Marketing: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
qo'shimcha
Tahrir izohi yoʻq
Qator 1:
'''Marketing''' ({{lang-en|market}} — bozor, bozordagi harakat, faoliyat) — korxonaning tovarlar ishlab chiqarish va sotishini tashkil etish hamda boshqarish shakli. Marketing atamasi isteʼmolga 19-asrning 60-yillarida Makkovern tomonidan kiritilgan. Marketing nazariy konsepsiya va tijorat faoliyatining oʻziga xos hodisasi tarzida 20-asr boshlarida AQShda ilk bor qoʻllanildi. Ishlab chiqarish va kapitalning yuksak darajada toʻplanishi, iqtisodiyot tarmoqlarida monopoliyalar hukmronligining, xalqaro bozorda keskin raqobatning vujudga kelishi mahsulot sotish muammosini obʼyektiv tarzda birinchi oʻringa chiqardi. 1908 yilda AQShda marketing muammolarini oʻrganadigan birinchi ixtisoslashgan firma paydo boʻldi. 1911 yilda esa oʻsha davrdagi bir qator yirik kompaniyalar tijorat tadqiqotlari bilan shugʻullanadigan dastlabki boʻlimlarni ochdi. Kompaniyalar huzurida bozorni oʻrganish, reklama, haridorlarga xizmat koʻrsatish va boshqarishning boshqa vazifalari bilan shugʻullanadigan marketing boʻlimlari taʼsis etila boshlandi. 1931 yilda Amerika Marketing jamiyati, 1937 yilda esa Amerika Marketing milliy uyushmasi tuzildi. 20-asrning 50—60-yillarida xalqaro Marketing federatsiyasi, jamoatchilik fikri hamda marketing boʻyicha Yevropa jamiyati va Yevropa marketing akademiyasi kabi xalqaro marketing tashkilotlari tuzildi.
'''Marketing''' ]blfvsdlmazmunini belgilaydi.
 
Bozorni bilish (isteʼmolchilarni har tomonlama oʻrganish, ularning did va istaklarini bilish), bozorga moslashish, bozorga taʼsir oʻtkazish marketingning asosiy tamoyillaridir. Shuningdek, marketingni qoʻllash bilan bogʻliq masalalarni kompleks ravishda oʻrganish; mahsulot assortimentini rejalashtirish; talabni va savdoga ragʻbat beradigan tadbirlarni shakllantirish; savdo va taqsimot; boshqarish va nazorat qilish marketing faoliyatining mazmunini belgilaydi.
 
Mutaxassislar marketingning 9 ta asosiy vazifasini koʻrsatib oʻtadilar:
Qator 11 ⟶ 13:
* xatarlar va bozorga oid axborotlar toʻplash.
 
Oʻzbekistonda 1980-yillardan boshlab iqtisodiyot oʻquv yurtlarida marketing kurslari oʻqitila boshlandi. Shu yillari marketing masalalari bilan S.Salimov, S. Fylomov, A. Bekmurodov, J. Jalolov, M. Qosimova, D. Muhitdinov, M. Nasreddinova, X. Raimov kabi olimlar ilmiy tadqiqot ishlari olib bordilar. 1986 yilda „SovplastItal“ qoʻshma korxonasida birinchi boʻlib marketing boʻlimi tuzildi. Keyingi yillarda „Toshkent toʻqimachilik mashinasozlik zavodi“ aksiyadorlik jamiyati, „V. P. Chkalov nomidagi Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasi“ davlat-aksiyadorlik birlashmasi, „Toshkent qishloq xoʻjaligi mashinasozligi“ aksiyadorlik jamiyati kabi korxonalarda ham marketing boʻlimlari ochildi. Hozir mamlakatimizda faoliyat koʻrsatayotgan tijorat banklari, yirik ishlab chiqarish korxonalarining aksariyatida marketing boʻlimlari ish olib boradi<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil. Jamolxon Jalolov</ref>. Marketing munosabatlariga nisbatan bag'rikenglik o'sib bormoqda, mijozning diqqatini jalb qilish tobora qiyinlashib bormoqda. Marketingda chaqqonlikni qo'llashning maqsadi o'zgaruvchan sharoitda mijozlarni yanada samarali jalb qilishdir.<ref>[https://leadstartup.ru/db/agile-marketing Marketing - boshqaruvning moslashuvchan yondashuvlarini qanday qo'llash.]</ref>
 
== Shuningdek qarang ==