" (1933) hikoyalar toʻplami dunyo yuzini koʻradi. "Hoʻkizning shoxi", "Frensis Makomberning baxti", "Kilimanjaro qorlari" (1936) hikoyalari, "Toʻqchilik va yoʻqchilik" (1937) romanida X. ijodiy yuksalishi koʻzga tashlanadi. X. asarlarida dastlabki jurnalistik kuzatuv oʻrnini tahliliy, qiyosiy mulohaza va mushohadalar egallaydi. U har qanday urushni qoralaydi, shu tufayli insoniyat aziyat chekayotganiga eʼtibor qaratadi. Inson huquqlari yoʻlida, ozodlik kurashida yolgʻiz maydonga tushishning halokatli oqibatlarga olib kelishini oddiy kishilar obrazi orqali ifodalaydi.