Tibbiyot deontologiyasi: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
qisqartmalarni toʻliqlash (p1, v0.5)
Tahrir izohi yoʻq
Teglar: Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
Qator 1:
'''Tibbiyot deontologiyasi''' - tibbiyot xodimlarining kasbga aloqador etikasi, doridarmon, umuman davoning taʼsirini oshirishga karatilgan xulqatvor taomillari. Deontologiya, yaʼni kishining xulqi, odobi haqidagi tushuncha 1618-asrning boshlarida ingliz faylasufi va iqtisodchisi I. Bentam tomonidan taomilga kiritilgan. Tibbiyot deontologiyasiga oid maʼlumotlar uzoqtarixga ega. Aslida, Tibbiyot deontologiyasi keng falsafiy mazmunga ega boʻlib, bir qancha yoʻnalishlardan iborat:— shifokor bilan bemor oʻrtasidagi;— shifokor bilan bemorning yaqin kishilari oʻrtasidagi munosabat;— shifokorning gʻamkasblari bilan munosabati va h.k.
 
Tibbiyot deontologiyasiga vrachning sir saklashi, bemorning hayoti va sogʻligʻi uchun tibbiyot xodimining javobgarligi, tibbiyot xodimlarining oʻzaro munosabati masalalari va boshqa kiradi. Tibbiyot deontologiyasiga muvofiq, tibbiyot xodimi bemorga katta eʼtibor berishi, uning sogʻligʻini tiklash yoki azobini yengillatish uchun butun bilimini sarflashi, bemorga uning sogʻligʻi haqidagi faqat foyda keltira oladigan maʼlumotlarni aytishi (qarang [[Psixoterapiya]]), bemorning vrach bilan sirdosh boʻlishiga erishuvi zarur. Bemorning kasalligi haqida uning ishtirokida hamkasblari bilan soʻzlashishi yaramaydi.