Adolf Hitler: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Adolf.git
Teglar: Koʻrib tahrirlagich Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
Adalff
Teglar: Koʻrib tahrirlagich Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
Qator 20:
 
== "Pivo qoʻzgʻoloni" ==
1920-yillarning boshlariga kelib NSDAP Bavariyaning eng koʻzga koʻringan oʻng ekstermistik tashkilotiga aylanadi. Hujum otradlari boshida [[Ernst Röhm]] turadi. Hitler tez orada u bilan hisoblashish kerak boʻlgan siyosiy shaxsga aylanadi.
 
[[1923]]-yilning oxiriga kelib Olmoniyadagi tanglik oʻtkirlashadi. Bavariyada parlament hukmronligiga qarshi va diktatura oʻrnatilishining tarafdorlari bavar administratsiyasi fon Kar atrofida toʻplanadilar, toʻntarishdagi faol rol Hitlerga va uning partiyasiga berilgan edi.
 
[[1923]]-yil [[8-noyabr]] kuni Hitler Myunhenning „[["Byurgerbraukeler]]“ "pivoxonasidagi mitingda milliy qoʻzgʻolonning boshlanishini va Berlindagi sotqinlar hukmronligining agʻdarilishini eʼlon qiladi.
 
Fon Kar boshchiligidagi Bavariyaning yuqori amaldorlari bu eʼlonga qoʻshilishadi. Tunda NSDAPning otradlari Myunhenning maʼmuriy binolarini band eta boshlaydilar. Ammo, oradan koʻp vaqt oʻtmay, fon Kar va uning atrofidagilari markaz bilan kompromissga kelishga qaror qiladi. 9-noyabrda Hitler oʻz tarafdorlarini markaziy maydonga olib chiqib, „Feldgerenxale“ga yoʻl olganda reyxsverning qismlari ularga qarshi oʻq ochishadi. Oʻldirilgan va jarohatlanganlarni olib millatchilar va ularning tarafdorlari koʻchalarni tark etishadi. Olmoniya tarixiga bu epizod „pivo qoʻzgʻoloni“ nomi ostida kiradi.
 
[[1924]]-yil fevral–mart oylarida qoʻzgʻolon boshchilari ustidan sud jarayoni boshlanadi. Sudlanuvchilar kursisida faqatgina Hitler va uning bir necha tarafdori oʻtirishadi. Sud Hitlerni 5 yilga qamoqqa mahkum qiladi, ammo 9 oydan soʻng uni ozodlikka chiqarib yuborishadi.
 
== Hitler-reyxskansler ==