Oʻzbeklar: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Yaotf
Teglar: Koʻrib tahrirlagich Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
O'zt
Teglar: Koʻrib tahrirlagich Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
Qator 9:
 
== Oʻzbeklarning shakllanish jarayoni ==
[[Qoraxoniylar]] davrida (11—12-asrlar) Movarounnahr va Xorazmda siyosiy hokimiyat turkiy sulolalarga oʻtishi munosabati bilan oʻzbek xalqi etnogenezining yaquniy bosqichi boshlandi. Gʻarbiy Qoraxoniylar davlati doirasida hozirgi oʻzbeklarga xos turkiy etnos qaror topdi va mazkur davrda oʻzbek xalqiga xos elatni belgilovchi hudud, til, madaniyat, tarixiy qismatining umumiyligi, etnik oʻzlikni anglash, etnosning uyushqoqligi maʼlum bir davlat doirasida boʻlishi, din umumiyligi va bir qancha shu kabi boshqa etnik alomatlar shakllangan. Bu davrda oʻzbeklarning umum elat tili qaror topdi. Movarounnahr va unga tutashgan mintaqalarda yashovchi turkiyzabon aholi: qarluq, chigil, yagʻmo, tuxsi, xalach, argʻin, oʻgʻuz, qipchoq, uz, qangʻli singari urugʻlar oʻzlarini bir xalq sifatida anglay boshlaganlar. Umuman olganda, 11 — 12-asrning 1-yarmida oʻzbeklar xalq sifatida shakllangan.
 
13-asr boshlarida [[Moʻgʻullar istilosi|Chingizxon istilosi]] davrida moʻgʻul qoʻshinlari tarkibida koʻp sonli turkiy etnoslar ham kirib keldi. 15-asrga qadar esa ushbu etnoslarning deyarli koʻp qismida mahalliy aholi bilan aralashuv jarayoni sodir boʻldi va ular shakllangan oʻzbek elatining keyingi taraqqiyotida malum darajada iz qoldirdilar.
 
Chigʻatoy ulusi tilining rivojlanishi hamda keyinchalik [[Amir Temur]] va [[temuriylar]] davrida yuz bergan yuksak iqtisodiy va madaniy taraqqiyot natijasida Movarounnahrda adabiy til takomillashib, bu til ilmiy adabiyotlarda "turkiy" yoki "chigʻatoy turk" tili deb nomlangan. Ayniqsa, taraqqiy etgan oʻzbek adabiy tili [[Alisher Navoiy]] davrida eng yuqori nuqtaga koʻtarildi. Ammo xalqning jonli tili koʻp dialektli boʻlib, adabiy til shakllanishida uchta asosiy sheva — qarluq, qipchoq va oʻgʻuz dialektlari asos boʻlgan. Maʼlumki, shakllangan oʻzbek elatining Amir Temur va temuriylar davridagi etnik tarixi va etnomadaniy taraqqiyotiga [[barlos]], [[jaloyir]], [[qavchin]], [[arlot]], [[qipchoq]] kabi etnik guruhlar ham faol taʼsir qilgan.
 
== O'zbek Etnonimi ==